OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Zulfiya Qurolboy qizi. Muhabbat va nafrat (hikoya)

Yanvarning oxirlarida birdan havo aynib, kun sovib ketdi. Bu yil qish bo'lmaydi-yov, deb bemalol yurgan odamlar shoshib qolishdi. Ikki kun gupillatib qor yog'di. Kuni bilan hovlini to'ldirib, qiy-chuv qilib o'ynaydigan bolalar ham uy-uylariga kirib ketishdi. Kattalar ish yuzasidangina ko'chaga otlanishgan, sovuqdan hammaning tusi o'zgargan: yuz-ko'zlarida horg'in ifoda aks etib turardi. Shahar odamlari shunaqa, sovuqqa chidamsiz bo'lishadi; ish bo'lmasa, bo'ynimga olgan majburiyat bo'lmaganida edi, issiqqina uyda, yumshoq divanga yastangancha qahva ichib o'tirardim, deb o'ylashadi ular. Darvoqe, uyga nima yetsin. Katalakdek bo’lsayam o'z uying bo’lsa, g'am-anduhga ne hojat...
Besh qavatli uyning beshinchi qavatidagi xonadonlarning birida muzday deraza oynasiga boshini tirab xomush o'tirgan qiz shularni xayolidan o'tkazdi. Bundan o'n yil muqaddam u "o'qiyman" deb shaharga kelib qolgandi. Taqdir kulib boqib, institutga qabul qilingan, tirishib-tirmashib besh yilni biramallab o'tkazgan qiz qishloqqa qaytib borishdan bosh tortgan, aqlini tanigandan buyon u shaharda yashashni orzu qilardi. Shu bois ketgisi kelmadi. "Bu yerda yashash oson, — deb o'ylagandi u o'shanda. - Bir amallab uy olsam, gap meniki. Er topish qiyinmas".
Yo'llanma bo'yicha ishga joylashib olib, "propiska" degan balodan o'tib olganida o'zining omadli ekaniga yana bir karra ishondi. Jon-jahdi bilan ishlashga, pul topishga harakat qildi. Biroq olgan maoshi u oydan bu oygacha oziq-ovqatiga bazo'r yetardi. Kiyim-kechakka yo'l bo'lsin. Yaxshiyam ota-onasi har zamonda bo’lsayam pul berib turadi. Har doim ulardan yordam so'rashga qizning yuzi chidamaydi. Axir undan tashqari yana sakkizta jon ota-onaning qaramog'ida. Yog'ingarchilik kunlari loy bo'lib ketgan tuflini issiq suvda yuvmaydi, yelimi ko'chib ketishi mumkin. Shunchalik avaylasa ham bir marta ishdan shoshib kelayotganda bir poy tuflisining poshnasi tushib ketib, o'tgan-ketgandan juda uyalib qolgandi...
Hamon oynaga tiralib turgan peshonasidan sovuq o'tgan qiz birdan o'zini tortdi. Peshonasini ushlagancha deraza oldidan uzoqlashdi. Oshxonaga o'tar-o'tmas eshik qo'ng'irog'i ustma-ust qattiq jiringlab, cho'chitib yubordi. Ehtiyot yuzasidan "glazok"dan qaradi. Eshik ortida peshonasini pushti sharfl bilan tang'ib olgan ayolni ko'rib yuragi shuv etdi. Uy egasi! Ijara haqini so'rab kelgan. Eshikni ochmaslikka qaror qilib, nafas chiqarmay turaverdi. Tashqa-ridan ayolning shang'illagan ovozi eshitildi:
— Eshikni oching, Dildora! Oching deyapman. Bilaman, uydasiz. Haligina balkonda turganingizni ko'rgandim.
"Obbo, kuydirgi-ey, - deb o'yladi qiz. — Kalamushga o'xshab, hamma yoqdan hid olib yuradi-ya". Noiloj eshikni ochdi.
— Voy, Mavjuda opa, sizmidingiz? Kitob o'qib yotib ko'zim ilinibdi.
— Ijara pulini so'rab keldi, deb atayin ochmadingiz-ku. Nima qilasiz yashirib? - dedi Mavjuda opa shartakilik qilib. Ovozidan uning hazillashayotganini ham, jahli chiqqanini ham bilib bo'lmasdi.
— Chindan, uxlab...
Dildoraning gapi chala qoldi. Mavjuda opa uning taklifini ham kutmasdan ostona hatlab, ichkariga kirdi. Kira solib uy ichini birma-bir ko'zdan kechira boshladi. Engashib ko'rsatgich barmog'i bilan plintusining changini artib ko'rdi.
— Bir paytlar men bu uyni tilim bilan yalardim, — deya har doim aytaverib yod bo'lib ketgan gaplarini takrorladi u. – Uyimni ozoda tutishingizga ishonib, sizni ijaraga qo'yganman.
Mavjuda opaning qiziq odati bor edi. Gapirayotganda yonidagi kishini yuziga qaramas, undan gapiga yarasha javob ham kutmas, shang'illagancha xayoliga kelgan narsalar haqida tinmay so'zlar, faqat navbat ijara haqiga kelganidagina ko'zlarini lo'q qilgancha tikilib turaverardi.
