background
logotype

Abdurahim O‘tkir (1923-1995)

Abdurahim O‘tkir 1923 yili Shinjonning Qumul shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi Abdurahim O‘tkirning “Umr manzillari”, “Uyg‘ongan zamin” kabi kitoblari nashr etilgan. Uning “Qashqar kechasi” nomli dostoni Xitoyda o‘tkazilgan kam sonli millatlar adabiy tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Abdurahim O‘tkir 1995 yili Urumchida vafot etgan.

XARJLANG, XOINLAR, XARJLANG

Xarjlang, xoinlar, xarjlang, bu elning molini xarjlang,
Kamdek tuyulsa agar, olib siz jonini xarjlang.

Jonimga o‘sma deb xarjlang, belimga tasma deb xarjlang,
Talon-torojdan qolgan bir burda nonini xarjlang.

Dehqonga ochtirib bo‘zni, kosibga to‘qitib bo‘zni,
3ulmni oshirib ming bor, ichib el qonini xarjlang.

Ko‘lida balig‘i ko‘p deb, yerida boyligi ko‘p deb,
Qadamda topib ming hiyla, ochib siz konini xarjlang.

Falonchi oqchiyu-ko‘kchi*, bu O‘tkir ham yomon do‘qchi,
Deb parchalab bu millatni, sotib vijdonini xarjlang.
_______________
* Oqchi-ko‘kchi — falonday-pusmadonday ma’nosida.

Emin Usmon nashrga tayyorlagan

2004-2019 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.