OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abdurauf Fitrat. Johilona taassubg’a misol (1917)

JOHILONA TAASSUBG'A MISOL[1]

Buxoro shahrining o‘ramlarina[2] ushbu mazmunda bir e'lon yopishrilg‘an edi: «Yangi chiqg‘an jadidlar bolalarimizning e'tiqodlarini buzalar, munlar hunarlarinda hech kim bolasini o‘qutmasin, o‘qutsa shul kishini o‘ldirajakmiz, jadidlar jivlashub[3]o‘lturmasunlar, agarda jivlashub o‘tursalar, biz onlarning boshlarini kesarmiz, jadidlar namoz birla ro‘zani, zakotni o‘tamaylar, munlar kofirlar, qonlari halol» (Bu e'lonla bir hadisda[4] yozilg‘an).

Boshqa mamlakatlarda munday ma'nosiz, imlosi buzuq, axmoqliq alomati bo‘lg‘an e'lonlar, yozuvlarning ahamiyatlari bo‘lmasada, Buxoro kabi o‘runda afkori umumiyaning mundan mutaassir bo‘luvi mumkin. Shul sababli munday johilona taassubg‘a qarshi iltifot etmay qoluv bizning uchun mumkin tugul[5].

Yozuv yoza bilmay turib, shu shiy e'lon yozuvlarig‘a «jadid»larning maslaklari nindi[6]narsadan iborat ekanligini biddirurg‘a hojat bor.

Buxorolilarning tijorat, axloq va ilm, sanoat va hunar, maishat jihatlarinda butunlay ortda qolg‘anliqlarini «e'lon» yozuchilar bilmasalarda, boshqalar bilalar. Tijorat maydonlarinda, tahsil madrasalarinda, axloq to‘g‘ivlarinda[7] o‘z ishlarining qoidasini va zibarini[8] bir yahudiy qadar biluvchi ongli kishimiz yo‘q. Dunyoning telefon va teleg‘rof hamda temur yo‘llar kabi fanniy mo‘‘jizalarini ko‘rub-da shunlarning sirlarini o‘granurg‘a tirishuchi odamimiz yo‘q. Hatto madrasalarimizdan chiqub-da bir jamoatning kofirligini e'lon etuchilarimiz-da durust yoza bilmaylar.

Shu holni yaratub, bundan rizo bo‘lub turuchi birg‘ina musulmonda bo‘lmasa kerak. Mana shu shiy[9] ravishda bo‘lg‘an ijtimoiy xastaliklarimizg‘a davo izlovchilar «jadid»lardir.

Jadidlar «millatimiz, xalqimizning bu darajada tuban qoluvlarini, shu shiy martabada yomon kunlarg‘a tushularini nodonlig‘lari sabab bo‘ldi, bizning uchun o‘quv, ilm va ma'rifatg‘a yopishuv(imiz) lozim. Vatanimiz, mamlakatimiz va millatimiz ilm nuri birla yoqtursun, din ham dunyo ilmlari birla jihozlansun. Bu hol endi bizning uchun farz bo‘ldi, eski maktablarda sakkiz yillar o‘qub-da. Eron xalqtarining ichkilik va ishq kabi safohatlarindan iborat bo‘lg‘an adabiyotdan boshqani bilmovchi bolalarimiz yangi maktablarga kirub din ham dunyo uchun foyda beraturg‘an lozim narsalarni o‘qisunlar, hisob va yozuv bilsunlar, to‘rt gurli fan o‘qir uchun madrasalarimizda o‘n sakkiz yil yotuvi shogirdlarimiz o‘n ikki yil madrasani-da tamom shartina yetishdurub o‘n besh fan o‘rgansunlar, madrasadan chiqub-da boshqalarni akfor[10] qilush tugul, balki musulmon qilub e'lon yozuchidarimizning imlolarini kishi kuldurmak darajada buzuq bo‘lmasun, savdolarimiz hunar va sanoatimiz, ekunchilik[11] ishlarimiz bukungi kabi zabun holda turmasun, balki tuzalsun yaxshilansun!» deylar. Muni «jadid»lar shuytib ravishda so‘ylaylar va shu shiy yo‘lda yuriylar.

