OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Muhammad Salom. Muhoraba (hikoya)

Katta xo‘jalik daftari hamda A shaklidagi o‘lchagich — hachcha ko‘targan Hamroev bir necha kishini ergashtirgancha, Xolmurodlarning uyi yoniga, o‘ng yonidagi sayxonlikka kelib to‘xtadi. Atrofga qarab olib, Sayfi muallimga nimalardir degan edi, muallim yayrab kuldi. Darcha-eshik biqinidagi chorioyada gazeta o‘qib o‘tirgan Xolmurod ularga ko‘zi tushib, ajablandi, bu deyarli tashlandiq yerda ular nima qilib yurishibdi? Nahotki, yangi qo‘shni orttiradi? Yoki boshqa biror ish rejalashtirilganmi? Unda yaqindan boshlab tomorqa harakatiga kirishgan Yandani daroz bilan uning otasi Sayfi muallim nega yer o‘lchovchi atrofida parvona. Har qalay, kolxoz yer o‘lchovchisi bekordan bekorga xo‘jalik daftari qo‘ltiqlab kelmas. 
Aslida Xolmurod qo‘shniga ehtiyoj sezmas, to‘g‘rirog‘i, buni istamas edi. Uning uchun bir yoq tomoni ochiq turgani — kolxozning harob bog‘idan o‘t-o‘lan, xas-xashak yig‘ib, mol boqishi har jihatdan qulay. O’zining taxminicha ham kolxoz hech qachon, hech kimga bu tarafdan tomorqa taklif etmasligi kerak. Negaki, keyingi yetti-sakkiz yildan buyon faqat bosh rejaga kirgan yerlardangina odamlarga tomorqa tegyapti. Bu joylar esa istiqbolsiz — atigi yarim chaqirim naridan o‘tadigan na gaz, na vodoprovod quvurlari aqalli qiyo boqadi... 
Xolmurod shunaqa xayollarga borardi-yu, ammo o‘zining ham rejasi yo‘q emas edi. Hademay, bolalari voyaga yetadi, ularni uylantiradi — oila kengayadi. Demak, yangi hovliga ehtiyoj tug‘iladi. Bosh rejadan yer olish shart emas. Qulayliklari bo‘lmasa bo‘lmasin. Bolalari o‘z yonida, shundoqqina bag‘rida yayrab yurganiga nima yetsin. Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o‘pka afzal emasmi?.. 
Xuddi shunaqa fikrlar boshqa qo‘shniilar mislida ham aylanishardi, albatta. Lekin kolxozdan yer undirish osonmikan? Qancha-qancha yangi, navqiron onlalar navbat kutishyapti. Undaylar yil sayin emas, oy sayin ko‘payib boryapti. Yoki Sayfi muallim yangi raisni avradimikan?
Bu o‘ydan ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushgan Xolmurod shart o‘rnidan turdi-da, eshikdan naryoqqa o‘tdi, dilida kechganlarni sezdirmay, ohista odimlab, to‘plangan kishilar yoniga bordi. 
— Salom berdik, — dedi u ovozi sal titrab, Hamroevga ajabsinnb qaragancha. 
— Sizga hamsoya bo‘lyapmiz, aka, — dedi darhol quvonchini yashirolmay Yandash. 
— Yer-joyli bo‘lish yaxshi, tabriklaymiz, — deb qo‘ydi-yu, Xolmurod Sayfi muallimga ko‘z tashladi. Muallim qaddini g‘olibona ko‘tarib, mag‘rur turardi. Hamroev esa hech narsaga dahli yo‘qday beparvo, xo‘jalik daftarini xachchaga tiragancha, shoshilmay bir nimalar belgilar edi. Xolmurod o‘z hayrihohligini bildirgisi kelib, qo‘shib qo‘ydi: — Hovli olma, qo‘shni ol, deganlar. Modomiki kimdir hamsoya bo‘lishi shart ekan, sen bo‘lganing menga ma’qul. 
Chindan ham Yandash daroz begona emas — qarindoshlardan ahil, qoshu ko‘zday yaqin qo‘shni — bitta hovli narida yashaydigan Sayfi muallimning to‘rtinchi o‘g‘li. Kolxozda elektr payvandchi. Kamgap, yuvosh yigit. Agar o‘ziga kolsa, tomorqa tugul ko‘xlikkina xotini Oyhochga ham erisholmasdi. Hammasiga otasi balogardon. Avvalgi uch o‘g‘ilni tomorqali, uyli-joyli qilgan ham muallimning o‘zi. O’g‘illarning arizasi idoralarda anchagina chang bosib yotadi, hech kim qiyo boqmaydi. Gohida ochiqdan-ochiq rad javobi beriladi. Shunda Sayfi muallim nishonlarini ko‘ksiga qatorlashtirib qadab chiqadi-da, martabali tashkilotlarga tanda qo‘yadi. 
— Vatan uchun jon berib, jon olganmiz, fashistlarni qirganmiz. 
— Bilamiz, muallim, xizmatingiz bor. Buni hamisha qadrlaymiz. 
— Yo‘q, qadrimga yetmayaptilar. Hatto bir qaricha yerniyam darig‘ tutyaptilar. 
