OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Muhammadyusuf Mayusiy (1871-1967)

* * *

Yo‘qlikdan paydo qilgan,
Iymonni ato qilgan,
Ishqida gado qilgan,
Mahbubimsan, yo Alloh!

Edim bir xamirturush,
Ato etding aqlu hush,
Deding «Obi taqvo no‘sh»,
Matlubimsan, yo Alloh!

Aslim edi obi gil,
Berding quloq, ko‘z ham dil,
Qoshingda men ko‘p xijil,
Mahbubimsan, yo Alloh!

Aylading «Qur’on» ato,
Ul Ahmadi Mustafo,
Bo‘ldi bizga rahnamo
Mahbubimsan, yo Alloh!

Yuborib Jabroilni
Ayirding haq, botilni.
Poklaguvchu kengilni
Kalomimsan, yo Alloh!

Qur’on bilan aytib roz,
Etding bizni sarafroz.
Shodligimiz qil daroz,
Mahbubimsan, yo Alloh!

Ey Rahimu ey Rahmon,
Ey Xudovandi Qur’on,
Ey Rahnamoi inson
Matlubimsan, yo Alloh!

Arzu ko‘kni yaratgan,
Quyoshdan nur taratgan,
Bizlarni aziz etgan,
Mahbubimsan, yo Alloh!

Subhonimsan ey, Rahmon,
Qilding bizni musulmon,
Zikring tilimda har on,
Matlubimsan, yo Alloh!

Subhonimsan ey Rahim,
O‘zing tanho ilohim.
Do‘zaxdan ber panohim,
Mahbubimsan yo Alloh!

Hasanboy G‘oyib tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.