OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ivan Turgenev (1818-1993)

Turgenev Ivan Sergeyevich [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlog‘i; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi.
Peterburg universitetining falsafa fakultetini tugatgan (1837). Turgenevning dastlabki romantik she’rlari va «Steno» dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. Turgenev Peterburgdagi o‘qishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filologiya bo‘yicha ma’ruzalar tinglagan. 1841 yil Moskvaga qaytib kelgan, N.V.Gogol, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlagan. Turgenevning shu kezlarda yozgan «Parasha» dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi.
Turgenev 1844 yilda «Andrey Kolosov» qissasini, keyinroq krepostnoylik xulq-atvorini tasvirlovchi «Pomeshchik» dostoni (1846), «g‘ayritabiiy» hisoblangan kishining qipqizil xudbin ekanligini fosh etuvchi «Uch surat» (1846) va «Breter» (1847), shuningdek, gogolona hajviy ruh bilan yo‘g‘rilgan «Petushkov» (1848) qissalarini e’lon qilgan. Turgenev 1847 yildan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili «Sovremennik» («Zamondosh») jurnalida chop etila boshlagan «Ovchining maktublari» asari bilan Turgenev ijodida yangi davr boshlangan. Turgenev turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. U tasvir etilayotgan qahramon yoki voqeaning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda maishiy ocherk, hikoya, psixologik novella, lirik etyud singari nasriy janr shakllaridan unumli foydalangan. Turgenev ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham kalam tebratib, «Sarmoyasizlik» (1846), «Yo‘lboshlovchining nonushtasi» (1849 yilda sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pesalarini, «Bo‘ydoq» komediyasi (1849), «Tekinxo‘r» maishiy dramasi (1849) va «Qishloqda bir oy» liro-psixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan so‘ng «Mumu» (1855), «Ortiqcha kishining kundaligi» (1850), «Yakov Pasinkov», «Karvonsaroy» (1855) va «Yozishma» (1856) singari qissalarini yaratgan. 1852 yil «Ikki avlod» romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga yetmagan. Rossiyaga qaytgach (1850), Spassk-Lugovinovo qishlog‘ida yashab, eng yaxshi asarlaridan biri — «Rudin» romani(1856) ni yozib tugatgan. Ushbu romanda Gegel falsafasiga mahliyo bo‘lgan dvoryan ziyolilarining 30—40-yillarda rus jamiyatining ma’naviy hayotida tutgan o‘rni badiiy tahlil etilgan.
50-yillarning o‘rtalarida yozilgan «Faust» (1856) va «Polese safari» (1857) qissalari Turgenevning «Dvoryanlar uyasi» romani (1859) ning maydonga kelishida etyud vazifasini bajargan. Turgenev bu asarida Pyotr I dan keyingi dvoryanlar Rossiyasidagi tarixiy taraqqiyotning turli davrlariga nazar tashlagan va Lavretskiylar sulolasi tarixi misolida avlodlarning almashinish jarayonini kuzatgan. Shaxsiy baxt va burch o‘rtasidagi ziddiyatlar asarning ma’naviy kolliziyasi sifatida tasvirlagan. «Dvoryanlar uyasi» Turgenev ijodining barkamol namunalaridan biri bo‘lib, unda 2 oy ichida bo‘lib o‘tgan voqealar Turgenevga xos katta mahorat bilan aks ettirilgan.
Turgenev «Rudin» va «Dvoryanlar uyasi» romanlari bilan rus realizmining mashxur namoyandalaridan biri sifatida shuhrat qozongan. U 60-yillarning boshlarida, avvalgi romanlaridan farqli o‘laroq, «Arafa» (1860) da zamonaviy mavzuga murojaat etgan va rus jamiyatida boshlangan ruhiy uyg‘onish jarayonini badiiy kuzatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Turgenev «Otalar va bolalar» romani (1862)da bu g‘oyani yanada rivojlantirgan. Bosh qahramon Bazarov obrazida DM.Pisarevga xos xurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Mazkur asar rus jamiyatida ilgor sinf hisoblanib kelingan dvoryanlar sinfiga qarshi qaratilgan. Bazarov jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki shu chiriy boshlagan jamiyat poydevorini tagtugi bilan buzish va yangisini barpo etish tarafdoridir. Turgenev Bazarovdagi ana shu nigilizm (barcha narsalarni inkor etish)ni tasvirlash orqali rus inqilobchiligiga xos salbiy jihatlarni, birinchi navbatda, tarixiy jarayon qonuniyatlari bilan hisoblashmaslikni Oktyabr tuntarishidan 55 yil muqaddam bashorat qilgan. «Otalar va bolalar» romani rus adabiyotshunosligida Turgenev ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Mazkur asarda rus voqeligi, Turgenev ning boshqa asarlariga qaraganda, ayniqsa, keng qamrab olingan.
1861 yilda krespostnoylik islohotining o‘tkazilishi rus jamiyatini ikkiga ajratib yubordi. Chor generallari va aristokratlaridan iborat dvoryanlar guruhi islohotga qarshi chiqib, eski krepostnoylik tartiblarining tiklanishini orzu qildi. Turgenev «Tutun» romani (1867)da zodagonlar muhitida avj olgan ana shu aksilharakatni asarga mavzu qilib olgan.
Turgenev hayotining so‘nggi 20 yili xorijda o‘tgan: dastlab Baden-Badenda, so‘ngra Parijda yashagan. U shu davrda mashhur fransuz yozuvchilari va san’atkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo‘lib, hatto 1878 yilda Parijda o‘tkazilgan xalqaro yozuvchilar anjumaniga V. Gyugo bilan birga rahbarlik qilgan. 60-yillarning 2-yarmi — 70-yillarda Turgenev «Brigadir» (1868), «Cho‘l qiroli Lir» (1870), «Bahor toshqinlari» (1871) singari qissalarini, «Qo‘riq» (1877) romani va boshqa bir qancha asarlarini yozgan. (Naim Karimov)