— O’zi yer masalasi rayon bo‘yicha og‘ir savdo. Oilalar ko‘payyapti, paxtayam ko‘payyapti, yer bo‘lsa... 
— Unda nima qilay? Bolalarni hovlidan quvib chiqaraymi?
— Hm... Aytamiz, muallim, yordam qilishadi. 
Ko‘p o‘tmay, o‘g‘illaridan bittasi yangi tomorqada imoratga poydevor tashlaydi. O’g‘illar bunaqa ishlarning hadisini olgan. Hammalari quloq qoqmay bir yoqadan bosh chiqarishadi. Qo‘shnilar ham qarab turishmaydi. Xash-pash deguncha xashar yo‘li bilan imoratning tomi yopiladi. Birov havas qiladi, birov hasad. Xolmurod esa asosan xayrihoh . Faqat bu safar bir oz og‘rindi. 
Lekin dilidagini tiliga chiqarolmadi. Eng muhimi, ko‘shnisi yomon yigit emas — ko‘z o‘ngida voyaga yetgan. Oralaridan qora mushuk o‘tmasa yedi. Odamning o‘ziga ham ko‘p narsa bog‘liq, iloji boricha g‘alva chiqadigan so‘qmoqlardan yurilmasa, hammasi joyida kechadi. Bu borada Xolmurod uzoqni ko‘radigan, ancha-muncha puxta odam. Hozir ham unga o‘shanaqa nozikrok so‘qmoq borday tuyuldi-yu, xachcha tortishga shaylanayotgan yer o‘lchogvchiga iltimos qildi:
— O’rtoq Hamroev, biz tarafga bir xachcha tashlab o‘tsangiz. 
— Bir xachcha? Nima uchun?
— Qarang!.. — Xolmurod o‘zining ellik qadamcha masofaga cho‘zilgan past-baland imorati sari bosh irg‘adi. To‘planganlar hech nimaga tushunolmadilar, uyning ikkita xonasi, ayvon, oshxona, tandirxona, og‘ilxona shu tarafda tiklangan. 
— Tolor ko‘tarasizmi? — Hamroev quv kulimsiradi. — Mumkin emasda, yeringiz yetarli. 
— Sezmadingiz chog‘i, — dedi-yu, Xolmurod tushuntirishga kirishdi. — Biz imorat qurishda shu yog‘imizda hamsoya bo‘lishini o‘ylamagan ekanmiz. Ikkita xonamizning oynasi shu yoqqa qaragan, shu yoqdan oftob tushadi. 
— E, avvalroq shunday demaysizmi, malim! — deya Hamroev bir xachcha emas-u, ikki qadamcha yer tashlab, Yandash darozga tomonga o‘lchay ketdi. Bu ish yangi qo‘shnida e’tiroz tug‘dirmadi, aksincha, uni mamnun etgandey tuyuldi. 
Ertasigayoq binoga poydevor ko‘tarishga tushdilar. Ozroq vaqt O’tar-o‘tmas, imorat chala suvoqdan chiqdi. Xashar kuni Xolmurod bilan xotini Nurinisa to‘lib-tolib, ko‘makka o‘tdilar. Xuddi bir oila a’zolariday apoq-chapoq. Ayniqsa, hovli to‘yi chinakam bayramga aylandi... 
Ular necha oy qo‘shnilar bir-birlari bilan quyuq iltifotda bo‘ldilar. O’rtada hamsoya tovoq yurdi. Nuripisa tansiqroq biror taom pishirsa, ayvon eshigidan bo‘y ko‘rsatib:
— Oyhol, hu, Oyhol, buni oling, — deya tovoq yoki kosa uzatadi. 
Yandashning xotini Oyhol ham goho qo‘shnidan andaza oladi. 
Shu tariqa ular orasidagi ahillig tobora kuchayib, go‘yo mustahkam qoyaga aylanib bordi. 
Biroq, kunlarning birida bitta maslahatsiz ish, o‘ylanmay bosilgan qadam tufayli ahillik koyasiga avval darz ketdi, keyin parchalandi — ikkala taraf ham kutmagan vaziyatdan jiddiy mashmasha bo‘ldi. Imkoniyatlari kariyb teng edi. Shuniig uchun ham jumboqni biryoqlik qilish iloji tezda topilavermadi. Muhorabaga yangi kuchlar qo‘shilib, hiyla keskin tus oldi. Oqibatda, urushlarda kuzatilgani kabi bunda ham ayrim talafotlaru qurbonlar berildi... 
Bir kuni Xolmurod ishidan horib qaytdi. Xotiniga achchiq choy buyurib, o‘zi ayvondagi chorpoyaga yoyilgan ko‘rpachaga yonboshladi. Devor ortidan eshitilayotgan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar qulog‘iga chalindi. Erinchoqlik bilan burilib, ochiq eshikchadan qo‘shni hovliga nazar soldi. Sal narida Yandosh darov yo‘g‘on bolarga minib olgancha ro‘parasidagi poytesha tutgan yigitga allanpmalarni tushuntiryapti. Orga o‘girgan usta indamay bosh silkiyapti. Atrofda mayda-chuyda yog‘ochlar, payraxalar... Xolmurod taajjublanmadi. Aftidan, charchoq holat vaziyatni chamalatnga imkon bermadi. Shu payt choynak ko‘tarib, xotini kirdi. 
