OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Jo‘ra Abdullayev (1927)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/jura_abdullayev.jpgAbdullayev Jo‘ra Abdullayevich (1927, Toshkent) — energetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).

O‘rta Osiyo politexnika institutini bitirgan (1953). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika institutida katta ilmiy xodim (1959-60), O‘zbekiston energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1960—76), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori (1971—92), shu institutda maslahatchi (1996 yildan). O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1992—94). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi (1994—96).

Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, ko‘p bo‘g‘inli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf kilish, ko‘p bo‘g‘inli elementlardagi raqamli qurilmalarning ishonchliligini ta’minlash, aloqada raqamli tizimlarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlari ham bor.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.