— Ertaga bersam maylimi? lltimos, yana bir kungina...
— Insof sayin baraka, deganlar, Dildora. Axir uch oydan beri to'lamayapsiz-ku.
— Bilaman, hisoblab yuribman, — dedi Dildora, o'qituvchisi oldida imtihon topshirayotgan talabadek yurak hovuchlab. — Pulim tugab qoldi. Bugun, mana, ishga ham borolmadim. Etigimning poshnasi tushib qolib... — Dildora shosha-pisha eshik ortida turgan etigining bir poyini ko'rsatdi. — Kechga yaqin bir tanishimdan so'rab ko'rmoqchiman.
— Ha, so'rang tanishingizdan. So'ppayib, quruq qo'l bilan kelib-ketib yuraveradimi?
Dildoraning yuzidan issig'i chiqib ketdi. "Voy, kalamush-ey, undan hech narsani yashirib bo'lmaydi-ya?"
Mavjuda opa oshxonaga o'tib, deraza tagidagi stulga o'tirarkan, gaz ustida turgan qozonga ishora qilib dedi:
- Yoningizda bir miri yo'g'-u, nima qilardingiz uning uchun ovqat qilib.
- Ha, endi... - deya chaynaldi Dildora. - Yo'qdan ko'ra...
- Oshmi?
- Ha, sabzi o'rniga karam, go'sht o'rniga bir dona tuxum solib qildim.
Mavjuda opa ilkis-ilkis goh undan, goh bundan savol berib, qizni gapga tutarkan, zimdan unga sinovchan tikilardi. Ko'zlarida tushuniksiz bir ma'no bor edi -hayratmi, hayronlikmi?
- Ha, mayli, shunchasi o'tgan yana bir kun o'tar, - dedi u oxirida o'rnidan turarkan. - Bilib qo'ying, bir kundan ortiq kutolmayman.
Eshik salgina zarda bilan taraqlab yopildi. Dildora erkin nafas oldi. Bir necha soniya yo'lak devoriga suyangancha xayolga tolib turdi-da, so'ng o'zidan ikki qadam narida turgan telefon oldiga bordi. Go'shakni ushlagancha, birpas ikkilandi, keyin tanish nomerai tera boshladi.
- Abdullani chaqirvoring, - dedi u go'shakni olgan kishiga. Anchadan keyin u tomondan "Abdulla yo'q?" degan javobni olib, tepa sochi tikka bo'ldi. "Ablah. Yana eski hunarini boshladi". U oshig'ich tarzda eshik ortida turgan eski tuflisini qo'liga olib, u yoq-bu yog'ini ko'zdan kechirdi. "Kiysa bo'ladi, - degan qarorga keldi. - Qorlar eriy boshlagandir". Yo'lak devoriga osilgan uzunchoq ko'zgu oldida turib, naq yarim soat pardoz-andoz qildi. Goh uzoqdan, goh yaqindan ko'zgu oldiga kelib, o'ziga tikilarkan, shu turishida har qanday erkakni lol qilib qo'yishiga o'zida ishonch hosil qildi.

* * *

"Qochib, qayerga borarkan, - dedi qiz ichida kimnidir yanib. - Yerni tagidan bo'lsayam sug'urib olaman". U eshik oldida bir nafas to'xtab, plashi cho'ntagidagi chaqalarni hisoblab ko'rdi. Tramvayda borib kelishiga bemalol yetadi. Qiz zinalardan ehtiyotkorlik bilan tushdi. Birinchi qavatda Mavjuda opa yashaydi. Uning ko'ziga ko'rinishdan, savollariga javob berishdan yuragi bezillaydi. Uch oydan buyon ijara pulini to'lamagani uchun yeb yuborgudek bo'lib yuribdi. Uzzukun Dildorani kuzatadi. Xuddi u bir kechada ko'ch-ko'ronini ortib, ko'chib ketadigandek, ortidan poylagani-poylagan. Uch yildan buyon uyimda turibdi. Nega unga ishonmayman, deb o'ylash xayoliga ham kelmasa kerak. Hozir ham allaqaysi tirqishdan mo'ralab, uni ko'rib turgandir.
Dildora bir amallab zinalardan tushib, hovliga chiqib oldi-yu, yelkasidan tog' qulagandek yengil tortdi. Ammo Mavjuda opaning chigirtkanikidek bir burda yuzi ko'z oldidan nari ketmasdi. "Boylik, baxt husn tanlamas ekan, — deya o'yladi u tramvayda ketayotib. — Omadi bor ayolning boshiga qo'naverarkan". U navbatdagi bekatlardan birida tushib, yugurgancha yo'lning narigi betiga o'tib oldi. Ikkala tarafdan g'izillab kelayotgan mashinalarning "bibillab" bergan signallariga parvo ham qilmadi. Shundoqqina yo'l yoqasidagi tepasiga "Sartaroshxona" deb yozilgan oynaband binoning eshigini ochib, ichkariga qadam bosishi bilan anvoyi hidlar qo'shilmasidan hosil bo'lgan bo'g'iq havo dimog'iga urilib, nafasini qaytardi. U hech ikkilanmay erkaklar bo'lmasi tomon yurdi. Ichkarida kalta oq xalat kiyib olgan ikki yigit ikki kishining sochini to'g'rilashayotgandi. Uchinchi kreslo bo'sh. Demak, u yo'q.