— Yandash yana biror nima qurmoqchimi deyman, Nuri? — Choynakni yoniga tortib. xotinidan so‘radi u. 
— Peshayvon qilisharmish. — Beparvo javob qaytardi Nurinisa. 
— Peshayvon?.. Qaerdan? Narigi botidanmi?
— Yo‘q, shu yoqdan. 
— Shuyog‘ing qayoq?
— Biz yoqdan-da. O’rtada manavi eshik kirib-chiqish uchun qolarkan. 
— Ii... qiziq!.. — Xolmurod irgib turib, eshikdan egilgancha narigi hovliga mo‘raladi. Shundoqqina pastda, devor tagida tarashlangan uzun, yo‘gon yogoch — sinch cho‘zilib yotardi. U xotiniga shaxt o‘girildi. — Peshayvon nimaligini bilasanmi o‘zing?
— Bilmay o‘libmanmi, dadasi. Mana shu o‘zimnznikiga o‘xshaydigan bo‘ladi. 
— Keyin-chi? — deb so‘radi-yu, javobini kutmay yana oshig‘ich savol berdi. — Sen indamaygina rozilik berdingmi?
— Mendan maslahat so‘rashibdimi? O’zim so‘rovdim, aytishdi. 
— Indamadingmi axir?!
— Qurilish ularniki, hovliyam o‘zlariniki, nima derdim?
— Miyaning ishlaydimi o‘zi! — dedi-yu, Xolmurod quyilgan choyni ham ichmasdan eshikcha orqali o‘tib, Yandash darozga yaqinlashdi. — Hormanglar. 
— Bor bo‘ling, — deya Yandaga minib o‘tirgan yog‘ochidan ko‘tarilib, Xolmurod bilan ko‘rishdi. — O’zingiz hormang aka. 
— Rahmat... Nima qilyapsizlar?
— Shu... kichkina bir qurilishcha... — Yandaga shohini chetga burdi. 
— Peshayvonmi?
— Hmm... shunaqaroq... Shunaqa maslahat chiquvdi. 
— Maslahat? Kimdan?
— Ha, endi, kerak ekan... 
— Sinchni bizni devor tagiga tiqishtiribsizlarmi?
— Shunaqa bo‘lib qoldi, aka. 
— Buni boshda kelishuvdik-ku, Yandagaboy. 
— Hech nimani kelishganimiz yo‘q. 
— Iy-ye, bu qanaqasi bo‘ldi! — dedi-yu, Xolmurod boshiga bir nimalar o‘rmalab chiqqanday tuyuldi. — Axir zemlomer ikki qadam tashlab ketgani esingdan chikdimi?
— Menga hech kim bunaqa gap aytgani yo‘q. Devorizdan buyog‘i meniki — o‘zim xo‘jayin, naryog‘i sizniki — siz xo‘jayin. 
Xolmurod ko‘zlariga inonmay, tushimmi, o‘ngimmi, deganday angrayib qoldi. Nayiki o‘tna odamovi, yuvosh Yandash darozdan shunday gaplar chiqsa?! Balki unga o‘rgatgandirlar... 
Shu tobda u Sayfi muallimni ko‘rgisi, bu bola bilan adi-badi aytishib o‘tirmay, dardiii o‘shanga yorgisi keldi. Atrofga najotli boqdi. Biroq kunda-shunda ivirsib yuradigan odamning qorasi ko‘rinmasdi. 
— Otang qani? — G’azabini arang bosib so‘radi u. — Men otang bilan gaplashaman. 
— Gaplashavering. Baribir hech nima o‘zgarmaydi. 
— O-ho, shashting juda baland-ku!.. — Xolmurod kulishga urindi, eplolmadn, labi qiyshaydi, xolos. Keyin ustaga yuzlandi. — Siz ishni to‘xtatib turing. 
Usta yelka qisdi, iljaydi, keyin Yandash sari qosh uchirdi. Bu Xolmurodga og‘ir botdi. Usta uni ermak qilganday tuyuldi. 
— Kulmang, usta G’affor. Darhol ishni to‘xtating. 
— Nega to‘xtatarkan?. — dedi Yandash ko‘zlari olayib. — To‘xtatmaydi. Meni ustamga ishiga siz buyruq berasiz?
— Uv, Yandash — dedi Xolmurod birdan qizishib. — Xato qilsang, ustang tugul o‘zinggayam buyruq beraman. 
— Katta ketmang, — dedi Yandash iyagni silkib. — Buyrug‘iz bizga o‘tmaydi. Hu ana, xotinizga, bolalarizga buyruq qilnng. 
