OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Salohiddin Mamajonov (1931-2005)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/salohiddin_mamajonov.jpgSalohiddin Mamajonov (1931.15.12, Qo‘rg‘ontepa tumani - 2005) — adabiyotshunos olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2001). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982), filologiya fanlari doktori (1968), professor (1972).

Salohiddin Mamajonov filologiya sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga ham salmoqli hissa qo‘shdi. Uning rahbarligida 30dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Farg‘ona pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1952). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (1958— 62), katta ilmiy xodim (1962—68), bo‘lim boshlig‘i (1968-2000)bo‘lib ishlagan.

Salohiddin Mamajonovning asosiy ilmiy ishlari she’riyat, proza, drama, bolalar adabiyoti muammolariga qaratilgan. Salohiddin Mamajonov o‘zbek adabiyotining sovet davridagi tarixiga bag‘ishlangan bir va ko‘p jildli tadqiqotlarning yaratilishida faol ishtirok etgan.

Salohiddin Mamajonov G‘afur G‘ulom ijodiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar («Shoir va zamonaviylik», 1963; «G‘afur G‘ulom prozasi», 1966; «Uslub jilolari», 1972), Hamid Olimjon haqidagi «Shoir dunyosi» (1972) hamda Sharof Rashidov romanlari tahliliga bag‘ishlangan «Lirik olam, epik ko‘lam» (1979) kabi asarlar muallifi.

90-yillarda Salohiddin Mamajonovning Behbudiy, Fitrat, Hamza Hakimzoda, Cho‘lpon, Elbek, Botu singari adiblar ijodiga bag‘ishlangan risola va maqolalari e’lon qilingan.

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.