- Abdulla aka bugun ishga kelmadi, dedim-ku sizga, - dedi yigitlardan biri unga qarab.
- Nega kelmaydi? Axir bugun ish kuni-yu...
- Qizchasi kasal ekan. Do'xtirga olib boraman degandi.
Dildoraning ensasi qotdi. Yigitning gapiga ishonmaganligini bildirish uchun qoshlarini chimirdi.
- Ha, mayli, kech bo'lsayam kelib qolar. Kutib turaman, -dedi u va yo'lakka chiqib, shu yerga qo'yilgan o'rindiqlardan biriga o'tirdi.
- U bugun umuman kelmasa kerak, - dedi haligi yigit ovozini sal balandlatib. Qiziqsinib Dildora tomon qarayotgan mijozni boshini to'g'irlab, ro'parasidagi ko'zguga qaratib qo'ydi.
Dildora uning so'zlarini eshitmagandek, beparvo o'tgan-ketganni kuzatib o'tirdi. "Hammasining tili bir, - deya o'yladi qiz. — Hali tramvaydan tushgan zahotim u oynadan ko'rgan-u, juftakni rostlagan". U yo'lakdagi o'rindiqda uch soatdan ko'proq o'tirdi. Biroq Abdulladan hamon darak yo'q. Birinchi smena tugab, ikkinchi smena boshlandi. Haligi sartarosh yigit ham xalatini yechib, kiyimlarini almashtira boshladi. Dildora uning ketish taraddudini ko'rayOtganini sezib, o'rnidan turdi.
- Iltimos, unga aytib qo'ying. Bugun kechqurun uyimga o'tsin. Agar yana qochib yuradigan bo'lsa, uyiga borib, sharmandasini chiqaraman, — dedi u qat'iy qilib.
Yigit indamadi. Na "xo'p" dedi, na "yo'q". "Xo'p", desa Abdulla bilan tili birligini sezdirib qo'yadi. "Yo'q", deyishga Dildoradan hayiqdi. Ikki yildan buyon Abdulla bilan jiqillashib yurganidan xabardor. Bir necha marta Dildoraning shallaqilik qilib, Abdullani yumma talaganini ham ko'rib qolgandi. Shu bois miq etmadi.
Dildora tashqariga chiqib, tramvay bekati tomon yo'l oldi. Uning rang-quti o'chgan, ich-ichidan g'alati bir titroq turgandi. "Ablah, -dedi u har galgidek butun g'azabiyu nafratini shu so'zga jamlab. -Endi bunaqasini o'ylab topibdi-da. Agar ozginagina, juda kam bo’lsayam mablag'im boiganida hech qachon uning ortidan qidirib yurmasdim". Beshinchi kursda o'qib yurganida sochini kestirish uchun shu sartaroshxonaga kelib, ayollar bo'lmasi tomondagi yoiakda navbat kutib turganida Abdulla bilan tanishib qolgandi. O'shanda u qizni navbatsiz ichkariga olib kirib, tanish sartarosh ayoldan qizning sochini chiroyli qilib, eng so'nggi modada kesib qo'yishini iltimos qilgandi. Keyingi safar, oradan ikki oy o'tib, u yana shu sartaroshxonaga kelganida tag'in shu yigitga yo'liqdi. Keyingi uchrashuv institutda yuz berdi. Bu gal Abdulla uni yo'qlab borgandi. Keyin esa... ular juda qalinlashib ketdi. Abdulla chiroyli yigit edi. Qaddi-qomati kelishgan, qosh-ko'zlari qop-qora, yuzi xuddi tarashlangan toshdek silliq. Dildora bu ko'rkam yigitga qanday qilib ixtiyorini berib qo'yganini sezmay qoldi. U ikki yil hech narsani o'ylamay Abdulla bilan uchrashib yuraverdi. Birinchi bo'lib Abdulla "o'yin"ni buzmaganida hayoti haliga dovur ilgaridek davom etavergan bo'larmidi. Afsuski, Abdulla birdan o'zgarib qoldi. Uni-buni bahona qilib uchrashuvlardan bosh torta boshladi. Har zamonda bir ko'rishgan vaqtlarida ham o'y surishdan nariga o'tmasdi. Keyinchalik umuman yo'qlamay qo'ydi. U yigitning xotini, bittami-ikkitami (anig'ini bilmasdi) bolasi borligini bilardi. Azbaroyi uni yaxshi ko'rgani uchun bu masala qizni ko'p ham qiynamasdi. To'g'ri, Abdulla uyiga ketgan vaqtlari rashk o'ti yuragini kuydirgan onlar ham bo'lgandi. Biroq u ko'nglini keng qilishga harakat qilar, meni deb bolalaridan voz kechishini istamayman, deya o'zini o'zi ishontirmoqchi bo'lardi. Bunga erishardi ham. Er-xotinlik munosabatlari yangi boshlangan paytlarda Abdulla: "Uyolibberaman, nikohimgaolaman", deb ko'p va'dalarbergandi. Munosabatlari qalinlashib borgani sayin u yigitning cho'ntagida ortiqcha hemirisi yo'qligini bilib olgandi. Ammo negadir g'ashi kelmagandi. Aksincha, besh-o'n so'm orttirgan vaqtlari bildirmay AbduUaning cho'ntagiga solib qo'yardi. Narx-navo ko'tarilib, uning ahvoli tang bo'lavergani sayin, Abdulla ham oiganni ustiga tepgan qilib, aloqasini uzishga harakat qilib qoldi. Ustma-ust telefon qilaverib, bezorini chiqazgan chog'lardagina istar-istamay qiznikiga kelar, yuz-ko'zidan, gap-so'zlaridan uni ko'rishga zor emasligi shundoqqina sezilib turardi. Ana shundan keyingina Dildoraning burniga suv kirdi.
