OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Anvar Obidjon. Sovigan ko‘ngil (hajviya)

Shu topda u ko‘zimga yanada sovuq ko‘rinib ketdi. Aftimni tirishtirib, yuzimni chetga o‘girdim.
Kayfiyatim tushganini payqayotgandek, «ilgarilari mendan joningizniyam ayamas edingiz, endi me’dangizga tegdim shekilli», deyayotgandek tuyuldi. O‘ng‘aysizlanib, ko‘zimni yerga qadadim.
U esa go‘yo ta’nani davom ettirdi: «Balki, mendan qutulmoqchidirsiz?»
«Ha!» deb baqirgim va bir yo‘la orani ochiq qilib qo‘ygim keldi-yu, to‘satdan ikkilanib qoldim: «Balki, usiz menga juda qiyin bo‘lar...»
Shunda u birdan tutoqib ketgandek, «Siz nomardsiz!»– deya zahrini to‘kkandek bo‘ldi.
– Mayli, men nomard bo‘laqolay! – nihoyat dadil turib o‘shqirdim unga o‘chakishib. – Endi sendek zaqqum bilan sirayam yaqin bo‘lolmayman!
... O‘sha-o‘sha, chekishni butunlay tashlab yubordim.

1978 yil.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.