OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Safar Kokilov. Gapdan o‘t chiqdi (hajviya)

U katta xonaga kirib, ikki bukilib, qimtinibgina dedi:
- Aytmay dedim-u, hech ichimda saqlay olmadim. Bari sizga ko‘nglim yaqinligvdan, sizga kamoli hurmatimdan. Buni qarang, Tunov kuni anovi Qobilov sizni so‘kkanday bo‘lib gapirdi-da... Yo tavba...
- Yo‘g‘-e?!
– Ha, ha. Besh-olti kishining o‘rtasida-ya, tag‘in. Odamning olasi ichida deb shuni aytadi-da. Shuni odam qilgan siz-ku, bo‘lmasam... ukamdek deb yurasiz. Odamzod yaxshilikni darrov unutar ekan-da. Ana endi qorni to‘yib, egasini tepayotibdi, bu eshshak. Qo‘ying, xafa bo‘lmang. Og‘zidan chiqib yoqasiga yopishsin. Sadqai sar... Aytmay dedim-u, yana chiday olmadim, desangiz. Eshitgan quyaoqqa yomon ekan-ey.„
- He, afsus...
U kichkina xonaga qaytib kirib gerdayib, dedi:
– Hoy, bola, sen ham yuribsan-da, akam bor deb. Sen odam tanlashni bilmas ekansan. Ko‘r ekansan. Seni ko‘rgali ko‘zi yo‘q ekan-ku, akangning. Voy-bu-u... Ishga olganiga ham afsus qilib o‘tiribdi. Ishing chatoq... Aytmay dedim-u, yana ichimga sig‘may ketyapti-da. Senga kamoli hurmatidan, bilsang agar. Tezroq oldini ol. Ustingdan ish qo‘zg‘otmasa go‘rga edi...
– Nahotki?! 
Gapdan o‘t chiqdi.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.