- lye, bu qanaqasi bo'ldi? - deya qichqirdi u kutilmaganda. - Hayotimni barbod qilib, qochib qolmoqchimisiz? Uy olib beraman, degandingiz? Nikohimga olaman, degandingiz? Qani o'sha va'dalar? Qani?
Uning jazavasi tutgan, ko'zlaridan o't chaqnar, butun vujudi isitma tutgandek titrardi. Abdulla miq etmasdi. Yerga qaragan ko'yi, og'ir-og'ir xo'rsinib o'tiraverardi. Keyinchalik, munosabatlari sal iliqlashgan paytlari u gap orasida bolalari ko'payganini, xotini pul topmayapsan deb janjal qilayotganini qistirib o'tardi. Dildoraning unga rahmi keldi. O'zicha AbduUaning g'aribgina uyini, yupungina kiyingan xotini-yu, bolalarini ko'z oldiga keltirib ko'ngli bo'shadi, yig'lagisi kelardi.
- Hammasiga chidayman, - deya u pichirlagandi o'shanda Abdullani quchoqlab. - Hammasiga chidayman. Faqat meni tashlab ketmaslikka so'z bering.
Abdulla ovoz chiqarib bir narsa demadi. Ko'zlarini yumgan ko'yi, bosh irg'adi, xolos. Haqiqatan ham Dildoraga hech narsa kerak emasdi. Abdulla yonida bo'lsa bas! Ammo yigit shuni ham eplamadi. Borgan sayin uzoqlashib ketaverdi. Oxirida qochib qolish payiga tushdi. Dildora uch oydan buyon uni tutolmay garang.
Tramvay kelib qolib, qizning xayoli bo'lindi. U turtinib-surtinib tramvayga chiqib oldi. Bo'sh o'rindiqlardan biriga o'tirdi. Uning ro'parasidagi o'rindiqda qorachadan kelgan yigit o'tirardi. Dildoraga ko'zi tushgan hamon eski tanishlardek bosh irg'ab salom berdi. Dildora yuzini o'girib, oyna tomonga qarab oldi. Keta-ketguncha yigit undan ko'z uzmadi. Dildora tramvaydan tushganida yigit ham tushib, izma-iz kelaverdi. Qrz uni o'g'ri gumon qilib, yuragini vahm bosdi. Qadamini tezlatdi. Tanish uy oldiga kelib, ortiga o'girilganda besh-olti qadam narida turgan yigitni ko'rib dod devorishiga sal qoldi. Sumkasini bag'riga bosgancha, yugurib zinalardan tepaga ko'tarildi. Qo'rqqanidan a'zoyi-badani qaltirardi. Titroq qo'Uari bilan eshikni ocharkan, pastdan erkak kishining og'ir-og'ir qadam tovushini eshitib, battar yuragi yorildi. Uyga kirib, titrog'i bosilgach, sekin "glazok"dan qaradi. Hech kirn yo'q. "O'g'ri izimga tushdi, uyimni ko'rib oldi. Endi meni tinch qo'ymaydi", - degan xayol miyasini burg'ulay boshladi. U oshxonaga o'tib stol ustidagi choynakdan choy quyib ichdi. Yuragi hamon kuzgi yaproqday titrab turardi. "Shunisi yetmay turuvdi, - deya o'ylay boshladi u. - Hali uy egasiga nima deyman?" Haligi qo'rquv ustiga ijara puli vahimasi qo'shilib qizning yuragini ezdi. U o'zining nochor ahvolda qolganidan xo'rligi kelib, yig'lab yubordi. O'ksib-o'ksib uzoq yig'ladi. "Endi men kerak bo'lmay qoldimmi? Janjal qilaverib, seni uydan bezdirgan yomon xotining endi yaxshi bo'lib qoldimi? -Dildora qarshisida Abdulla turganday yig'i aralash ko'nglidagini to'kib sola boshladi. - Endi nima qilaman? Qanday yashayman? Ota-onamga nima deyman? Mavjuda opani qanday qilib tinchitaman?"

