background
logotype

Jumaniyoz O‘taniyozov

TURKISTON TO‘LG‘OVI

Qora tog‘dan oq buloq,
Toshni yuvib oqqan yer.
Oydin ko‘llar yarqirab
Ko‘zni tortib yotgan yer.
Ko‘chib kelgan xalqimga
Arvonaday iygan yer.
Chikdikmi deb yorug‘ga,
O‘z yurtinday suygan yer.
«Yov yoqadan olganda,
It etakdan olgan yer...»
Osh og‘izga borganda,
Yuta olmay qolgan yer.
Birovlar ko‘chib Mag‘ribga,
Birovlar ko‘chib Mashriqqa,
Birovlar ko‘chib Janubga,
Birovlar ko‘chib Shimolga,
Taram-taram bo‘lgan yer.
Jiyan bobom qo‘bizin
Ho‘ngrab-ho‘ngrab chalgan yer.
Tenglik topmay zamondan,
Tenglik topmay odamdan,
Zor-zor aylab yig‘lagan
Qoraqalpoq xalqining
Ko‘z yoshiga qongan yer.
Qo‘nim topgan odamga
Yana ko‘nglin ochgan yer.
Qal’a bo‘lib qirlari,
Shodlik bo‘lib kuylari,
Martabasi oshgan yer,
Shajarasi doston yer...


«BOLG‘ALI» OVULNING OLMA BOG‘LARI

(«Baxmal» turkumidan)

Turkiston tog‘ining uzun tizmasi,
Baxmal bog‘larida qushlar nag‘masi,
Qanot qoqar ko‘kka tegib bir izi,
Ilhom oldim bunda so‘lu sog‘idan.

Yo‘llar baland-pastdir qarasang tinmay,
Qizlar suyab ketgan obikashinday,
Qora toshga qo‘ngan qush ovozinday,
Ming bir javob oldim Oyqor tog‘idan.

Ming tubi bir tekis, bo‘ylab ekkanday,
«Egasi zo‘r bog‘bon ekan»,—deganday,
Ko‘rgan odam seva-seva yeganday,
«Bolg‘ali» ovulning olma bog‘idan.

Shoxi-yaproqlari sariq, qirmizi,
Olma terar Bolg‘alining hur qizi,
Go‘zallikda yagonadir naq orzu,
Qiyo boqsa agar ko‘z qarog‘idan.

Bizni boqqa boshlang, Sayfulla bog‘bon,
O‘zim uzib, hidin hidlay bearmon.
Yesang, hidlasang ham joningga darmon,
«Bolg‘ali» ovulning olma bog‘idan!

Zomin
 

 * * *
Yolg‘iz qolib, shifo topmay dardingga,
Yostig‘i ho‘l bo‘lsa ko‘zda yoshingga,
Oh urib, hasratlar chekma, jonginam,
Tilasang, tayinman shul dam qoshingda.

Ojizni tan olmas taqdir toshlari,
Buloq qurib qolar yo‘lda cho‘llasang.
Qo‘lingga qo‘nmaydi iqbol qushlari,
Dard dengizi yutar suzib bilmasang.

Qorong‘u deb tundan umiding uzma,
Eshkak eshu intil ufqlar tomon.
Tuman tarqab, yerda tonglar otganda
Men seni quyoshday toparman shu on.

Qoraqalpoqchadan Muzaffar Ahmad tarjimalari

TURKISTON TO‘LG‘OVI

Qora tog‘dan oq buloq,
Toshni yuvib oqqan yer.
Oydin ko‘llar yarqirab
Ko‘zni tortib yotgan yer.
Ko‘chib kelgan xalqimga
Arvonaday iygan yer.
Chikdikmi deb yorug‘ga,
O‘z yurtinday suygan yer.
«Yov yoqadan olganda,
It etakdan olgan yer...»
Osh og‘izga borganda,
Yuta olmay qolgan yer.
Birovlar ko‘chib Mag‘ribga,
Birovlar ko‘chib Mashriqqa,
Birovlar ko‘chib Janubga,
Birovlar ko‘chib Shimolga,
Taram-taram bo‘lgan yer.
Jiyan bobom qo‘bizin
Ho‘ngrab-ho‘ngrab chalgan yer.
Tenglik topmay zamondan,
Tenglik topmay odamdan,
Zor-zor aylab yig‘lagan
Qoraqalpoq xalqining
Ko‘z yoshiga qongan yer.
Qo‘nim topgan odamga
Yana ko‘nglin ochgan yer.
Qal’a bo‘lib qirlari,
Shodlik bo‘lib kuylari,
Martabasi oshgan yer,
Shajarasi doston yer...


«BOLG‘ALI» OVULNING OLMA BOG‘LARI

(«Baxmal» turkumidan)

Turkiston tog‘ining uzun tizmasi,
Baxmal bog‘larida qushlar nag‘masi,
Qanot qoqar ko‘kka tegib bir izi,
Ilhom oldim bunda so‘lu sog‘idan.

Yo‘llar baland-pastdir qarasang tinmay,
Qizlar suyab ketgan obikashinday,
Qora toshga qo‘ngan qush ovozinday,
Ming bir javob oldim Oyqor tog‘idan.

Ming tubi bir tekis, bo‘ylab ekkanday,
«Egasi zo‘r bog‘bon ekan»,—deganday,
Ko‘rgan odam seva-seva yeganday,
«Bolg‘ali» ovulning olma bog‘idan.

Shoxi-yaproqlari sariq, qirmizi,
Olma terar Bolg‘alining hur qizi,
Go‘zallikda yagonadir naq orzu,
Qiyo boqsa agar ko‘z qarog‘idan.

Bizni boqqa boshlang, Sayfulla bog‘bon,
O‘zim uzib, hidin hidlay bearmon.
Yesang, hidlasang ham joningga darmon,
«Bolg‘ali» ovulning olma bog‘idan!

Zomin
 

 * * *
Yolg‘iz qolib, shifo topmay dardingga,
Yostig‘i ho‘l bo‘lsa ko‘zda yoshingga,
Oh urib, hasratlar chekma, jonginam,
Tilasang, tayinman shul dam qoshingda.

Ojizni tan olmas taqdir toshlari,
Buloq qurib qolar yo‘lda cho‘llasang.
Qo‘lingga qo‘nmaydi iqbol qushlari,
Dard dengizi yutar suzib bilmasang.

Qorong‘u deb tundan umiding uzma,
Eshkak eshu intil ufqlar tomon.
Tuman tarqab, yerda tonglar otganda
Men seni quyoshday toparman shu on.

Qoraqalpoqchadan Muzaffar Ahmad tarjimalari

2004-2018 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.