OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yanosh Sentmarton (1975)

Zamonaviy venger she’riyatida o‘ziga xos uslubi bilan kitobxonlar e’tirofini qozongan yosh va iste’dodli shoir Yanosh Sentmarton (Szentmártoni János) 1975 yilda Budapeshtda tug‘ildi. 2000 yildan beri Vengriya yozuvchilar uyushmasining a’zosi. Bugunga qadar shoirning 8 kitobi nashrdan chiqqan.

MENING SHE’RIYATIM

Kunlab, haftalab, takror va takror
tilsimli so‘zlarni qidiraman…
toparman deb tinmay izlayman,
o‘zimni, o‘zimni butkul unutib…

Nima bo‘ldi, nimalar bo‘ldi?
orzular, tuyg‘ular…
Bari bir-bir uchib ketadi
sukunat va so‘ngsizlik sari…

tuproq va toshlarni
tishlab ko‘raman
tishlarim sinadi
asabdan, asov jahldan…

Yana va yana kundaligimni
devorlarga bir-bir o‘yaman…
binolar qulaydi,
devorlar qular,
yozuvlarda yashirin tuyg‘ular qular,
bari, bari birma-bir ketar,
yurakda chuqur-chuqur izlar qoldirib…

Ma’rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.