OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Inomjon Abdiyev. Chista o‘zbekcha gaplash...sak (hajviya)

O‘rtoqlarga otkrevenniy xat

Do‘stlar, danniy mament rodnoy tilimizga davlat statusi berilgan ukaz chiqqaniga yigirma ikki yildan oshdi. Bu katta srok. Shuncha yil bo‘libdi-yu, fakticheski hali ham tilimizga raznob-razniy so‘zlarni aralashtirib gapirib, porot bo‘layapmiz. Katta bratanlar ham, molodoylar ham chista o‘zbek tilida gaplashmayapti. Inostranslar bu turishda ustimizdan tugul, yonboshimizdan ham kulib tashlaydi. Axir bu pozor-ku. Birgina misol, qo‘shiqchi zvezdalarimizni olaylik. O‘zbekcha kuylaydi, lekin o‘zbekchani bilmaydi. Na vsyaki sluchi, hoy barakatopgur to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganib qo‘y, deydigan odam yo‘q. Otvetsvennost sust. Vot problema gde? Bu ketishda dedushka, babushkalarimizning so‘zlarini polniy unutib yuboramiz, shekilli. E, bo‘lmagan gap, mazgini qotirma deyayapsizmi?
Vot, naprimer, sizlarga o‘zim guvoh bo‘lgan bir ikkita-svejiy voqeani aytib beray. Yaqinda bir to‘da druglarim bilan stadionga futbol ko‘rgani tushdik. Biz balet qiladigan komanda birinchi taymda normalniy o‘ynab turuvdi. Ikkinchi taymda suluchayno duxiga o‘tirsa bo‘ladimi?! Srazi 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Deystvitelniy bemalol yutsa bo‘lardi. Aksiga olib futbolistlar sudya bilan protiv bo‘lib qolishdi. Natijada bir o‘yinchimiz krasniy kartochka olib maydondan quvildi. Nervim chiqib ketdi. Bir payt qarsam yonimdagilar ruschasiga Pedya (sudyaning ismi shunaqa bo‘lsa kerak) men birinchiman deb baqirayapti. Shu yerda ham haqiqat yo‘q deb xunobim oshdi. E’tibor bersam, ular refereni arazladi deb o‘ylashgan chog‘i, avval uning ismini aytib, keyin araz, araz deb baqirishayotgan ekan. Ne mojet b?t deya quloqlarimga ishonmadim. Bo‘larkan-ku, yomon gapni ham shunday ifodalasa, malades deya yonimdagi kishining yelkasiga qoqib qo‘ydim. Notanish kishi menga olayib, «Chort poberi, durak, sudyani so‘kyapmiz-ku?», desa bo‘ladimi. Keyin bilsam, bolelshiklar baralla so‘kinayotgan ekan. Yer, yo‘g‘e, stadion yorilmadi kirib ketsam. Rosa uyaldim. Kontso kontsov yutqazganimiz undan badtar alam qildi.
Shundoq, domimizni yonida shkola bor. Ishga ketayotib, bir to‘da molodoylarning bir-biri bilan urushayotganini ko‘rib qoldim. Borib ularni ajratmoqchi bo‘lsam, razborga aralashma deb baqirishdi. Mushtday xuliganlarning priznavat qilmagani mayli, nuqul allaqanday men tushunmaydigan so‘zlar bilan so‘kinib, mening o‘zimga naezd qilib ketishdi. Ichimda pojar boshlanganday bo‘ldi. Grajdanlar, neujilli, sof o‘zbekcha gapirishning iloji bo‘lmasa? 
Karochchi, gapni aylantirmay, srazi aytib qo‘yay, xullas bu holatlardan vobshe nedavolenman. Bu problemani reshat qilmasak bo‘lmaydi. Pomoemu, dastavval problema detsadami, maktabdami, yoki o‘zimizdami, buni tochno aniqlash zarur. Ana undan keyin unga srochno chek qo‘ysa bo‘ladi. 
Bundan tashqari birinchi ocheredda davayti, bugundan chisto o‘zbekcha gapirishni boshlaylik. Spor o‘ynayman, nevozmojniy narsaning o‘zi yo‘q, harakat qilsak eplaymiz. Tak chto, xotya b? haftaning konkretniy bir kunida zarubejniy aralashtirmasdan gaplashsak, otvechayu, maqsadimizga erisha olamiz. Naprimer sredami, chetvergmi, farqi yo‘q. Barchamiz uchun udobni kunni tanlasak bo‘ldi. Pojaluysta, o‘sha kuni oilada bolalar bilan, ishxonada sotrudniklar bilan chista o‘zbekcha muloqotda bo‘lamiz. Kelishdik-a. Poka shu gaplar. Dalshe yana o‘ylashib ko‘ramiz. 

Aralash Quralashovning pismosini 
Inomjon Abdiyev oqqa ko‘chirdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.