BAHOR OQSHOMI

Hordiq yozgan zamnnni quchib,
Sayr etadi oltin bulutlar;
Muzdekkina shabnamni ichib,
Jimirlaydi dalada o‘tlar;

Soy chuldirar. Olisda esa,
Portlab ketar momaqaldiroq;
Yel qush kabi qanot silkisa,
Quchar terak barglarin titroq.

Azim o‘rmon sukutda ernr,
Sukut saqlar tnm qora o‘rmon.
Boshlanadi gohida shivir,
Yaproqlarga kirgan kabi jon.

Shafaq uzra titrar bir yulduz,
Muhabbatning dilbar yulduzi;
Bolaligim hokimday hanuz,
Qalbda yo‘qdir hatto dard izi.

* * *

Nega yana alamli ash’or
Xayolimda kezar uzzukun,
Nechun meni ayladi bedor
Yerning otash nidosi? Nechun?

Axir, uning ko‘ngliga mangu
Ishq dardini solgan men emas…
Axir, menga atalmagan-ku,
Yer ko‘ksidan sirqib chiqqan sas.

U holda, qalb ne uchun bo‘zlab
Yor vasliga oshiqar bu on,
Olis-olis sohilni ko‘zlab
To‘lg‘anuvchi to‘lqinlarsimon?

VARIATSIYALAR

1

Ko‘zlarimga noz ila
Tashlaganingda nigoh,
Men zo‘r ehtnros ila
Kipriklaring o‘pgan chog‘;
Boshingni ibo bilan
Ko‘ksimga qo‘yganingda,
Zavq bilan, safo bilan
Husnnngga to‘yganimda;
Ko‘kdan oy qilib ta’zim
Kutarkan bizni bog‘da,
Nafasingga nafasim
Ulanib ketgan chog‘da;
Tushgach o‘rtaga hijron,
Vidolashib, ey go‘zal;
Otash qo‘lingni bir on
Labga bosganim mahal,—
Nafrat atalgan og‘u
Qorishib pok hissimga,
Sevgi poymol bo‘lmog‘i
Kelganmidi esimga?

II

O‘tdi-ketdi xush onlar oqib!
Ortda qoldi beorom o‘rmon!
Bir vaqt moviy ko‘zingga boqib,
Zavq emardim besas, bearmon.
Qalb ko‘ksimda depsinib xurram,
Tomirimda olov kezardi
Va gullarga burkanib olam,
Muhabbatnm g‘uncha yozardi.
Ko‘klam edi, fusunkor ko‘klam!
Chuldurardi jo‘shib irmoqlar,
Hatto o‘rmon bag‘rida bu dam
Nur qush kabi sakrab o‘ynoqlar!
Anhorlarnnng bag‘ri keng g‘oyat!
Yairoqlarni quchmish hayajon!
Bulut ko‘kda qilardi rohat!
Ssn tabassum qilarding, jonon!
Unutgandim butkul jahonni!
Boqar edim borliqqa yuvosh!
Erkalardi tabiat jonni!
Shaffof edi ko‘zimdagi yosh!
O‘sha damni eslasak, yohu,
Labga qo‘nar endi istehzo.
Bema’ni tush ko‘rganday yoxud
Bachkana she’r o‘qigannamo.