Ushbu maqsadlarimizg‘a erishur uchun biz «jadid»lar Buxoroda maktablar ochdiq, lekin Buxoro hukumati neqdi falsafag‘a ko‘radur[12] bizning maktablarimizning davomini musoada[13] qilmadi, yashatmadi. Shul kunday berli biz maktabsiz qolduq.

Mundan so‘ng: «Maktab yo‘li birla bo‘lmasa boshqa bir yo‘l birla tirishub qarayliq!» deb tijorat yo‘lina kirdik va Buxoro hukumatidan ruxsat olub bir kitobchiluk shirkati va bir ko‘moch narsasi shirkati[14] tuzuvdik.

Kitobxonamizda gazit va jurnallar birla birlikta hadis va tafsir hamda dars kitoblari kelturub eski madrasatarning shogirdlarika uch yuz haq birla dars kitoblari sotdiramiz. Ko‘moch shirkati dahi yuz mollarini uch yuz baho birla sotub foydasini(ng) ko‘bisi «jadid» bo‘lmag‘an shirkatlar orasinda taqsim eto‘b turadir. Demak, bizning ijtihodimizdan[15] «jadid» bo‘lmag‘an va «jadid»larni yarotmay turg‘an odamlar foydalanalar.

Endi «jadid»lik maslakinda bo‘dg‘anlarning o‘z hollarini-da bir oz ta'ruf qilaylik:

Bu «jadid»larning ko‘braklari eski madrasalarda, darslarini eng yaxshi ravishda tamom etuchilar bo‘lub oralarinda bu kunda zo‘r mudarrislar va olimlar bor. Munlar tafsir va hadis darslari o‘qutalar, o‘qutmag‘anlarida dars o‘qituv lozim bo‘lg‘anda o‘qituvg‘a mahtaddirlar. Munlar yuzlar birla hadisi shariflarini xatosiz yodlag‘anlar va durust onglaylar. Endi Payg‘ambardan rivoyat etilaturg‘an bir hadisni-da durust yoza bilmag‘an, imlo hunarindan-da mahrum odamlar chiqsunlar-da shu shunday odamlarni akfor etsunlar, akfor birlagina qanoat etmay, qonlari halol bo‘luv birla fatvo bersunlar. Shu shiymi insof? Bumi musulmonliq?

U otish o‘ynovchilar[16], aroqi ichuchilar va butun amrlarini fisqu fujur yo‘lida yozdiruchilar Buxoroda oz tugul. Milyo‘nlar Sirla insonlarning qonlarini suv kabi oquzib turuchi va g‘oz minglar birla bolalarini, xotunlarini yetim va kishisiz qoldiruchi bu kungi zo‘r suqishdan ibrat-la hamma kayf va safo majlislari qurub musulmon bolalarini o‘ynatuchilar-da ko‘b. Shu shiyday xalqlar ozg‘ina-da taqti' qilinmag‘anlari holda islom va musulmonlarning taraqqiysi uchun tortishuchilar akfor qilinsunlar, qonlari muboh ko‘rilsun! Diyonat shu shiymi? Bumi odamchilik?!

Qur'oni karim musulmonlig‘ni da'vo qilib salom beruchilarni akfor qiludan man' etadir. Musulmonlarni akfor qiluchilar bilsunlarki, «Musulmon kishilarini akfor qiluchilar agarda shul kishi kofir bo‘lmasa, o‘zlari kofir bo‘lurlar» mazmunida hadisi shariflar Buxoriy[17]birla Muslim[18] sahihlarinda bor.

E'lonchi afandilar, fitna qo‘zg‘atuchi o‘rninda Qur'on birla Hadis o‘qub shunday oliy so‘zlarni o‘rgansalar va bilg‘an narsalarini durust yozarg‘a tirishsalar yaxshiroq va musulmoncharoq bo‘lur edi.

