OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vohid Abdullayev (1912-1985)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/vohid_abdullayev.jpgAbdullayev Vohid Abdullayevich (1912.15.5 - Samarqand - 1985.30.7) -adabiyotshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960).

1932 yil Farg‘ona pedagogika institutini bitirgan. Vohid Abdullayev 1935—43 yillartsa Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944—69 ylarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963 yildan shu universitet rektori. 1930 yildan she’rlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan.

«Samarqand sayli» (1970) she’riy kitobi nashr etilgan. «Navoiy Samarqandda» (1948), «Nishotiy va uning «Husni Dil» dostoni», «Xoksor va uning «Muntaxab ul-lug‘ot» kitobi» (1955), «Nishotiy va Xoksor» (1960), «O‘zbek adabiyoti tarixi» (1964), «Saylanma» (1982) kabi kitoblari o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bag‘ishlangan.

Vohid Abdullayevning oliy o‘quv yurtlari uchun «O‘zbek adabiyoti tarixi» darsligida 17 — 19-asrlardagi o‘zbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.