OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ahmadali Asqarov (1935)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/ahmadali_asqarov.jpgAhmadali Asqarov (1935.25.9, Namangan viloyati, Uchtepa qishlog‘i) —arxeolog-tarixchi olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1987), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari doktori (1978), professor (1990).

Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1957), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori (1970— 80; 1983-87), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining direktori (1991— 95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘limining akademigi-kotibi (1987-92), raisi (1994-98) bo‘lib ishlagan.

Asosiy ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda saqlanib qolgan moddiy-madaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan O‘zbekiston tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi xalq deputati (1990—95). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.