* * *

Shu oqshoni u yurak hovuchlab tong ottirdi. Mavjuda opa kechqurun negadir chiqmadi. Uyiga mehmon kelib qolganmi? Eri allaqaysi idoraning boshlig'i deb eshitgandi. Tez-tez uylariga mehmon kelib turadi. Dildora uch yil badalida Mavjuda opaning erini uch yoki to'rt marta ko'rdiyov. Qachon qaramasin, ishda bo'ladi. Ammo-lekin xotinini, bolalarini ta'minlab qo'ygan. Qo'sha-qo'sha uylari, mashinalari bor. U kursdosh dugonasi orqali shu uyni ijaraga olgandi. Dugonasi Mavjuda opaning jiyani bo'ladi. U allaqachon erga tegib, bola-chaqali bo'lib ketdi. Ijara haqini to'lash va muddati o'tib ketgan vaqtlarda Mavjuda opa yo'lini poylayverib bezor qilar, bo'lar-bo'lmas, zahar-zaqqum gaplarni gapirib ta'bini tirriq qilar, ammo biron marta uydan chiqib ket, deb do'q urmasdi. Balki o'sha jiyanining yuzini qilar, balki shu yo'sin odamgarchilik qilayapman deb o'ylar, bu yog'i Dildoraga noma'lum.
Ertalab muzlatgichni (uning birdan-birboyligi) ochib ko'rib, nonushtaga arzigulik hech vaqo yo'qligini ko'rib, ta'bi xira bo'ldi. Bir muddat muzlatgichga tikilib xayol surib turdi. So'ng bir qarorga keldi shekilli, apil-tapil kiyina boshladi. "Bugun dam olish kuni, — deb o'yladi qiz. — Uyiga bostirib boraman..." U ham mehmonxona, ham yotoqxona vazifasini o'tovchi (bir xonali uy bo’lsa!) kattagina xonaga kirib, karavoti tagidan og'irgina chamadonini tortib chiqardi. Kiyilaverib ancha uniqqan kiyimlari orasidan salafanga o'ralgan bir juft sochiqni oldi. O'tgan yili onasi bergan edi. Ishlatishga ko'zi qiymay, chamadoniga solib qo'ygandi. O'sha sochiqlarni Mavjuda opaga ko'rsatish uchun qoitig'iga qisib, uydan chiqdi.
— Mana bularni sotmoqchi edim. Balki olarsiz... — dedi u ming istihola bilan.
Mavjuda opa salafanni ochib, sochiqlarni yoyib ko'rdi.
— Almisoqdan qolganmi, nima balo?
— Yo'g'-e, o'tgan yili onam bergandi. Asrab yuruvdim...
— Qancha beray?
— Bilmadim... o'zingiz bilasiz...
Mavjuda opa ichkariga kirib ketdi. Bir ozdan so'ng qoiida pul bilan qaytib chiqdi.
— Rozi bo'ling, - dedi u xushlamaygina.
Dildora pulni sanab ham ko'rmadi. Chopqillab hovliga chiqib ketdi. Mavjuda opa uning ortidan uzoq tikilib qoldi. Har doim qahr bilan bepisand boquvchi ko'zlarida shafqat tuyg'usi uyg'ongandekedi...
Eshikni o'ttiz-o'ttiz besh yoshlardagi ayol ochdi. U oq-sariqdan kelgan, istarasi issiq edi. Kiyinishi ham yomonmas, har qalay Dildora o'ylaganchalik yupun emasdi. Ayol Abdullaning xotini ekanligini u darrov fahmladi.
— Keling, — dedi ayol hayron bo'lib, unga boshdan-oyoq tikilgancha.
— Abdulla... aka... uydami? - deya oldi Dildora bazo'r. Negadir sarosimalanayotgandi. Boyagi botirligi qayoqqa yo'qoldi?
— Ha, uyda, keling. Ichkariga kiring, — ayol uni erining mijozlaridan deb o'yladi shekilli, mulozamat qila boshladi. - Ostonada turmay, uyga kiring. Hozir chiqib qoladilar?
Dildora tavakkal qilib, ichkariga qadam bosdi. Shu payt vanna tomondan "Kim keldi, Mavluda?" degan tanish ovoz eshitildi. Zum o'tmay yelkasiga sochiq tashlab olgan maykachan Abdulla paydo bo'ldi. Ostonada turgan Dildoraga ko'zi tushgan zahoti toshdek qotib qoldi.
— Dadasi, sizni so'rab keldilar, - dedi Mavluda goh eriga, goh Dildoraga qarab qo'yarkan.
— Men uyda soch olmayman, - dedi Abdulla darhol o'zini o'nglab. Dildora tushunsin deb ovoziga sirli tus berdi. Ammo Dildora unga parvo qilmadi. Qarindoshining uyiga kelgandek bafurja oyoq kiyimini yechib, yo'lakning chap tarafida eshigi lang ochiq mehmonxonaga kirib, uy ichini kuzata boshladi.
— Kimsiz o'zi? Uyimizga nega keldingiz? - dedi Mavluda uning ortidan izma-iz yurarkan. Kutilmagan tashrif uni dovdiratib qo'ygandi.
— O'h-ho', — Dildora ayolning savollarini eshitmagandek unga qiyo ham boqmadi. — Xotinim uyimda qoiga ilingulik narsa yo'q deb janjal qiladi, degandingiz. Mana bular nima? Rangli televizor, divan-kreslo, nemis gilamlari...
