OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Anvar. Ko'rib turibman (hajviya)

— Rasulqori akamlar bilan to‘yga borib qoldik, men doirada, u kishi tanburda, — Olimjon aka hikoya¬sini boshlaydi. Eshituvchilar yuzida sal kulgi o‘y¬naydi. Chunki mashhur hofiz Rasul qori Mamadaliev haqidagi hikoyalarining hammasi ana shu so‘zlar bilan boshlanadi-da. 
Muxtorali amakim darrov luqma tashlaydi:
— Olim yolg‘on topolmay qolsa, har zamonda rost ham gapirib turadi!
 Olimjon aka o‘rtog‘ining gapiga parvo qilmay davom etadi:
— To‘yxonada odam hech qaerga sig‘maydi. Rasul qori akamlarning ko‘zlari yaxshi ko‘rmaydi, ammo buni tan olgilari kelmaydi. To‘yboshilar o‘ngda qolib, chap to¬mon¬ga qarab, qo‘llari ko‘ksida, ta’zim qildilar: «Assa¬lomu alaykum, to‘ylar muborak bo‘l¬sin!» Ustaning qulog‘iga sekin shivirladim: «Aka, to‘yboshi¬lar bu tomonda». Qori akam, «Ko‘rib turibman!» deb jerkib, o‘ng tomonga yurdilar.
U zamonlarda stol-stul degan narsalar yo‘q, odam¬lar sholcha¬larni yozib, ko‘rpachalarni solib, chordonani qurib, shavla yeb o‘tir¬gan ekan, Rasulqori akam ular to¬mon¬ga, «Qimirlamanglar, o‘tiraveringlar, ko‘rish¬ganimiz — so‘rashganimiz», deya shahdam qadam tashlab, tovoqdagi shavlaga o‘ng oyoq¬larini qo‘ydilar! «Usta, shavlani bos-din¬giz!» dedim shosha-pisha. «Ko‘¬rib turib¬man!» deya qori akam chap oyoq¬larini ikkin¬chi to¬voq¬qa bosdi¬lar.
— Qori aka bil¬masdan shavla¬ga oyoq qo‘ysa, qo‘ygan¬dir, ammo «ko‘rib turibman» degan so‘zni o‘zing¬dan qo‘shding, — deydi amakim jiddiy. — Ustangdan ham senga faqat ana shu «ko‘rib turibman» yuqqan, xolos.
Amakimning gaplarida jon bor. Olimjon akaning biror narsa o‘qiyotganini (ammo bu voqea ham juda kamdan-kam bo‘ladi) kuzatsangiz, chap ko‘zlarini yumib, o‘ng ko‘zlarini kitobga shunaqangi yaqinlashtiradiki, harflarni kipriklari bilan paypaslab ko‘rib bilyapti, deysiz!
 O‘zlarining ta’riflari bilan aytganda, butun bosh¬li maktabning bosh musiqa muallimi hisoblanishadi.
 Amakim kulimsiraydi: «Sendan boshqa musiqa o‘qituvchisi bo‘lmasa, bosh bo‘lmay oyoq bo‘larmiding?!»
Maktabning bir emas, ikki xonadan iborat mehmon¬xonasi bor. Birinchi xonada sho‘rva pishirilsa, ikkin¬chida ichiladi. Sho‘rva! Shu boisdanmi izlagan o‘qituv¬chin¬gizni shu yerdan topasiz. Xonalarning o‘rtasida bitta eshik bor. Eshikni ochib-yopish uchun har ikki tomoniga mix qoqib, qayirib qo‘yilgan. Mixning qoqil¬ganiga necha yillar bo‘lgan, ammo uning o‘rniga ushlagich o‘rnatish hech kimning esiga kel¬maydi, ko‘nikib ke¬tish¬gan. 
Amakimni izlab meh¬monxonaga kirsam, xuddi o‘sha mixlarni sug‘urib tashlab, ushlagich o‘rna¬tayotgan ekan.
— Ie, kel, kel! — dedi u kishi men bilan so‘¬rashib. — O‘tirib tur, hozir birga sho‘rva ichamiz.
Amakim ishini tugallab chiqib ketdi-da, ikki kosada sho‘rva bilan kirib keldi. Hol-ahvol so‘rashib, sho‘rva ichishni boshladik.
— Ie, ie, ie! Toshkentlik kelibdi-yu! — deya eshikdan Olimjon akaning qorasi ko‘rindi. — O‘tiraver, keyin so‘ra-shamiz! — u kishi paltosini «Sho‘rva navbati» ro‘yxati osilgan mix ustiga ildi. Ol¬dim¬dagi kosa¬ni olib, tashqariga yur¬di. Eshik oldida paypaslanib, nimanidir qidir¬ganday bo‘lib turdi-da, ortiga qaytib, kosani stolga qo‘ydi.
— Bu o‘qituvchilaring¬dan hech narsa qolmaydi-da! Shuniyam sug‘irib keti¬shibdi-ya! — dedi amakimga yuzlanib. 
Amakim uning so‘zlarini javobsiz qoldirib, sho‘rvasini simirib-simirib ichdi. Olimjon aka pal¬tosini olib, stol ustiga tashlab, mixni sug‘irdi. «Sho‘rva navbat» uchib, stol ostiga kirib ketdi.
— Bitta mix qancha turadi, axir o‘ylagin! — kuyunib javragancha tashqariga chiqib, qo‘lida bolta bilan ortiga qaytdi. Eshikni yopib, mixni qoqa boshladi. 
Amakim Olimjon akani menga ko‘zi bilan imlab, kuldi.
Aka mixni qoqib bo‘ldi. Boltani tashqariga qo‘yib, oldimizdagi kosani oldi.
— Endi kim mana shu mixni sug‘irsa, bolta bilan kallasiga solaman! — dedi qo‘lini siltab. — Ushlagich-a, ushlagich u! — deya tashqariga yurdi.
— Hov, ko‘rib turibman! — dedi amakim uning ortidan. — O‘sha qoqqan mixingning bir qarich tepasiga qara-chi, ushlagich bormikan?
 Olimjon aka butun diqqatini eshikka qaratdi, ushlagichni ko‘rdi, uni ushlagancha qiyqirib kuldi.
— Ko‘rib turibman, de! Ko‘rib turibman de, ko‘r! — amakimning kuchli ovozi uning kulgisini bosib ketdi.

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.