Shundan so‘ng Xolmurod o‘ylamasdan gapirib, xatoga yo‘l qo‘yganini, yigitning hamiyatiga tekkanini sezdi. Ha, jahlga erk beribdi, og‘zidan so‘zlar bexosdan otilib chiqibdi. Aytilgan so‘z— suvga otilgan qarmoq emaski, joyiga tushmasa, qaytadan mo‘ljalga otsang. To‘g‘ri, uzr so‘ragashi, boshqacha muomala qilishing ham mumkin. Lekin bunga oriyat, manmanlik yo‘l bermaydi. Manmanlik allaqachon yelkaga chiqib, jilovni qo‘lga oldi. Rost, kelib-kelib, Yandash darozday mishiqi, kechapsha Xolmurodning o‘zi qulotini burab yurgan boladan kechirim so‘rasinmi?! O’sha paytlarda erkalatib, «osmonga otgan», kezi kelganda yuziga shapaloq ham tortgan. Endi-chi?.. 
— Ushaydigan bo‘lsa, mayli, o‘tmasin, — dedi nihoyat Xolmurod gaashtidai bir oz tushib. — Borib, zemlemerni boshlab kel, ajrim qilsin. 
— Zemlemer menga xo‘jayin emas, qerak bo‘lsa, o‘zingiz olib kelavering:
— Juda haddingdan oshipsan, Yandash. Ishni to‘xtatmasang, sigach-pinchingni uloqtirib tashlayman... 
— Ko‘ramiz, qani, qo‘lingni tegiz-chi, urib sindiraman! — deya qo‘rqandan xezlandi Yandash. 
Xolmurod esankirab qoldi. Unga bir yo‘la uch zarba tekkan edi. Avvalo, hali kichkina fahmlab, nazari ilmay yurgan bola kutilmaganda ko‘zlarini chaqchaytirib, tahdid soldi, obro‘sini «tepkilab», uni sensiradi. Keyin... eng yomoni... haqoratli shart qo‘ydi. Bunga qanday chiday-di? Nima qilsam? Daroznn g‘ippa bo‘g‘ib, yuziga ustma-ust shapaloq tortsinmi gash yiqitib olib, alami bosilguncha rosa tepkilasinmi? Kuchi yetadi. Jahlga minganida uni hech kim uddalolmagan paytlar bo‘lgan. Lekin keyin rosa xijolat chekkan. Mana, hozir ham jahl butun vujudini zirillatiyu, tomirlaridan kuch bo‘lib oqyalti. Faqat jilovini qo‘yib yuborsa bas... 
— Qo‘ying, dadasi, shunga tenglashasizmi? Eshikdan sekin chiqib kelayotgan, rangi xiyol oqaribqiragan Nurinisaning shu so‘zlari jahlni hurkitdi — mutat tugilayotgan barmoqlar yana yoyildi. Amaliy harakat o‘rnini so‘zlar egalladi:
— Chegaradan bir qarich surilchi, butingni yirtib, devorga yopaman!
— Hoo... yana nimalar qilasan? — Yandash noipsatlik bilan tirjaydi. Keyin nimanidir izlaganday atrofga alangladi. Hovlining narigi boshida Oyhol bolasini emizib, ammo shu tarafdan ko‘z uzmay, diltang o‘tiribdi. Ustaning esa ko‘zlarn kichrayib, xotirjam kulimsiragan. Mojaroga qiziqsinib, olisroqdan mo‘ralagan qo‘shnilar... 
— Yana nima qilinshmni o‘shanda ko‘rasan. Lekin unda kech bo‘ladi. 
— Bor, qo‘lingdan kelsa, ustimdan somonni tashlab yubor!
— Hay, og‘zingga qarab gapir, Yandash darov! — dedi Nurinisa shang‘illagancha, qo‘lini paxsa qilib. — Sendan o‘n-o‘nbeshta ortiq kuylak yirtgan odamga shunqa muomala qilasanmi?
Oyhol ham bolasini surib, shart o‘rnidan turdi-da, ular tomon chopqilladi. Orqasidan kichkintoyi chinqirib yig‘lagancha, onasiga talpinib qoldi. 
— O’ziz og‘zizga qarab gapiring, Nuri yanga, — deya bidilladi Oyhol. — Meni erimni shaniga daroz deb, mazaq qilasiz?
— Ibi, darozdi daroz, kaltani kalta, deydilar-da, sen nega lovullaysan?
— Sizga tili tegmagan odamni mazaq qilsangiz, indamay o‘tiraymi? Nima, daroz bo‘lib, kechasi devorrizdan oshib tushdimi?
— Bir oshib tushsin-chi, bo‘ynini oshpichoq bilan chopaman!.. 
Kimdir piq etib kuldi. Xolmurod ham, Yandash ham o‘sha yoqqa alanglashdi — kulganni ilg‘asholmadi. Bolakaylar, ayollar — talay tomoshatalablar voqeaning borishini qiziqish hamda sabrsizlik bilan kuzatardilar. Xolmurod kuzarganqiradi — mashmashani tezroq bartaraf etib, bu yerdan qorasini o‘chirgisi keldi. Buning iloji hozircha faqat bitta — yon berish, taslim bo‘lish. U taqdirda ikkita xonada kunduzi ham chiroq yoqib o‘tiriladi, toza havo nasiyaga ham topilmaydi. Keyin... axir, g‘urur toptaladi. G’urur-a?!