III

(YO‘LDA)

Tong tuman qo‘ynida yotar bemajol,
Yotar qor ostida g‘amgin dala, qir,
O‘tmishga sudraydi kishini xayol,
Xayoldan o‘tadi tanishlar bir-bir.

Kimningdir o‘g‘rincha otgan nigohin,
Otashin va’zlarni eslayman darhol,
Xayol ko‘zgusida jonlanar yorqin
Birinchi uchrashuv, oxirgi visol.

G‘ildirak shig‘illab borarkan yengil,
Bepoyon osmonga tikilsang ma’sum,
Qadrdon o‘tmishda eriydi ko‘ngil,
Labingda eriydi ajib tabassum.

QIZ O‘G‘IRLASH

Otim kishnab, yer tepinar…
Quloq solsam otimga,
Shahlo ko‘zli, nozik dilbar
Tushdi birdan yodimga.
Yorim edi bir zamon u!..
Uyqu qochdi… Tun qorong‘u…
Qo‘zg‘alaman — hayqiraman:
«Egarlansin uchqur saman!
Sayr aylagim kelayotir,
Snz dam oling bexavotir»,

Bulut o‘ynar oyni to‘sib,
Tun mudrar yer yuzida. —
Soyam chopar mendan o‘zib,
Momiq maysa ustida.

Azim o‘rmon uyquga mast,
Biror yaproq qimir etmas….
Yelni bosib yonog‘imga,
Cho‘qinaman ilohimga.
So‘ng xirgoyi qilsam xushhol,
Xush onlarga uchar xayol.

Mana, yetdim uyiga ham,
Derazasin chertaman…
«Senmi, jonim?»—«Tur, jonginam,
Izing ko‘zga surtaman.
Rozi bo‘lsang, aytgin, dildor,
Olib ketay, uyim tayyor;
Chor atrofni quchmish tuman,
Kutar bizni uchqur saman;
Bitta kulib, bitta yig‘lab,
Qochvoramiz — ma’qulmi gap?»

G‘ijirladi asta eshik…
«Oh, azizim, keldingmi!
Oramizga yolg‘on-yashiq
G‘ov bo‘lganin bildingmi?
Gunohim yo‘h. Pokman, axir»…
«Mayli. Ko‘rdim. Shunga shukur;
Pok bo‘lsang ham, po‘k bo‘lsang ham,
Menga harom sensiz olam…
Unutmoqqa etgach qaror,
Na choraki, keldim takror».

Qiz gul kabi yashnab ketdi!..
Yo‘lga tushdik bir zumda…
Ehtiros-la yonar edi
Aziz boshi ko‘ksimda!

Avaylardim uni sergak —
Jo‘shar yurak, toshar yurak…
Borliq sokin, uxlar jahon,
Yelar otim qo‘ra tomon;
Barno ochib ko‘ngil sirin,
Shivirlardi yelday shirin:

«Ota-onam qarg‘ab meni,
Erga bermoq bo‘lishdi .
Og‘alarim tergab meni,
Bag‘rimni dog‘ qilishdi.
Seni kutdim kecha-kunduz!
Kuyov esa… O‘lsin yovuz,
Silab oppoq mo‘ylovini,
Yonginamga kelib, meni
Bir o‘pishin qilsam xayol,
Qochar edi tanda majol»…

Yor kiprigin o‘pib xurram,
Deyman silab kaftini;
«Unut bo‘lsin endi alam,
Unut kuyov aftini!
Otang qolmas qarzdor bo‘lib…
Qo‘llarimga shamshir olib,
Kuyov boshin shartta uzsam,
Toptalajak mo‘ylovi ham!
Hey, qorovul, uyg‘on, garang!
Eshikni och, keldi bekang».

GUL

Yot o‘lkada yoqang bo‘lib nam,
Maysazorlar kezganing mahal
Odmigina jaydari gul ham
Ko‘ringandir ko‘zingga go‘zal?

