OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Anvar Obidjon. Restoranda tanishganlar (hajviya)

– Dunyoning ishlari g‘alati-da, uka. Tasodifan bitta stolda o‘tirib qolib, mana, tuzukkina tanishvoldik.
– O‘zi qaerliksiz, aka?
– Eshonguzarda turaman.
– Ie! Balki pochchamni tanirsiz?
– Opang eshonguzarga tushganmi?
– Yo‘q, singlim. Oti Xolinisa.
– Xolinisa dedingmi? To‘xta, to‘xta, haligi hindujamol kelin seni singling bo‘lmasin tag‘in? Qoshlari tutash. O‘rtasida ofatijon xol. Topdimmi?
– Hmm...
– Yuzlari lo‘ppigina ... Bodomqovoq...
– Ha endi...
– Kaltabaqay. Sochlari taqimini o‘pib turadi. Ko‘zlari shahlo. Topdimmi?
– Shu gaplarni menga gapirishingizni qarang...
– Mo‘dalar uyida ishlaydimi axir?
– Xuddi o‘sha! Bilarkansiz-ku!
– Nega bilmayin? U har kuni ishga kelayotib ham, qaytayotib ham do‘konimning yonidan oqqushdek suzib o‘tadi. Mana bunday, mana bunday qilib...
– E, o‘tiring, aka. O‘tirsangiz-chi. Hammaga tomosha bo‘lyapsiz... Xullas, pochchamni uchratib qolsangiz, unga mendan salom aytib qo‘ying. Bo‘ptimi?
– Hey, qiziq yigit ekansan-ku. Pochchangni umrimda ko‘rmagan bo‘lsam, qanaqasiga unga salom aytaman?

1978 yil.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.