OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Jovid Saracho‘g‘li (1935)

* * *

Xilvatda xayol sursamu ko‘z solsam uning-la
Ruh olamining do‘st ko‘rinar panjarasindan,
Jo‘shgay yuragim, koshki bir on qolsam uning-la
Bir aksi sado tuysam uning totli sasindan.

Har holu ishim qutli so‘zin amriga solsam,
Vasliqla zamon charxini bir to‘xtata olsam,
Vahdatda bir osuda saroy qurdira bilsam
Ko‘nglimni abad qurguchi ul handasasindan.

Farhod kabi qo‘rqmas na tog‘u na dala-tuzdan,
Vuslat deya tap tortmagay ul hech g‘alamusdan, 
Jon tanda yonartog‘ kabi portlandi bu yuzdan-
Jonon eliga boqmoq uchun ust tepasindan.

Bir lahza sevintir shu haqir bandani, yo Rab,
Ko‘z yoshi to‘kib bunda so‘roqlar sani, yo Rab,
O‘ylab turadirman, chaqirar deb mani, yo Rab,
Tiq etsa eshik zulfuni goh yel nafasindan.

Komil kishilar hech tilamas amri maholni,
Johilki o‘yin deb biladir bizdagi holni,
Mushtoqi mudom kun-kecha istar u jamolni,
Hech ibrat olurlarmi bashar falsafasindan.

Hijron alamindan necha ellar yoqa yirtar,
Bitmay bu firoq fasli, visol dardlari ortar,
Jovid kabi osiyni o‘zing avf ila qutqar,
G‘aflat yo‘lining nafu havo vasvasasindan.

Turkchadan Tohir Qahhor tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.