U ham yolg‘iz. Kutardi seni
Shabnam bosgan alaflar aro.
Ilk atrini, shaffof isini
Bir o‘zingga asrardi go‘yo.

Judo etib tanidan uni,
Tabassum-la razm solasan
Va yoqangga juvonmarg gulni
Astagina taqib olasan.

So‘ng chiqasan chang yo‘lga yana;
Dalalarning nafasi — olov,
Oftob qaynar misli po‘rtana
Qovjiratib gulni beayov.

Tong yomg‘irin sutdek shimirib,
Salqinlarda o‘sgan u barno
Saratonning qahridan qurib,
Yo‘l changida bo‘ladi ado.

Afsus nechun? Chekma hech fig‘on!
Chunki, u gul yuraging bilan
Bir ongina turib yonma-yon,
So‘ng o‘lgani yaralgan ekan.

Husniddin Sharipov tarjimalari


SOCHMALAR

SHARQ AFSONASI

Olihimmat, donishmand Ja’farni Bog‘dodda kim tanimaydi?
Bundan ko‘p yil muqaddam, Ja’far o‘smir chog‘ida kunlardan bir kuni Bog‘dodning chekkasida o‘ynab yurgan ekan.

Tuyqusdan qulog‘iga bo‘g‘iq qichqiriq eshitilibdi: allakim jon achchig‘ida yordamga chaqirarkan.
Ja’far aql va farosat jihatidan tengqurlaridan ajralib turarkan, shuningdek, u rahmdil ekan, o‘z kuchiga ham ishonarkan.

U tovush kelgan tomonga yugurib borsa, ikki qaroqchi munkillagan bir mo‘ysafidni devorga tirab, to‘nayotgan emish.
Ja’far shartta qilichini sug‘urib, qaroqchilarga tashlanibdi, birini o‘ldiribdi, boshqasini quvib yuboribdi.

Qaroqchilar changalidan qutulgan mo‘ysafid o‘z xaloskorining oyog‘iga yiqilib, uning etagidan o‘pib, shunday debdi:

– Ey dovyurak yigit, sening rahmu shafqating yerda qolmaydi. Seni taqdirlayman. Men faqat ko‘rinishdan nochor, ayanchli tilanchiga o‘xshayman. Lekin men oddiy odam emasman. Ertaga azonda katta bozorga kel, seni hovuz yonida kutib turaman. O‘shanda gaplarimning chinligiga iqror bo‘lasan.

Ja’far: «Haqiqatan ham ko‘rinishidan tilanchiga o‘xshaydi, lekin dunyoda nimalar bo‘lmaydi. Kel, mendan nima ketdi, bir sinab ko‘ray», degan gapni ko‘nglidan o‘tkazibdi-da:
– Jonim bilan, ota, boraman,— debdi.

Mo‘ysafid uning ko‘ziga tikilib qarabdi-da, jo‘nab ketibdi.

Ertasiga Ja’far tong otar-otmas bozorga qarab yo‘l olibdi. Mo‘ysafid hovuzning marmar chetiga tirsagini qo‘ygancha uni kutib turgan ekan.

U churq etmay Ja’farni yetaklab, chor atrofi baland devorlar bnlan o‘ralgan mo‘‘jazgina bir boqqa olib kelibdi.

Bog‘ning o‘rtasida, yam-yashil ko‘kalamzorda g‘aroyib bir daraxt o‘sib turganmish.
Tusi sarvga o‘xshasa-da, barglari binafsharang emish.
Tepaga qayrilgan nngichka navdalarda uchta olma osilib turganmish.
G‘ir etgan shabada bo‘lmasa hamki, daraxt barglari ohista shitirlarmnsh. Go‘yo u Ja’farning yaqinlashayotganini sezganday, oyna yanglig‘ nolon zirillarmish.

— Ey yigit!— debdi mo‘ysafid.— Shu olmalardan istaganingni uz, lekin qulog‘ingda bo‘lsin: oqini uzib yesang, hammadan aqlli bo‘lasan, qizilini yesang, yahudiy Rotshilddek boyib ketasan, sarig‘ini yesang, jamiki keksa ayollarga yoqasan. Tanla!.. Bo‘la qol, nmillama. Bir soatdan keyin olmalar so‘lib qoladi, daraxt esa yer qa’riga kirib ketadi.

