OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ismatulloh Abdullayev (1927-2005)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/ismatulloh_abdullayev.jpgIsmatulloh Abdullayev (1927.10.3, Namangan - 2005) — sharqshunos, manbashunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), filologiya fanlari doktori (1979).

Namangan o‘qituvchilar institutini (1944), O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tamomlagan (1951). Namangan pedagogika institutida o‘qituvchi (1951—57), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1957—92), Namangan davlat untida kafedra mudiri (1993 yildan) bo‘lib ishlagan.

1979 yilda Moskvadagi Sharqshunoslik institutida Abu Mansur as-Saolibiyning Movarounnahr va Xurosonning ilk o‘rta asrlari tarixi bo‘yicha noyob manba bo‘lgan “Yatimat at-dahr” adabiy qomusini o‘rganishga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Ilmiy faoliyati Movarounnahr va Xuroson shoirlarining arab tilidagi 10—11-asr boshlaridagi she’riyatiga bag‘ishlangan. Ismatulloh Abdullayev arab tilidagi bir qator ilmiy hamda hozirgi zamon arab yozuvchilari (Abdurahmon al-Hamisiy, Abdurahmon ash-Sharqoviy, Usoma ibn Munqiz va b.)ning badiiy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Professor I.Abdullayev yirik manbashunos olimlardan biri sifatida Abu Rayhon Beruniyning ko‘p jildlik asarlarini nashr etishda faol ishtirok etgan, sharqshunoslik fani sohasida mamlakatimiz va xorij olimlarining e’tiborini qozongan.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.