OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ota Otajonov (1922-1989)

TURKMANISTONIM MENING

Men sening shuhratli-shonli
Nomingga maftun, vatan.
Mehnat bilan topganing,
Ahdingga maftun, vatan.
Tabiating, gul chiroying,
Baxtingga maftun, vatan.
Dongdor o‘lkam,
Nomdor o‘lkam —
Turkmanistonim mening.
Aytar so‘zim,
Orzu-o‘yim —
Dilda dostonim mening!
Xushxabarli, mo‘l salomli,
Saharlaring maftuniman.
O‘t yoshligim yodga solgan
Bahorlaring maftuniman.
Do‘st kelganda keng yozilar
Dasturxoning maftuniman.
Oq ko‘ngilli,
Asal nonli
Turkmanistonim mening.
Gul manzilli,
Ko‘k dengizli
Bog‘u bo‘stonim mening.
Bu dunyoda hech bir ofat
Sendan ayri solmasin.
Qo‘sha ko‘khoshiya bayroq
Porlasin, hech so‘nmasin!
Istagim, yozgan she’rlarim
Muhabbatsiz bo‘lmasin.
Kamol top, iqbolli bo‘l,
Turkmanistonim mening.
Keragim sen,
Yuragim sen —
Jonu jahonim mening!

Tursun Ibrohimov tarjimasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.