Ja’far boshnnn quyi solib, o‘yga tolibdi.
O‘ziga maslahat solgandek past tovushda:
— Nima qilsamikin-a?—debdi.— Haddan ortiq aqlli bo‘lib ketsang, dunyoda yashaging kelmaydi, hammadan boyib ketsang, hasadgo‘ylaring ko‘payadi, yaxshisi, burishgan uchinchi olmani uzib yeyman!

U aytganini qilibdi, mo‘ysafid tishsiz ogzini ochib kulib yubornbdi va shunday debdi:
— E, aqli raso yigit! Sen eng muvofig‘ini tanlading! Senga oq olmaning nima keragi bor? Shundog‘am Sulaymon payg‘ambardan aqllisan. Qizil olmaning ham senga zarurati yo‘q. Busiz ham boyu badavlat bo‘lasan. Biroq sening davlatingga hech kim hasad qilmaydi.

Ja’far es-hushini yig‘ib olibdi-da:
— Sizdan bir iltimosim bor, ota. Menga xudoning panohidagi xalifaning muhtarama onasi turadigan joydan xabar bsrsangiz,— debdi.
Mo‘ysafid ikki bukilib ta’zim qilibdi va yigitga yo‘lni ko‘rsatibdi.

Olihimmat, saxovatpesha, dovrug‘i olamni tutgan Ja’farni Bog‘dodda kim tanimaydi?

1878, aprel

BAXTLI KIMSA

Poytaxt ko‘chasidan bnr yigit o‘ynoqlab chopib bormoqda. U qushdek yengnl harakat qilardi. Ko‘zlari porlardi, og‘zining tanobi qochgan, basharasi huzurdan ol rangga kirgan… Uning butun turish-turmushida mamnunlik va shod-xurramlik bor.

Nega bunchalik xursand? Meros tegdimikin? Yo bo‘lmasa amali oshdimikin? Yoxud sevgani bilan uchrashishga oshiqyaptimikin? Balki u miriqib nonushta qilgandir va kuchi tanasiga sig‘mayotgandir? Yoki Polsha qiroli Stanislav o‘z qo‘li bilan uning bo‘yniga bejirim but osib qo‘ydnmikin?

Yo‘q! U bir tanishn to‘g‘risida ig‘vo to‘qib, tinmasdan uni yoyib yurdi, nihoyat, o‘zi to‘qigan bo‘htonni boshqa bir tanishi og‘zidan eshitib, bunga o‘ziyam chippa-chnn ishondi.

Oh, shu damda odam bo‘ladigan siyoqi bor bu yigit qanchalar mamnun, qanchalar dilkash-a!

1878, fearal

SADAQA

Ko‘chadan ketayotgan edim, meni sharti ketnb parti qolgan, juldur-juldur kiyim kiygan bir gadoy to‘xtatdi.

Ko‘zlari qizargan, hadeb yoshlanadi, lablari gezargan, hamma yog‘ini yara-chaqa bosgan… E-voh, bu sho‘ring qurg‘urni qashshoqlik qanchalar abgor qipti-ya!

Menga u qip-qizil, shishgan, kir-chir qo‘lini cho‘zdi… U oh chekar, sadaqa so‘rab iltijo qilardi.

Men apil-tapil cho‘ntaklarimni kovlashtirdim… Na hamyon, na soat va na ro‘molcha bor… Uydan hech nima olmay chiqavergan ekanman.
Gadoy esa tama bilan mo‘ltirar, cho‘zib turgan qo‘llari esa titrardi.

Men nima qilarimni bilmay, o‘sal bo‘lib, uning kir va qaltiroq qo‘lini qattiq qisdim… «Aybga buyurma, oshna, yonimda hech vaqo yo‘q».

Gadoy menga qizargan ko‘zlarini tikdi: gezargan lablari kulgiga moyil ochildi va o‘z navbatida mening muzdek barmoqlarimni qisdi.

— Nachora, oshna,—dedi chayqalib,— shungayam rahmat. Buyam o‘z yo‘lida sadaqa, oshna.

Shunda men ham oshnamdan sadaqa olganimni fahmladnm.

1878. fevral

QARG‘ISH

Men Bayronning Manfrednni o‘qiyotgan edim… Manfred abgor qilgan ayolning arvohi Manfredni duoi bad qilgan yeriga kelganimda, ochig‘ini aytsam, bir oz cho‘chidim.

