OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qulu Oqsas (1969)

Qulu Oqsas Ozarbayjonning Oqtom viloyatida 1969 yilda tug‘ilgan. "Ulduz" ("Yulduz") jurnalining bosh muharrir o‘rinbosari. Prezident stipendiati. "Sensan har yer", "Nuqtalar" nomli she’r to‘plamlari muallifidir.


URUSH INVALIDI

Uzdi oyoqlarimni Vatan yo‘li,
Qaytdim ming tirilib ming o‘lib...
Qaytdim kamarimning yuqorirog‘i bilan,
Qaytdim
Invalid aravasining toychog‘i bilan.
Ikki bolamning ko‘zlari yoshli.
Xotinimning boshi toshli:
har amrimni maromiga yetkazar.
Ham meni kezdirar,
Ham o‘zi... kezar...
Suframda harom bor —
Tinmayman.
Ikki och bolam bor —
Tinmayman.
Tinmayman
Gul og‘zi ochilganda hayratning:
"Vatanni qo‘riding, bas, qani u g‘ayrating?!"
Uzdi oyoqlarimni Vatan sarhadi,
Bu albatta menga "rahmat"i.

* * *

Ko‘rsangki, qorong‘ilik cho‘kar olama,
Ko‘rsangki, shom bu chog‘...
Fikr aylama.
Qush uyqusi bo‘lsa-da bu hufton palla
Ha qadar imkon bor
Rohatlan, uxla.
G‘aflatan bu tunga hashir soladi:
Tug‘iladi sahar — Quyosh bolasi.
Uni ovutmoqqa shoshilar hamma,
Chop-chop bilan kelar yana oqshoma.
Yangitdan zulumot bosar dunyoni...
Qani tuqqan Quyosh?
Bolasi qani?
... Qayon boqsang, ko‘zyosh qoplar ko‘zingni,
Ko‘rib sovqotasan...
Yondir o‘zingni...

* * *

Balki bu bir
qonundir,
kim bilar?! —
Doim:
jasurlar sevarlar,
qo‘rqoqdar sevilar...
Nima tortar
yuksakka,
nima tortar —
Odamni bo‘ynidan ip kabi...
Qaerdir
dunyoning
avvali, oxiri?
Azonda
bir do‘stni
ko‘makka chaqirdim...
Ayt ko‘ramiz, na qilamiz,
Na qilamiz, ayt ko‘ramiz?
Na o‘lamiz, na bo‘lamiz,
Na bo‘lamiz, na o‘lamiz...

* * *

G‘alat qilaman desam:
Hamma aylaydi g‘alat...
Alloh bizni xalq qilganmi
Yoki aylagan la’nat?!
Qoch bu xoin uyasidan,
Eri, yo‘q bo‘l havoda.
Qo‘rqki, yana yerdan chiqar.
Bulutdan yog‘ar odam...
Boshingni to‘s:
Yoshmi yog‘ar yoki tosh?!
Tomiringda qon to‘xtaydi.
Ko‘zingdan tomgan alla ne
Oyog‘ingni sindirar...
Shu bor-yo‘g‘i....
Shugina xolos...
Kecha so‘ngi...
Erta sahar...
Qo‘shilib osmon qushlariga
Ustingda soat sayrar...

Miraziz A’zam tarjimalari

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.