— Qo‘yinglar, urishmanglar, bir parcha yer kimdan qolmaydi, — dedi usta jur’atsiz. Uning so‘zi Yandashga yon bosganday tuyuldi-yu, Xolmurodga nayzaday sanchildi. Shu sabab ustani u bir hamla bilan «jang»dan chiqarish istagida:
— Usta G’affor, siz bu ishga tumshuq tiqmang, — dedi qat’iy. — o‘zi qilday ilg‘anib turibsiz, bir puflasa, uchib ketasiz!
— Nimaga unaday deysiz, aka? — usta G’affor xadiksirab, ko‘zlarini pirpiratida. 
— Beruxsat karmonga ishlayotganingizni kim bilmaydi?
— Qa-qanaqa ruxsat?.. Biz bir zakaz bajaruvchi... Sizga yomonlik... 
— Yana shu desang, g‘ashing chatoqlashadi. Yaxshilikcha, imi-jimida tuyog‘ingni shiqillat! — dedi Xolmurod jahl aralash. Usta qo‘rqa-pusa narirok jildi. Biroq allaqayoqdan paydo bo‘lgan Sayfi muallim «urush» muvozanatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
— Ustani haydashga hech kimning haqqi yo‘q. Men ruxsat berganman. Uni men ishlatyapman. 
Muallimning vajohatiga, yonib turgan ko‘zlariga qarab, Xolmurod so‘nggi ilinjidan ham ayrilganini tushungadi. Shu bilan birga endi kurash avjga chiqishini ham his etdi-yu:
— Siz? — deya ko‘zlarini yarim qisib, Sayfi muallimni kalaka qilgan kabi iljaydi. — Sizda shunaqa katta huquq, zo‘r vakolat bor ekan, bilmay yugrganimizni qarang. 
— Sen ham frontga borib, qon to‘k, jon ol, azob tort. Keyin sayraysan-vakolatli bo‘lasan. Biz tufayli yayrab yurganingni unutma, bola. 
— Yolg‘iz siz front ko‘rgansiz, faqat sizdagina nishon bor. — Bir oz chekinib, to‘ng‘illadi Xolmurod. — Xo‘p, yaxshi, shunday ham deylik — sizda shunaqa huquq ham bo‘laqolsin. Ammo ustangizni Yandashnikida emas, o‘z hovlingizda o‘zingiz ishlating. Bizga halal bermang. 
— Yandash degani - men degani, Yandashning yeri degani.
— Mening yerim degani. Ustani ham ham hohlasam o‘z uyimda, hohlasam o‘g‘limnikida ishlataman. 
— Unda men ham otamni yetaklab kelsam bo‘larkan, — dedi Nurinisa soddadillik bilan. — Nishonlari siznikidan ko‘proq. Zora shu iiki qadamga naflari tegsa. Otamiz bizga yer olib berish uchun nemis bilan urushgan bo‘lsalar, shuni aytib bersinlar. 
Bu soddagina, beozor aytilgan gap urush paytida otilgan zambarak misol ta’sir etdi. Sayfi muallim bir soniya dovdirab qoldi. Nurinisannng otasi Mardon muallimni yaxshi biladi. O’zi bosiq, muloyim, suhbati shirin odam. Lekin jig‘iga tegsa, zambarakka aylanadi, yopishgan yerini o‘piradi... Urush qoldirgan jarohatlar, ayniqsa, kontuziya bot-bot qo‘zg‘ab, hamon unga azob beradi. Biroq buni ham, kechmishlarini ham doston qilib yurmaydi. Hatto ikkita «Shuhrat» ordeni borligini ko‘pchilik bilmaydi. Shunday odam qizining o‘rtasiga tushib, mashmashaga aralasharmikan? Aralashsa-chi? Baribir Sayfi haq... 
— Hovlimizning ichidagi yerga Mardonning nima dahli bor? — deydi nihoyat bir muncha so‘niq ohangda Sayfi muallim. — Yo‘lini hech kim poylagani yo‘q, imtiyozlardan foydalansin. Ana, o‘g‘illari cho‘llarda sarson bo‘lib yuripti. Mayli, sizlargayam qo‘shimcha yer olib bersin. 
— Bizga boshqa yer kerak emas! — Xolmurod uning so‘zini keskin qayirib tashlab, tashabbusni qo‘lga oldi. 
— Shu ikki qadamni kelishuvdik, Hamroev qoldirib ketdi. Endi nega ayniysizlar? Odamda lafz bo‘lishi kerak-da. 
— Hamraev bilan men emas, sen kelishgansan. 
— O’sha paytda nega shu dardingizni aytmadingiz? Mum tishlab yer olganingizdan quvonib o‘tirigansiz. 
— O’shanda kimning esiga kelibdi, — dedi Sayfi muallim istar-istamay. — Endi o‘ylab qarasam, birovning hovlisida boshqaning yeri bo‘lishi aklga sig‘mas ekan. 
— Axir, u yerdan men zarracha foytdalanmayman-ku. Yorug‘lik, toza havo deb... 
— E, hadeb yorug‘lik, toza havo deyaverib, boshni qotiraverasanmi? — dedi Yandash birdan yuzdek kekkayib. 
— Men baribir peshayvon quraman, ko‘cha tarafga kichkiia eshikcha qo‘yaman. 
