OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Safar Kokilov. Olamshumul yangilik (hajviya)

- Mamat brigadir uyiga bir pritsep xashak tushiribdi...
- Qo‘ying. Bu mayda-chuyda gap.
- Sulaymon qorovul jamoa bog‘ining olmalarini o‘zimniki deb har bozor chiqarib sotadi.
- Buyam mayda-chuyda.
- Raimov-chi? Mudir bo‘lgandan beri fermadagi sara ho‘kizlarni sotib yeb, o‘rniga jaydarilardan to‘ldiribdi. Bu endi aniq fakt.
- He-e, nima qilamiz o‘zimizni sharmaida qilib. Ishqilib joyini to‘ldiribdi-ku. Mayda- chuyda. Siz menga shunaqa gap ayting-ki, olamshumul bo‘lsin.
- Jamoamizda hech kim ishga qiziqmay qoldi. Hamma o‘zining tomorqasida...
- Uf-f, juda injiq ekansiz-da. Shuyam gap bo‘ldi-yu. Nima, oylik, maosh bo‘lmagach, odamlar ochidan o‘lsinmi, tomorqasiga ishlaydi-da. Buning nimasi yangilik? Hammaga ma’lum gap-ku.
- Traktorchilar, haydovchilar-chi? Jamoaning mashinasi va traktorida "levak" ishlashadi. Qancha benzin, solyarka...
- Ha, endi, "zapchast"ni o‘z cho‘ntagidan sotib olgach, foydalanadi-da. Qo‘ying, mayda-chuyda gaplarga parvo qilmang, dedim-ku.
- He-e, siz ham qo‘ying-e. Muxbirman deysiz, fakt kerak deysiz. Aytganlarimning barini mayda-chuyda deysiz. Tushunmay qoldim. Nima ham deymiz, biz o‘zi mayda odammiz, bilganimiz ham shuda. Agar sizga kattaroq gaplar kerak bo‘lsa, ana, rais bovadan – kattamizdan so‘ray qoling. Qaerdan topaman deysizmi? Ho‘, ana, xo‘jalikning mehmonxonasida, dam olib,
kun bo‘yi bilyard suradi...
- Nima, nima? Bilyard? Yo‘g‘-e? Rais bilyard o‘ynaydimi? Zo‘r-ku. E, sizni kerang-u, nega darrov shuni aytmadingiz? Axir bu olamshumul yangilik-ku. Rais bilyarl o‘ynasa-yu, siz sskin
gapirasizmi? Axir bu jamoa xo‘jalitada madaniy-ma’rifiy va sport ishlari besh degani-ku. Exxe-e... tasavvur qiling-a... Sport maydonlari. Madaniyat uyi, futbol, shaxmatchilar klubi. Ayni hozirgi zamon ruhida-ya. Ana yangilig-u, mana yangilik. Olamshumul yangilik. Vax-xa... He, yashavoring, akam...

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.