Bu maqolani yozuvimiz o‘limdan qo‘rquvdan tugul. Biz o‘lumdan qo‘rqmaymiz. Haq yo‘lda o‘ldiriluv va o‘luv botilliq[19] uzrinda yashovdan yaxshiroq. Xayrliroq. Biz muni Qur'oni karimda o‘qub shung‘a ayon keturganmiz. Balki muni yozuvdan maqsadimiz buxorolilarni insofg‘a da'vat etuv hamda hukumatimizning diqqatini jalb qiluvdir. Hukumatimiz munday mas'aladan sukut etmasun, balki bu ishni taftish va tadqiq qilsun edi. Agarda ayb bizda bo‘lsa, teyishli jazoni bersun, yo‘qsa shunday e'lon yozuchilarni topub maydong‘a chiqarsun. «Onlarg‘a teyishli jazo bersun edi» demaymiz. Jazo bermasun, balki tanbeh va nasihat qilsun.

«Onlarg‘a jazo bermasun» degan so‘zimni vijdonim, iymonim birla yozdim. Chunki shul odamlar-da, saodatlari va taraqqiylari uchun tortishaturg‘an millatimizning kishilaridir. Modomiki, biz bu millatning baxtiyor bo‘luvini orzu qilamiz, e'lon yozub yobishdiruchilarning saodatlari-da bizning uchun matlubdir. Bizning maslakimiz muhabbat va ma'rifat hamda marhamatga bino qilinadir.

Durust, agarda bu to‘g‘rida biz gunohli tugul esak, hukumat taftish etub shul e'lon yobishdiruchilarni topsun, ammo jazo bermasun, balki nasihat yo‘lindan onlarg‘a Siz munday fitnalar qo‘zg‘atib yurmangiz! Munday yo‘q ishlar birla shug‘ullanuv o‘rnig‘a maktabga qirub yozuv o‘rganingiz. Imlongizni tuzatingiz, mundan shu ilmlari komil odamlar huzurina borub tafsir va hadis o‘qungiz desun...

 


[1] Maqola «Ochiq so‘z» gazetasidan (sanasi ko‘rsatilmagan) olinib, «Sho‘ro» jurnalining 1917 yil 15 yanvar sonida (Sana 10, Adad 2, 34-35-bet) bosilgan. Ayni o‘sha manbadan olinib nashrga tayyorlandi. Fitratning ushbu maqolasini bizga taqdim etganlari uchun yapon olimi Xisao Ko‘matsu janoblariga lutfan minnatdorchilik bildiramiz.

[2] o‘ramlarina - Buxoro shahrini o‘rab turuvchi devorlar, qo‘rg‘on nazarda tutiladi. Maqola dastlab tatar lahjasida e'lon etilgani uchun unda tatarcha so‘z va grammatik belgilar ko‘pdir.

[3] jivlashib - qarshilik bildirish.

[4] Bu e'lonning ostiga bir hadis ham yozilgan bo‘lib, uning so‘zlari keltirilmagan. Bizningcha, Fitratning «Munozara» asarida keltirilgan hadislardan biri shunga mazmunan mos keladi.

[5] tugul - emas. Bu yerda: mumkin emas.

[6] ninday - nima, qanday narsa.

[7] to‘g‘uvlarinda - yaratish, tarbiya bermoq. Bu yerda: axloq, tarbiyalarida.

[8] zibar - bezak, ziynat.

[9] shiy - shu, shunday.

[10] akfor - kufr qilmoq, ko‘plikda: kofirlar.

[11] ekunchilik - dehqonlik.

[12] ninday falsafaga qo‘radir - qanday falsafaga asoslanadi.

[13] musoida - «musoid» yordam beruvchi. Bu yerda: yordam bermadi ma'nosida.

[14] ko‘moch narsasi shirkati - Buxoroda jadidlar tomonidan ochilgan tijorat shirkatlaridan biri.

[15] ijtihod - tirishish, say'-harakat.

[16] otish o‘ynovchi - qimorboz. Bu yerda: oshiqotuvchi.

[17] Buxoriy - asli ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870). «Al-jomi' as-sahih» kitobidagi hadislar nazarda tutiladi.

[18] Muslim - Muslim an-Nishopuriy mashhur muhaddis nazarda tutiladi.

[19] botillik - nohaq, asossiz. Bu yerda: behuda.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.