— Eshikcha? Endi eshicha qayoqdan chiqdi? Ana, kattakon darvozang borku?
— Darvoza o‘z yo‘liga, elgak o‘z yo‘liga, — Sayfi muallim tushuntirmoqchi bo‘ldi. — To‘y-ma’rakalarda xotin-xalaj o‘tadigan eshikcha juda zarur. 
Aha, ana, mojaro chiqargan sabablardan yana bittasi— eshikcha o‘rnatishsa, oraliqning oldini ham, davomini ham egallab olishsayu... Shu eshikchaga yopshmib olishdimi, bas, bu mashmashani osonlikcha bartaraf etish amrimahol. Xolmurod ham o‘laqolsa ularga yon bermaydi. Chunki uning ham hech kimga aytmagan o‘z rejasi bor— ariq bilan imorat o‘rtasidagi uch yarim gazcha masofani garajga mo‘ljallagan. Avvalgi yili o‘sha yerni o‘zi songa kiritgan. Shunday joyni tayyorga ayyor — Yandashga ikki qo‘llab tutqazelimi?
— Tushingizni suvga ayting, muallim, men bu yerga eshikcha o‘rnatishingizga sirayam yo‘l qo‘ymayman. Orqada mening mashinam turadi. 
— Mashinang turib bo‘pti, — dedi Yandash xotirjam turdida, — Mashinangni bir qo‘yib ko‘rchi, pachog‘ini chiqarmaymanmi. 
— O’rtada qon to‘kilar ekan-da, — deya Xolmurod kuluga oldi. 
— Qon?! — Sayfi muallimning yuziu ko‘zlariga chindan ham birdan qon tepdiyu, Xolmurodning ustiga bostirib keldi. — Men nemislarni qonini to‘kkanman. Qani, zo‘ravon, kuchini ko‘rsat, meni qonimni to‘k!
— E, o, — dedi-yu, Xolmurod ikki qadam tisarildi. 
Sayfi muallim yana bo‘ynini cho‘zib, bostirib kelaverdi. Yandash daroz o‘zini shaylab, ularga yaqinlashdi. Nurinisa kurk tovuqday hurpayib, o‘rtaga otildi. Oyhol titrab-qaqshab, arining qo‘liga yopishdi. Ayni shu tobda Sayfi muallim to‘satdan chekingan kabi ortiga burildi-yu, darvoza sari yurdi:
— Endi mendan ko‘rasan, boradigan joyimga boraman. Tanobingni torttiraman. 
— Tezroq boring, biryoqlik qilishsin. 
— Unda senga yomon bo‘ladi. 
Xolmurod indamadi. Ammo, baribir, ko‘ngliga g‘ulgula o‘rlab, tinchini yo‘qotdi. U mojaro kengayib borayotganidan, shapaloqday yerni deb, qo‘shnisi bnlan olishib yurgani uchuq va og‘ziga tushayotganidan xijolat chekar yon berishni esa o‘ylab ham ko‘rmas edi. Nazarida, qushnilar salmogi tarozi pallasini raqib tomonga ag‘daradiganday tuyulardi. Shuni o‘ylab, har ehtimolga qarshi qaynatasining oldidan ham o‘tib qo‘ydi. Mojaro Mardon muallimning qulog‘iga chalingan ekan, yana eshitib, shunchaki jilmaygancha: «U telba haddidan oshyapti», deb qo‘ya qoldi... 
Nihoyat, Sayfi muallimning nishonlariii taqqancha, bot-bot rayonga qatnashlari ish ko‘rsatdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, rayon ijroiya komitetining raisi boshchiligidagi komissiya belgilangan soatda Xolmurodlarnikiga tashrif buyurdi. Har ikki tomonning vakillari — «urush qatnashchilari», — ikki tarafda to‘planib, g‘alaba yo mag‘lubiyat, urush yohud yarash qayoqqa og‘ishini taxminlagancha saf tortishgan edi. 
Atrof-tevarakni ko‘zdan kechirishgach, ijroko‘m raisi mashmasha sababchisi bo‘lmish oraliqda to‘xtadi-da, Xolmurodga ta’na qildi:
— Shu arzimaydigan yer uchun sizday boobro‘ odam janjal chiqarishi uyat-ku!
— Uyatlikka uyat... — dedi Xolmurod bir lov etgach, o‘zini bosib. — Lekin bular ahdni buzdilar. Endi hech nimani tushinishni istamayaptilar — shu bir narcha yer uchun meni qonimga tashna qilshidi. 
— Ana, ko‘rdingizmi, o‘rtoq Hakimov! — Sayfi muallim quvongan kabi birdan jonlandi. — Mana, fashistlar bilan kurashgan kishini bu mushtumzur tomog‘imdan bo‘g‘di, qonimii to‘kmoqchi bo‘ldi. 
Xolmurod tanglayi quruqshab, adashib koldi. Yandashning ko‘zlari chaqnadi. Oyhol og‘zini yarim ochgancha qaynatasiga hayratomuz tikildi. Nurinisa qo‘rqqan kabi bezovtalanib, otasiga qaradi. Mardon muallim yarim jilmaygan ko‘yzi, bir-bir bosib, Sayfi muallimga yaqinlashdi. 
