background
logotype

Farhod Ilyos (1964)

Farhod Ilyos 1964 yili G‘ulja shahrida tug‘ilgan. 1987 yili Pekin markaziy millatlar universitetini tamomlagan. “Cho‘g‘ so‘ragan bola”, “Go‘lib tashvishlar” kabi she‘riy va bir qancha hikoya va romanlari nashr etilgan. U bir qancha chet-el yozuvchilarining she‘r, hikoya va qissalarini uyg‘urchaga tarjima qilgan. Hozirda Shinjon maorif nashriyotida ishlaydi.

ILTIJO

Chanog‘imga marvaridlarni soling,
baliqlarim,
Yaralsin yangi-yangi cho‘pchaklar.
Bo‘ynimga osinglar tumor qilib
qoyatoshni,
Tirilsin to‘ngib qolgan nafaslarim.
Tomirlarimga, bog‘lang
bulut-chaqmoqlarni tutib,
Mayda-chuyda hislarim
Qizarib pishsin...

Emin Usmon nashrga tayyorlagan

2004-2019 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.