OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nodzava Bontyo (?-1714)

Yoshgina moda tovus!
Uchta yaproq uchadi —
Yechinar qish yalang‘och.

     * * *

Hoy, uchayotgan g‘ozlar!
Elas-elas ko‘rinasiz
Bahorgi kunbotishda.

     * * *

Osmondagi oy,
Birgina sen birodar
Quturayotgan bo‘ronga.

        * * *

Suzmoqda bulutlar karvoni...
Yelkasida avaylab
Olib ketmoqdalar charog‘on oyni.

        * * *

Yo‘lda sovuq o‘tdi jonimdan.
Yozgi libosimning
Avrasi, astari ham yo‘q.

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.