— Sen fashistlar bilan ham xuddi shunaqa olishganmisan? — dedi u kinoyasini oshkora bayon etib. — Qiziq, o‘shandayam biror iz qolmagan, mana, xozir ham bo‘yning yoki boshqa yeringda barmoq o‘rni qolmapti. O’q tegmas, musht o‘tmas pahlavon bo‘l-e!.. 
Bir necha kishi beixtiyor kulib yubordi. Ijroko‘m raisi o‘zini zo‘rg‘a bosib, chetga qaradi. 
— Bunga sening ishing bo‘lmasin! — dedi Sayfi muallim qizarinqirab. 
— Ikkinchi darajali gaplarni qo‘yinglar, — deya Hakimov ikkala qo‘lini havolantirib, yana tushirdi. So‘ng bir chekkada ko‘zga tashlanmay, bo‘ynini qisib turgan Hamroevga yuzlandi- — Xo‘sh, sen nega o‘zboshimchalik qilding?
— Men... men... — Kalovlandi Hamroev. — Av... avvalgi raisni aytganini bajardim... Yer o‘lchab bering, devdi… 
— Bu ikki qadamni-chi? Sen tashlab ketdingmi axir?
— Yo‘-o‘q... Ular... o‘zlari... 
— A? — Xolmurodning ko‘zlari kosasidan chiqquday kattarib ketdi. — Bu qanaqasi bo‘ldi, zemlomer? Men uyga yorug‘lik tushmasligini aytdim, o‘sha paytda tushundingiz...
— Bu gapni o‘zing o‘ylab chiqargansan, — dedi Sayfi muallim ovozini ancha ko‘tarib. — Bizni hokliga ko‘z olaytirding. 
— Qo‘ying! Men sizdan batamom qaytdim. Qo‘limni yuvib, qo‘ltig‘imga urdim! — Xolmurod qo‘l siltadi. So‘ng Hakimovga umidvor boqib ma’yus ohangda so‘zida davom etdi. — Mayli, bu odamning nazarida birovning yerigz ko‘z olaytiray, mayli, yolg‘oichiga chiqay... 
— Bor gap shu-da! — bo‘sh kelmadi Sayfi muallim. 
— Siv jim o‘tiring, sizga endi mening gapim yo‘q! — dedi Xolmurod. Keyin yana komissiya a’zolari tomon o‘girildi. — Mana, ko‘rib turibsizlar, haqiqiy ahvolni to‘g‘ri baholab beringlar, voh demayman. 
— Derazani shu yoqqa qaratganingnzni o‘zi yaxshi bo‘lmagan, — dedi mujmal ohangda Hakimov. 
— Bu imoratni o‘n nkki yil avval qurganman! — dedi jazavalanib Xolmurod. — O’shanda Yandashvoy menga hamsoya bo‘lishini, ota-bola boshimga shunchalar g‘alvalar solishlarini tush ko‘ribmanmi... 
— Muddaoga o‘ting. 
— Mana, ko‘rib turibsizlar, sinch yotqizgan, devor ko‘tarmoqchi. Uyimni zulmatga aylantirib, toza havodan benasib qilmoqchi. 
— Hm... da... — Ijroko‘m raisi iyagini tutib, imoratga sinchiklab qaradi. — Hm... darhaqiqat, yomon bo‘larkan... 
— Sizdan bitta iltimos, o‘rtoq Hakimov. 
— Xo‘sh? — Ijroko‘m raisi Xolmurodga ko‘ngilchan nigoh tashladi. 
— Chindan ham hech nimaga arzimaydigan shu ish uchun shunchalar g‘alva chiqargai qo‘shni bilan ahil yashashga ko‘zim yetmay qoddi. O’zimgayam, bolalarimgayam sog‘liq kerak. 
— Nima demoqchisiz? — dedi shu paytgacha go‘yo tomoshabindek turgan kolxoz raisi. 
— Menga o‘sha bosh rejadan yer beringlar. imoratimni buzib, o‘sha yoqqa ko‘chiraman. Mayli, men zarar ko‘ray, bular istagancha yayrab, yashayversinlar. 
Ijroko‘m raisi hushyor tortdi. Kolxoz raysiga ma’nodor qarab qo‘ydi-da, Yandash sari burilib, beozor ohangda dedi:
— Kani, menga kolxoz pravleniesining qarori bilan uy planini keltir. 
Yandash otasiga qaradi. Otasi kolxoz raisiga umidvor bokdi. Rais esa hamon beparvodaydi. 
— Qog‘ozini olganimnz yo‘q, plan ham qilganimiz yo‘q edi, — dedi Sayfi muallim bo‘shashib. 
— Sabab?
— Kishloqchilik... 
— Bu yerlar bosh rejaga kirmaydi, — dedi sovuqqina ohanlda kolxoz raisi. Qaror ham chiqarmagan. 
Hakimov gangib qoldi: sobiq raisning bitta noo‘rin ko‘rsatmasi qancha sarson-sargardonliklar, ko‘ngilsizliklar, oshiqcha mehnatu qancha xarajatlar keltirib chiqargan. Qani endi bir og‘iz gap bilan bir yoqlik qilish oson bo‘lsa?!
