OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Otabek Yo’ldoshev. Inglizlarga rahmat… (hajviya)

Futbol o’yinini o’ylab topgan inglizlarning aqliga aqliga balli! Ular futbol nahonasida kelajakda talabalarning yozgi imtihonlardan tegirmondan butun chiqqanday o-s-o-n o’tib ketishlarini qanday bilishgan ekana? Kelajakni oldindan bashorat qilgan Nostradamusning ham kelib chiqishi ingliz bo’lsa hecham ajablanmayman.Gap shundaki, 1-kursni tugatarkanmiz, ayni yozgi imtihonlar boshlangan mahalda fakultetda “futbol epidemiyasi” boshlandi.Talabalarning baxtiga Jahon Chempionati o’yinlari kunduz kunlari namoyish etilardi.Domlalarning deyarli hammasi o’ziga yarasha ishqiboz. Imtihon vaqti ham keldi.Talabalar oyog’i kuygan tovuqdek yugurib qoladigan chog’lar. Bunaqa paytlarda it egasini,mushuk bekasini tanimaydi.Auditoriyaga domla kirib keldi. Uning yuzlaridan biroz beparvo kayfiyatda ekanligini bilib olish mushkul emas. U imtihon topshiriqlarini xafsala bilan yozib chiqdi. So’ng stol yaqiniga kelib xorg’in holda stulga cho’kdi-da asta so’z boshladi:

-Hurmatli abiturientlar… yo’g’e  talabalar! Marhamat qilib yozishga kirishinglar.Yozib bo’lganlar daftarni stolim ustiga  tashlab hech kimga xalaqit bermasdan oyoq uchida chiqib ketinglar.Men kafedrada bo’laman.

Domlaning gaplaridan keyin talabalarning yelkasidan tog’ qulaganday yengil nafas olayotganliklari sezilib turibdi. “Shpargalka”siz talabani mevasiz darahtga o’xshatishlari bejiz emas. Talabalarning xaloskoriga aylanadigan ana shu mevalar hech bir to’siqsiz foyda berishi aniq bo’lib qoldi. Aniqki, domla kafedradagi televizorda futbol ko’rmoqchi. Hamma futbol ishqibozi bo’lgan domlaning yaltiroq peshonasidan  o’pib qoyishga tayyor. Qo’shni auditoriyadagi imtihon ham domlaning ishtirokisiz o’tadi shekilli talabalarning yengilgina qarsak chalib qoyishganligi-yu, shodon qiyqiriqlari eshitildi.Ochiq eshikdan hazilkash bir domla boshini suqdiyu:”Ijodni gullatinglar endi”,dedi.

Domla shosha-pisha auditoriyani tark etdi. U chiqib ketishi bilan talabalar uchun javlon uradigan daqiqalar boshlandi. Pishillagan nafas olishlardan boshqa narsani ilg’ash mushkul. Birovga savol bersang “ha-yo’q”dan nariga o’tmaydi. Shu payt kutilmaganda birinchi partada o’tirgan qizning:”Ko’chirma mendan…”,deb baqirgani hammaning hayolini har tomonga parchaladi. Butun auditoriyaning nigohi unga qadaldi-yu qotib qoldik: qizning oldida dekan jilmayib turardi. Ma’lum bo’lishicha, sodda qiz daftariga tushgan dekanning soyasini ko’rib, ko’chirmakash qitmirlardan biri deb o’ylab zahrini sochibdi.Qiz sholg’omday qizarib ketdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.