Esingizdami: «Iloyo, kechalari uxlolmay chiq. Yovuz qalbing doim mening ko‘zga ko‘rinmas jismimni sezib tursin-da, o‘z yog‘iga o‘zi qovurilib yotsin»,—degan.

Biroq shu payt boshqa bir voqea esimga tushdi… Kunlardan bir kuni Rossiyada ikki dehqon — ota-bolaning qirpichoq bo‘lgani ustidan chiqib qoldim.

Ish shu darajaga bordiki, o‘g‘li otasini qattiq haqorat qildi.
—Oq qil uni, Vasilich, oq qil nobakorii!— dedi xotini cholga.
—Qo‘y, Petrovna,— dsdi chol bosiq ovoz bilan va iulochiii keng yozib cho‘qindi:— Ilohim u ham o‘g‘il ko‘rsinu, o‘g‘li oyisining huzurida uning oppoq soqoliga tupursii!

Bu qarg‘ish menga Manfredning qarg‘ishidan yuz chandon dahshatliroq tuyulgandi.

Cholning o‘g‘li allanarsa demoqchi bo‘lib og‘iz juftladi-yu, birdan chalishib, ko‘m-ko‘k ko‘karnb ketdi va jo‘nab qoldi.

TUNDA UYG‘ONIB KETDIM…

Tunda o‘rnimdan turib ketdim… Zulmatdek qorong‘ilikda meni birov chaqirgandek bo‘ldi.

Men deraza oynasiga basharamni bosib, qulog‘imni ding qilgancha, tashqariga ko‘z qadab, kuta boshladim.

Biroq tashqarida faqat daraxtlar bir ohangda noaniq shovillar, o‘rkach-o‘rkach bulutlar tinmay o‘tib tursa-da, na tusi, na shakli o‘zgarar edi… Osmonda na milt etgan yulduz, yerda na yilt etgan o‘t bor. Dunyom ham xuddi shunday qorong‘i, ko‘nglim chiroq yoqsa yorimaydi.
Nogahon allaqaerda, olisdan chinqiriq eshitildi. U zo‘raya-zo‘raya yaqinlashib kelib, odam tovushiga aylandi, so‘ng susaynb, tina-tina chetdan o‘tib ketdi.

Bu tovushda menga: «Alvido! Alvido! Alvido!»—degan nido bordek tuyuldi.

Eh! Bu mening o‘tmishim, baxtim, sevib va ardoqlab yurgan eng aziz narsalarim men bnlan bnr umrga abadiy xayrlashmoqda. Men yeldek uchib o‘tgan umrnmga ta’zim qildimu, go‘rdek o‘rnimga kirdim.

Eh! Go‘r bo‘lsa koshki edi!

1878, iyul

IKKI BOY

Mening huzurimda boy Rotshild o‘zining behisob daromadidan bolalar tarbiyasiga, bemorlarni davolashga va keksalarni boqishga ming so‘mlab pul ajratdi, deyishsa suyunaman ham unga qoyil qolaman.

Ammo qashshoq bir dehqon oilasi yetim jiyanlarini bag‘rilariga olganlari hech esimdan chiqmaydi.
Dehqonning xotini shunda bunday degan:
— Agar Katkani qanotimizga oladigan bo‘lsak, so‘nggi chaqani unga sarf qilamiz, yovg‘on sho‘rvaga tuz olishga ham pul qolmaydi…
Eri bu gapni zshitib, unga bunday javob bergan:
— Biz haligi… o‘sha yovg‘onni tuzsizam ichaveramiz.

Himmatda dehqonga yetishga Rotshildga yo‘l bo‘lsin!

1878, iyul

“NODONNING HUKMINI ESHITSANG…”

PUSHKIN

Ey, ulug‘ shoir, sen mudom haqiqatni so‘zlading, bu safar ham haq gapni aytding.
«Nodonning hukmi, olomon kulgusi…» Bularni boshidan kechirmagan kim bor?

Bularning hammasiga chidasa bo‘ladi; qo‘lidan kelganlar, mayli, bunga parvo qnlmasin!

Biroq shunday zarbalar borki, naq yurakka tegadi… Odam qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi; tinim bilmay, mehr bilan halol ishladi… Qarangki, tuppa-tuzuk vijdonli odamlar undan jirkanib yuz o‘giradilar: halol kishilar uning nomi tilga olinganda g‘azabdan bo‘riqib ketadilar.

