OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sayyor (1932-2001)

Sayyor (Sayyorpo‘lat Fayzullayev) 1932 yili Toshkentda tug‘ilgan. Shoira Gulchehra Jo‘rayevaning turmush o‘rtog‘i.

Uning birinchi she’ri 1953 yilda e’lon qilingan. Birinchi «Qalb harorati» nomli kitobi esa 1960 yilda chop bo‘lgan. Shundan buyon uning o‘zbek, rus va boshqa tillarda o‘ttizga yaqin she’riy va nasriy asarlari bosilib chiqqan. Jumladan, «Boshsiz haykal» (1961), «Fidoyingman» (1962), «Qachon katta bo‘laman» (1965), «Bir kecha xayoli» (1965), «O‘ttiz yoshim» (1968), «Hulkar» (1969), «Parvona» (1970), «Dengizdan tomchilar» (1972), «Yillab kuyganim» (1973), «Musaffo fasl» (1978), «Bolg‘a zarbi» (1982), «Odam borki...» (1981), «Ancha katta bolaman» (1982), «Chorraha» (1985), «Umr qo‘shig‘i» (1986), «Halollik va faollik» (1989), «Uyqudagi tosh» (1989) kabi she’rlar, qissalar to‘plamlari va bolalar uchun yozilgan asarlarini sanab o‘tish mumkin.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.