OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Habib Siddiq. Qaytgan duo (hajviya)

Bahodirjon degan hazilkash ulfatimiz bor. «Eshon aka» deb hazillashib yuramiz. Bir gal paxta yig‘im-terimiga chiqishganda brigada boshlig‘i depti:
— Mana shu traktorchimiz ja-a yaxshi yigit-u, kelin bilan oralari chatoq bo‘lib qolib, sal xafa bo‘lib yuripti-da. Eshon aka, bir duo qiling, zora kelinning ko‘ngli ilib...
— Quruqdan-quruq qanday bo‘larkan?..
— E-e, Eshon aka, ertaga eriydi-da!
Bahodirjon uzundan uzoq duo qilibdi. Traktorchi xursand bo‘lib ketibdi-yu, ertasiga qovoq-tumshug‘i osilib qaytib kelibdi.
— E-e, duoyingiz o‘tmas ekan...
— Siz mendan xafa bo‘lmang, — debdi Bahodirjon quvlik bilan, — o‘zim ham kechasi bilan uxlolmay chiqdim.
— Nega?..
— Yigirma yil avval olamdan o‘tgan otam tushimga kirib, «Shu yoshga kirib ham aqling kirmadimi, nega aytganimni qilmaysan. Mana, qilgan duoying egasiga borib qaytib keldi», dedilar.
— Rostdan-a?
— Ha-da!.. «Qaysi gapingizni bajarmadim, dada», desam:
— Bolam, nasiyaga duo qilmagin, degandim-ku, — deydilar-a.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.