— Jo‘na! Qorangni ko‘rsatma!—deb yosh-yalang unga baqiradi — Bizga o‘zing ham, ishing ham kerakmas: sen boshpanamizni bulg‘aysan — sen bizni bilmaysan, tushunmaysan… sen bizning dushmanimizsan!

Xo‘sh, bu ahvolda u odam nima qilsin? Ishini davom ettirsinmi, o‘zini oqlashga urinmasinmi, haqiqiy baho berishlarniiyam kutmasinmi?!

Bir vaqtlar dehqonlar non o‘rnini bosadigan, kambag‘alning rizqi ro‘zi bo‘lmish kartoshkani keltirgan sayyohga la’nat o‘qigan edilar.

Ularga qimmatli sovg‘a tutgan sayyohning qo‘lidan sovg‘asini urib tushirishgan va uni loyga tashlab toptashgan edi.

Endilikda ular kartoshkani iste’mol qiladilar, hatto saxovat peshalarining nominiyam bilmaydilar,

Mayli, hechqisi yo‘q! Uning nomi nimagayam kerak

MUXBIR

Ikki do‘st choy ichib o‘tirishgan ekan.

Qo‘qqisdai ko‘chada qiy-chuv ko‘tarilibdi. Dod-faryod, qahrli so‘kishlar, quvonchln kulgnlar yer-ko‘kni tutib ketibdi.
Do‘stlardan biri derazadan qarab:
— Birovni do‘pposlashyapti,— debdi.
— Kimni, jinoyatchinimi? Qotilnimi?— deb so‘rabdi sherigi. — Menga qara, yur, u kim bo‘lmasin, yordam beraylik, olomon qilishlariga yo‘l qo‘ymaylik. Yur, jabrdiydani qutqaramiz.
— Yo‘q, ular qotilni urayotganlari yo‘q.
— Unda kimni urishyapti? O‘g‘rinimi? Hechqisi yo‘q, yur, uni olomondan ajratib olamiz.
— O‘g‘rimas urayotganlari.
— O‘g‘rimas? Kim bo‘lmasa, temir yo‘lchi, harbiy ta’minotchimi, rossiyalik ma’rifatparvarmi, adaokatmi, ko‘ngilchan redaktormi? — Mayli, kim bo‘lganda ham, yur, unga yordam beraylik!
— Yo‘q… muxbirni urishyapti.
— Muxbirni? Shundaymi. Ha, haligi, bilasanmi, kel, oldin choyimizni ichib olaylik.

1878, iyul

MEN OLAMDAN O‘TGANDA…

Men yorug‘ jahondan ko‘z yumib, bo‘g‘zimdan jonim chiqqanda, hey, mening yagona do‘stim, seviklim, ardoqlim, mendan uzoq umr ko‘rsang, qabrimga borib ovora bo‘lma… U yerda senga dalda beradigan hech narsa yo‘q.

Meni unutma… Lekin meni kundalik tashvishlar, rohat-farog‘at va muhtojlik onlarida eslama… Men hayotingni zaharlashni, uning tinch o‘tishiga monelik qilishni istamayman. Biroq, toza qalbimga oshno g‘am-anduh qalbingni poralasa-yu, tanholikda g‘ussa cheksang, o‘zimiz sevgan kitoblardan birini olginu, esingda bo‘lsa, ko‘zimizdan qaynoq yosh to‘kilishiga sababkor bo‘lgan o‘sha sahifalarni varaqla.

O‘qib bo‘lgach, ko‘zingnn yumginu menga qo‘lingni cho‘zgin… Jisman yo‘q bo‘lib ketgan do‘stingga qo‘lingnn uzat.

Men qo‘llaringni qo‘limga olib erkalashdan mahrumman: chunki mening qo‘llarim yer tagida chirib yotibdi. Ammo sen qo‘lingda mening qo‘llarimni sezgudek bo‘lsang, men o‘zimni baxtiyor deb bilaman.

Eh, mening seviklim, ardoqligim, ana shunda ko‘zguning oldida mening chehram namoyon bo‘ladi, ana shunda ikkovimizning ezgulik haqida o‘y surib, mo‘ldir-mo‘ldir yosh to‘kkanimiz singari ko‘zlaringdan yosh to‘kiladi.

1878. dekabr

Mirziyod Mirzoidov tarjimalari

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.