- Bas qiling, - deya qichqirdi Abdulla. - Eshik ochiq, chiqib keting?
- Nega chiqib ketarkanman? - dedi Dildora bamaylixotir. -Bu uy mening ham uyim.
- Abdulla aka, u nima deyapti? - Ko'zlari yoshga to'lgan Mavluda eri tomon yuzlandi. Abdulla unga javob bermadi, biroq ko'zlarini olib qochdi. Dildora to'la g'alabaga erishgandek er-xotinga g'olibona qarab turardi.
- Men uni tanimayman, - dedi o'ziga kelgan Abdulla. U endi o'zini tutib olgan, yuz-ko'zlarida kinoyali tabassum o'ynardi. -Hozir shunaqa ayollar chiqqan deb eshitgandim. Tinch o'tirgan oilalarga borib, men eringni o'ynashiman deb turib olisharkan. Baloga qolgan er haligini tinchitish uchun pul bilan og'ziga urarkan.
Dildoraning ustidan bir chelak sovuq suv quyib yuborishgandek, butun vujudi muzlab ketdi. Tomiiiarida qon yurish-mayotgandek, oyoq-qo'llari jimirlab, uvishayotgandek tuyulib, o'zini tashlab yuborishiga sal qoldi.
- Voy yaramas, hali shunday qilib non topib yeb yuribman, de. Ota-onang biladimi? - deya bobillay ketdi Mavluda eshimchaga qo'shimcha bo'lib. - Uyingda... jimgina o'tirganingda tengingni topib ketarding-ku ...
Dildora chidab turolmadi. Hamon qo'ltig'ida qisib turgan sumkasini Mavluda tomon uloqtirdi.
- Iflos, ablah, bunchalikka borasan deb o'ylamagandim, — deya izillab yig'ladi Dildora va eshik tomon yo'nalayotgan edi, yuzi shilingan Mavluda yoiini to'sdi.
- Javobini olib ketmaysanmi? — dedi-yu, Dildoraga tashlandi.
Qiy-chuv, to'polon boshlandi. Biri birini yulgan, biri birining sochiga chang solgan. Baqirishgan, dod-voy qilishgan... Abdulla bazo'r ularni ajratdi.
- Mavluda, yo'qol, ko'zimga ko'rinma, — deya avval u xotiniga baqirdi. So'ng Dildoraga yuzlanib dedi: - Mana, o'ylagan niyatingizga yetdingiz. Endi javob!
- Bu uy, bu er meniki, ikkinchi qadamingni bosma, — deb baqirdi Mavluda uning ortidan.
Dildora it quvgan gadoydek abgor holda uydan chiqarkan, bor kuchini, bor nafratini to'plab, shunday dedi:
- Hali ko'ramiz, kimniki bo'lishini...
Bir ozdan so'ng eshik qarsillab yopildi.
Sochlari to'zg'igan, yuzlari tilingan, yoqavayron qiz kimsasiz ko'chada qayoqqa yurishini, nima qilishini bilmay ancha vaqt turib qoldi. Qalbi huvillab, o'zini yolg'iz his etdi. Shu paytgacha u Abdulla meni sevadi deb o'ylardi. Shu umid, shu ishonch uning dardiga malham, ko'ngliga quvonch bag'ishlardi. Taqdir uni shugina baxtdan ham benasib etdi. Yolg'iz qanday yashaydi?
Qiz og'ir xo'rsinib, haligina kelgan yo'li bo'ylab, bekat tomon bir-bir bosib yurib ketdi. Kun kech bo'lib qolgan, yo'llar muzlab, izg'irinli shamol esardi. Avtobuslar tirband. Bir bekatda to'xtashsa, narigisidan g'izillab o'tib ketardi. Bekatda turaverib, sovuqjonidan o'tib ketdi. Plash cho'ntaklariga qo'lini solayotib birdan yonida sumkasi yo'qligini bilib qoldi. Yuragi shuv etdi. Sochiqning puli sumkada edi...

* * *

Kecha kechqurun bazo'r yetib kelgan qiz ertasiga tong azonda bardam uyg'ondi. Balkonga chiqib, oynadan yorishib kelayotgan tongni kuzatdi. Kechagi voqealar esidan chiqmay, ko'ngliga soya tashlab turgan bo'lsa-da, tiniqib uxlaganidanmi, ruhi ancha tetik edi.
Keyin muzlatgichda borini dasturxonga qo'yib, nonushta qildi. U o'zini o'zi quvnoq ko'rsatishga, kayfiyatini ko'tarishga harakat qildi. Axir, yana yarim soatdan keyin ishga borish kerak. Kechagi kayfiyati bilan ishlab bo'lmaydi. "Sumkani qolib ketgani yomon bo'ldi-da, — deya o'yladi u. — Shuni bahona qilib ortimdan chiqsa bo'lardi. Yaxshiyam mayda pullarni cho'ntagimga solib qo'ygan ekanman. Bo'lmasa holimga maymunlar yig'lardi".
