OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ma’danli suv, qahva va ko‘k choyning shifosi

http://ziyouz.uz/images/coffee-and-tea.jpg

Yoshlik va bardamlikni uzaytirishga qodir ichimliklar orasida ma’danli suvlar birinchi o‘rinda turadi. Ma’danli suv terini namlashdan tashqari, me’daga ham samarali ta’sir ko‘rsatib, taomni qabul qilishga hozirlaydi. Bundan tashqari, ma’danli suvlar ochlik sezgisini jilovlaydi, organizmdan zaharli moddalarni chiqarib yuboradi. Britaniyalik tadqiqotchilar fikricha, qahva bu jihatdan ma’danli suvdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turarkan. Qahva erkaklarda prostata adenomasining oldini oladi hamda og‘iz bo‘shlig‘ida saraton paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Choy ham, aynan shunday xususiyatlarga ko‘ra, uchinchi o‘rinda turadi. Bu borada ko‘k choy ayniqsa foydali. U modda almashinuvini yaxshilaydi, yog‘lar parchalanishini tezlatadi, shuningdek, ko‘krakda o‘smalar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Tarkibida antiokcidantlar serob qaynoq shokolad esa, mazkur reytingda to‘rtinchi o‘rinda.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 3-sonidan olindi.

 

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.