OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Iida Dakotsu (1885-1962)

***

Pechkada o‘tin yonar ,
Oyna orti - sovuq dengiz uzra
Chiyillaydi chaykalar...

***

Pechka eshigin ochdim ,
Oxista , istamaygina
Yonadi ko‘mir...

***

Shamolda chayqalib jaranglar
Eshigimga osilgan qo‘ng‘iroq
Anor gullabdi...

***

Pashshaxonaga kirib yotibman ,
So‘nayotir kuzgi saharda
O’choqdagi kechagi cho‘g‘lar...

***

Namiqib bo‘kdi tevarakdagi ,
Quvrab qolgan kuzgi maysalar.
Yomg‘ir quyar tog‘larni yuvib

***

Esar g‘arbiy shamollar ,
Kirib kelar yomg‘ir suvlari ,
Ostonaga qadar o‘rmalab .

***

Inson qalbiga o‘xshar
Faqat bir narsa -
Kuzgi yonar qurt...

***

Qor ko‘mib tashladi
Barcha yo‘llarni
Isinaman o‘choqda yolg‘iz...

Xoldor Vulqon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.