OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ilhomiy Emin (1931)

UXLAMAS UYQU

rosa kuta kuta seni
eshigim ochiq qoldi
seni sog‘inib sog‘inib
uyqum uxlamas bo‘ldi

eshigimni yel oldi ketdi
uyqumni-da sel oldi ketdi
eshiksiz uyqusiz na go‘zal
gul chechaksiz na demak mahshar

yuz yil o‘tdi
kelmading
kelmading-da bor bo‘lding
kelmading-da yo‘q bo‘lding


O‘LIMSIZ TOSH

ariq ichinda bir qush
kimniki bu qush
tuproq

ariq ichinda bir tush    
kimniki bu tush
buloq

buloq ichinda bir yuz
kimniki bu yuz
kulish

buloq ichinda bir kuz
kimniki bu kuz
ko‘chish

ko‘chish ichra ko‘k
yulduz
kimniki u ko‘k
bulut

ko‘chish ichra bir ildiz
kimniki ildiz
umid
    
Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.