Shu payt eshik qo'ng'irog'i jiringlab, uning xayoli bo'lindi. Kim ekan? Qizning yuragi tez-tez urib ketdi. Abdullamikin? Sumkani bahona qilib... Yo Mavluda opami?.. Eshik oldiga borguncha ming xil xayol boshidan o'tdi. Odatdagidek "glazok"dan qaradi. Qandaydir erkak kishi orqa o'girib turardi. Dildora ikkilana-ikkilana oxiri eshikni ochdi.
- Salom, — dedi eshik oldida turgan yigit va ostonada hushi boshidan uchib, qotib qolgan qizga kulimsirab qaradi. – Meni tanimadingiz-a?
Qiz zo'rg'a bosh irg'adi.
- Tramvayda uchrashgandik, esingizdami?
Dildora yana bosh irg'adi. Uning tili tanglayiga yopishib qolgandek, hech aylanmasdi. Yigitning yuzidagi tabassum birdan yo'qolib, o'rnini jiddiylik egalladi.
- Bostirib kelganim uchun... uzr. Boshqa... hech ilojini qilolmadim, - dedi u tutilib-tutilib. Boyagi o'ktamligi yo'qolib, o'zini noqulay sezayotgandi.
— Men ishga borishim kerak, kechirasiz, - dedi nihoyat o'ziga kelgan Dildora va eshikni yopib oldi. Hayajonlanganidanmi yo qo'rqqanidanmi, butun vujudi dir-dir titrardi. U devorga behol suyandi. Bu qanaqasi bo'ldi? Kim o'zi u? Nega keladi? Boshi qotgan qiz ikki o't orasida qolgandi. U sekin borib, yana "glazok"dan qaradi. Haligi yigit hamon eshik ortida turar, "glazok"dan ko'z uzmasdi. U o'ttiz besh-o'ttiz oltilarga borgan, baland bo'yli, keng yelkali, sochlari qalin va mallaga moyil edi. Yonoq suyaklari turtib chiqib, yuzini keng, beso'naqay ko'rsatar, ammo qosh-ko'zining qoraligi, burnining bejirimligi uning bu qusurini yopib ketardi. Lablari ustidagi kichkina mo'ylovi ham o'ziga yarashgan edi. Ammo ko'zlari allaqanday ehtirosli iztirob bilan boqardi. Yuzidagi jiddiylik uni xotirjamdek ko'rsatsa-da, ko'zlaridagi dardli ifoda sirini fosh qilib qo'ygan edi. Qalin lablarida aks etgan nimtabassum uning holatiga, turqi tarovatiga hech ham mos tushmagan edi.
Dildora yo'lakdagi ko'zgu oldiga kelib, besaranjom, nigohi sal xotirjam holatga kelguncha tikilib turdi. "Eshikni ochishga majburman, -deya pichirladi lablari. — Ishga borish kerak..." Bir ozdan so'ng u o'ktam ayol qiyofasiga kirdi. Va shahd bilan eshikni ochib, shitob bilan yigitning yonidan o'tib ketdi. Dovdirab qolgan yigit shoshib qizning ortidan ergashdi.
— Sizga ikki og'iz... gap... gapim bor edi, — dedi u qizga yetib olib, yonma-yon shitob bilan ketarkan.
— Siz bilan ham, boshqalar bilan ham gaplashishni istamayman, — dedi qiz, uning yuziga qayrilib ham qaramasdan.
— Bir kishi ishonchingizni oqlamasa, boshqalar ham aybdor bo'ladimi?
Yigit bilib aytdimi, bilmay aytdimi, qizning jon yeridan tutgan edi. Dildora taqqa yurishdan to'xtab, yigitga sinchkovlik bilan tikildi. Uning ko'zlaridagi iztirob yuziga ko'chgan, lablari, butun vujudi titrayotgandek, biroq yigit zo'r berib bu titroqni sezdirmaslikka tirishayotgandek tuyuldi Dildoraga.
— Vaholanki, siz ko'p narsadan xabardor ekansiz, shuni ham alohida bilib qo'yishingizni istardimki... — Yigit uning uzundan-uzun jumlalarini e'tibor bilan tinglayotganini ko'rib, qiz sharaqlab kulib yubordi. Kula-kula, oxiri gapining davomini aytdi: — Men juda qimmat turaman.
Qiz sharaqlab kulganida yigit unga hayrat bilan tikilib qolgandi. U gapini tugatganda va sharaqlab kulib yuborganida cho'chib tushdi. Qiz jiddiy aytyaptimi yo hazillashdimi, farqiga borib o'tirmadi. Burilib, ketishga chog'lanayotgan qizning yo'lini to'sdi.
- Tillami, javohirmi, nimani xohlaysan? Tilagingni ayt, — dedi u ovozi titrab. Va birdan sensirashga o'tganini o'zi ham sezmay qoldi. — Faqat meni haydab solma!
Dildora nima deyishini bilmay, garangsib qoldi. So'ng o'ta jiddiy ohangda dedi:
- Men ishga borishim kerak. Kechikyapman...
- Shest sekund, — dedi yigit kulimsirab, ko'rsatgich barmog'ini labiga bosdi. Va tez-tez yurib katta yo'lga chiqdi. U yoq-bu yoqqa g'izillab o'tayotgan taksilardan birini to'xtatib, qizning yoniga keldi.
