OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dunyoning eng go'zal asari (hikoya)

Mashur bir rassom, kunlarning birida dunyoning eng go’zal narsasini chizishga qaror qildi. Buning uchun dunyoning eng go`zal narsa nima bo`lishi mumkinligi haqida bilim to`plash uchun katta bir sayohatga chiqdi.

Qishloq ko`chaliridan ketarkan, beli bukulgan keksa bir odam yo`l chekkasida o`tirganini ko`rdi. Yoniga borib undan dunyodagi eng go`zal narsa nima bo`lishi mumkunligi haqida so`radi.

Chol hech ikkilanmasdan: 
“Imon!” dedi.

So`ngra, bir guzardan o`tarkan, to`y uchun to`plangan olomon qarshisidan chiqib qoldi. Olomon orasidagi yosh kelinga: 
“Sizningcha dunyoning eng go`zal narsasi nima?” deya so`radi.

Kelin kuyovning ko`zlarini ichiga qarab: 
“Agar dunyodagi eng go`zal narsa bo`lsa, u ham sevgi bo`lishi kerak!” dedi.

Rassom yo`lini davom etdi. Bir chang ko`chadan o`tarkan, urushdan qaytayotgan hoqg`in bir askarga duch keldi. Ayni savolni undan ham so`radi. Askar: 
“Dunyodagi eng go’zal narsa bu tinchlikdir” deya javob berdi.

Rassom dunyodagi eng go`zal narsalar imon, sevgi, va tinchlik bo’lsa bularning hammasini bir rasmda qanday ifodalay olaman deya o`ylay – o`ylay uyiga qaytib keldi.

Uyining eshigidan uyiga kirishi bilanoq dunyoning eng go`zal manzarasi doimo qarshisida bo`lganini tushunib yetdi. Bolalarining mas’um qarashlarida imon, ayolining ko`zlarida sevgi, uyida esa tinchlik hukm surardi.

Bulardan olgan ilhomi bilan rassom dunyoning eng go`zal narsasini chizishga kirishdi. Va rasm bitishi bilan, asarga shunday ism berdi: “Mening uyim”.

Muhammad Alixon tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.