— Bo‘lar ish bo‘libdi, — dedi u nihoyat. — Endi orqaga qaytish yo‘q. 
— Ishimiz shundayligicha qoladimi? — Sabrsizlanib so‘radi Xolmurod. 
— Mana shu ikki qadam yerni daxdsiz qoldiramiz. Bunga hech kim egalik qilolmaydi. Buni qaror bilan mustahkamlang, rais bobo! — Hakimov kolxoz raisiga iyak kekdi. Rais ma’qul ma’nosida bosh irg‘adi. 
— Demak, bu yoqda peshayvon ham, eshik ham qurilmaydi, — dedi yana bir bor tasdiqlatib olqish niyatida Xolmurod o‘ktam ohangda. 
— Hohlasa, faqat o‘z imorati chizg‘idan, o‘zi tarafdan qurishi mumkin. 
Xolmurod qoniqish hosil qilib, yengil xo‘rsindi-yu, harifiga razm ooldi. Sayfi muallimning qovog‘i osilgan, kartoshkaga o‘xshash pirik burni atroflaridan ter oqib tushardi. Mardon muallim negadir unga achinib qarab turardi. 
— Xo‘p, endi urishmasdan, ahil yashanglar, — deya ijroko‘m raisi darvoza sari yo‘naldi. Ko‘pchilik unga ergashdi. 
— Men bir narsaga tushunolmadim, — degan Sayfi muallimning o‘kinchli ovozi birdan quloqqa urildi. Hakimov taqqa to‘xtab, orqasiga o‘girildi:
— Ha, muallim, biror anglashilmovchilik bo‘ldimi?
— Bu odamning yuzidan davlat oy ko‘rganmi yoki davlatga o‘tkazib qo‘ygani bormi?
— Masala adolatli hal qilindi, Sayfi tog‘a, — dedi kolxoz raisi bu safar dangalroq. — Sizga nimasi yoqmadi?
— Bu odam ham enidan, ham bo‘yidan yulqigan. Tomorqasiyam oshiq. Nega indamaysizlar?
— Yeringiz qancha oshiq? — Hakimov jahl aralash so‘radi Xolmuroddan. 
— Oshiq emas chog‘i... — dedi rangi surpdak oqarib Xolmurod. — Ha, aytgancha, uyning orqa tarafi ziyod bo‘lishi mumkin. 
— Nega ziyod?
— O’rni eski ariq edi. Bultur tartibga solib, tekislab, daraxt o‘tkazdim, beda ekdim!. 
— Hmm... Hamroev! — Kolxoz raisi endi faollashib, yer ulchovchini imladi. 
Hamroev lo‘killagancha uning yoniga bordi. — Siz hoziroq ishga kirishib, yerlarni o‘lchang. Har qarich yer uchun boshingiz bilan javob berasiz. 
— Xo‘p bo‘ladi! — Hamroev shartta devorga suyab qo‘yilgan xachchani oldi. 
Rahbarlar mashinasiga o‘tirishdi. Xolmurod karaxt qotgan singari o‘rnidan qo‘zg‘almadi. Uning barmoqlari musht tugilgan, vujudi titrar, ammo, bor kuchi bilan o‘zini tutishga urinardi. Uning aftiga ko‘zi tushgan Mardon muallim zahrini hamkasbiga sochdi:
— Shubha qilardim, ikkilanardim. Mana, nishonlarniyam qing‘ir yo‘l bilan olganing aniqqa o‘xshab qoldi. Endi buni tagiga yetmasam men ham qo‘ymayman. 
Sayfi muallimning ongiga bu gap yetib bordimi, yo‘qmi yoki boshqacha tushundimi, har qalay, u bir qalqib to‘xtagancha, Mardon muallimga angrayib karadi-da, yana Hamroevning oldiga tushib, yer o‘lchatiga kirishdi. Har qarich yer, ko‘zdan chetroqdagi har burchak avval uning nigohidan o‘tar, so‘ng Hamroevning xachchasiga tushar, boshqalar esa terga pishgan muallimga jaxolat bilan ilgarilashini tomosha qilishardi. 
Yo‘q, bu antiqa muxorabayu g‘alati tomosha uzoq cho‘zilmadi — yer changitib, oldinda shiddatli qadamlar tashlayotgan Sayfi muallim kattakon bir kesakka qoqilib, bor bo‘yi bilan yiqildi. Shoshilgancha o‘rnidan turishga intildi-yu, o‘zini eplolmay yana cho‘zilib yotaverdi. Yandash bilan Oyhol unga tomon otildilar. Hamroev pinagini buzmasdan, raqamlarni o‘zicha takrorlagancha, xachcha tortishda davom etdi. Mardon muallim lab tishlab, bosh tebratdi-yu, o‘zi ham tebrangancha imorat devoriga behol suyandi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikki hovli naridan ko‘tarilgan uvvos yig‘ini u eshitmadi, insult degan dard uni kuyovining chorpoyasiga «shaxlagan», hatto tildan ham qoldirgan edi... 
Bu muddat talafot oldida ba’zi bir yo‘qotishlar endi hech kimning xayolida kolmas edi.

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.