OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xosiyat Bobomurodova (1950)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/xosiyat_bobomurodova.jpgXosiyat Bobomurodova 1950 yil 2 may kuni Samarqand viloyatining Xatirchi (hozirgi Navoiy viloyati) tumanidagi Ibn Sino jamoa xo‘jaligida tug‘ilgan. U 1966 yili o‘rta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o‘qigan.

1967 yildan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 1975 yildan maktabda direktor bo‘lib ishlaydi. 1983-1989 yillarda Navoiy viloyati, 1990 -2003 yillarda Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib lavozimida, 2003-2005 yillarda Zarafshon nashriyoti direktori bo‘lib xizmat qildi.

Uning “Daryodan qatra” (1979), “Oq yo‘l turnalar” (1983), “Samarqandga maktublar” (1989), “Men uzgan gullar” (1990), “Bormisan, o‘zbek” (1991), “Jonimning egasi” (2001), “Vatan yagonadir” (2002), “Kelin salom”, “Mag‘rurlik sabog‘i”, “Qizilqum malikalari” (2005), “Samarqand sanamlari” 2008), “Qirq o‘g‘lon qissasi” (2007), “Sahrodagi jannat” (2011), “Sensiz”, “Gul yomg‘iri” “O‘quvchi odoblari” kitoblari chop etilgan.

“Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Xalq ta’limi a’lochisi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.