OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Ahmad. Qilich kesolmagan boshlar (hajviya)

G’afur G’ulom Ahmadjon zargar degan bir qadrdoni bilan bog‘ sayriga borib, besh kun qolib ketdi. Xayol bilan bo‘lib uyga ogohlantirib ketish eslariga kelmabdi.
Besh kundan keyin qaytib kelib, uyga qandoq kirishni bilmay, o‘ylanib qolishdi. Ahmadjon aka ko‘chadagi avtomat telefondan G’afur akaning uyiga qo‘ng‘iroq qildi:
— Muharram opa, xavotir olmang, G’afur aka biznikida edilar. Andijondan mehmonlar kelishgan edi, qo‘zg‘olishning sira iloji bo‘lmadi. Bugun albatta boradilar. Xotinim bechora mehmon kutaman, deb charchab qoldi.
Muharram opa javob qnldi:
— Xotiningiz sizni qidirib biznikiga kelganlar. Hozir yonimda turiptilar. Trubkani beraymi?
Ahmadjon aka bo‘shashib trubkani joyiga ilib ko‘ydi. Ish chatoq. Endi hech qanaqa bahona o‘tmaydi.
— Ahmadjon, — dedi, G’afur aka. — Qo‘lga tushdik. Egilgan boshni qilich kesmaydi. Ayda ketdik.
Ikki o‘rtoq dastro‘mollarini oq bayroq qilib eshikdan kirishdi.
— Taslim bo‘lamiz, bir qoshiq qonimizdan kechinglar, — deya gunoh qilgan yosh boladek hiqillab turaverishdi.
Muharram opaning kechirishdan boshqa iloji qolmagan edi.

Eʼlon

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.