OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yoqutxon Rahimova (1947)

Yoqutxon Rahimova 1947 yil 1 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat politexnika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati ta’minot va taqsimot Bosh boshqarmasida iqtisodchi-muhandislik lavozimidan boshlaydi. 1973 yildan respublika gazeta va jurnallarida, nashriyotlarda xizmat qiladi. 2000 yildan respublika bolalar jumali «G‘uncha»da bosh muharrir lavozimida ishlaydi.

Yoqutxonning dastlabki «Ko‘rishguncha, xayr!» nomli qissasi «Sharq yulduzi» jurnalida (1979) bosilgach, u adabiy jamoatchilik va kitobxon e’tiboriga tushadi. A Shundan keyin uning «Ko‘ngil», «Boychechak», «Surat», «0q bahor» «Bu Sizga, Oyijon!», «Shirinni taniysizmi?» nomli qissa va hikoyalar to‘plamlari chop qilinadi.

Yoqutxon Rahimovaning o‘zbek va rus tillarida chop qilingan «Bu Sizga, oyijon!» (1987) nomli hikoyalar to‘plami bolalarga bag‘ishlangan.

Uning ko‘pgina hikoyalari chet va qardosh xalqlar tillariga ham tarjima qilingan.

U «O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi», «Mustaqillikning 10 yilligi» nishonlari bilan taqdirlangan.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.