- Ketdik!
Dildora bir zum ikkilandi. Vaqt ziq edi. Ko'p o'ylab o'tirmadi. Tavakkal qilib, yigitga ergashdi...
O'shandan buyon yigit kelib, eshik oldida uni kutib turar, ishga kuzatib qo'yar, kechki soat 5—6 larda uyga olib kelib qo'yar, eshik oldida xayrlashib ketardi. Dildora uning ismi Po'lat ekanligini bilardi, xolos. "Qanaqa odam u?" — degan savol qizni o'ylantirar, yurak yutib so'rashga esa botinolmasdi. Bir necha kunning o'zidayoq u yigitga ancha o'rganib qolgandi. Biroq achchiq tajriba ko'nglini qattiq qilib qo'ygan, yigit oldida sira sir beray demasdi.
Bir kuni ertalab Mavjuda opa shang'illagancha ijara haqini so'rab chiqdi.
- Yana ozgina sabr qiling, iltimos, - dedi Dildora astagina. Chunki Po'lat kelib uni olib ketadigan vaqt bo'lib qolgandi. Mavjuda opa atay qilgandek sira past tushay demasdi.
- Yomonga salom berib, tovonga qolasan deganlari shu-da, — deya diydiyo qildi u. - To'rt oydan buyon sabr qilib yurgan men ahmoqman o'zi. He, yaxshilikni bilmagan...
Mavjuda opa qarg'ay-qarg'ay zinalardan tushib ketayotib, birdan Po'lat bilan to'qnash keldi. Hali kelayotib, uning ovozini eshitgan Po'lat to'rtinchi qavatdan turib, bor gapni bilib olgandi. Opa uchinchi qavatga tushguncha kutib turdi-da, so'ng hamon ostonada toshdek qotib qolgan Dildoraga "hozir kelaman" degandek ishora qilib, pastga tushib ketdi.
- Bo'ldi, u endi sizni bezovta qilmaydi, — dedi bir ozdan so'ng qaytib chiqib.
Dildora uning ko'ngli uchun jilmaydi. Qalbini avvalgidan ham og'irroq, zalvarli bir yuk ezayotgan, yuragini g'ijimlayotgan edi. Uning mijjalariga yosh qalqidi. Birdaqiqagina yigit oldida o'ktamligi, sovuqqonligi yo'qolib, asl qiyofasiga qaytgandek bo'ldi. Bir lahzagina, xolos... Keyin yana avvalgi holatiga qaytdi. U hech narsani o'ylamaslikka, eslamaslikka qaror qildi. Tunu kun qayg'u-hasratda yashagandan ko'ra sho'r qismatni afzal bildi. U Polat bilan yonma-yon ketarkan, allanimalar haqida tinmay gapirar, kular, ba'zida arzimas mayda-chuydalar haqida g'am-g'ussaga botib so'zlarkan, ich-ichidan haqiqiy anduhi, qalb to'rida unsiz faryod chekayotganini his etib turardi. Ayol kishining o'z sofligini saqlab qolishi eng murakkab ish ekanligini qayta-qayta e'tirof etardi... Odatdagidek kechki mahal Po'lat bilan ishdan qaytarkan, uy eshigi oldida Abdulla kutib turganini ko'rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Abdullaning qo'lidagi selofan setkada nimadir bor edi. Dildora uning tunov kuni uyida qolib ketgan sumkasini olib kelganini ichki bir tuyg'u bilan sezdi. Plash etaklarini shildiratgancha uning yonidan bee'tibor o'tib ketdi. Bamaylixotir cho'ntagidan uy kalitini olib, qulfni buray boshladi. Po'lat bilan Abdulla yeb yuborgudek bo'lib bir-biriga so'zsiz tikilib qolishgandi. Vaziyatdan chiqish uchun qiz ovoziga quvnoq tus berib, dedi:
- Po'lat aka, uyga... Voy xudoyim-ey, bo'la qoling...
Bunaqa taklifni kutmagan Po'latning yuragi shirin orziqdi.
Bir zum ikkilansa Dildora eshikni yopib qo'yadigandek shoshilib ichkariga qadam qo'ydi. Abdulla undan ko'z uzmasdi. Po'lat yechinib, mehmonxonaga o'tguncha qiz kutib turdi. So'ng eshikni yopish bahonasida tashqariga chiqdi. Hamon bir qarorga kelolmay, eshik ortida turgan yigitning qo'lidan setkani yulib olib, ilonday vishilladi:
- Bu yerda endi qorangizni ko'rmay!
- O'ylab ish qil, Dildora, - deyajonholatda eshik tutqichiga yopishdi Abdulla. - Menga ham oson tutma. Bir qarorga kelolmayapman.
- Men bir qarorga kelib bo'ldim, - dedi Dildora qat'iy qilib... Va kuch bilan eshikni tortib, yopib oldi. Bir ozdan so'ng qahva damlab, mehmonxonaga olib kirdi. Po'lat eshikka termilib o'tirgan edi. Qizni ko'rishi bilan nigohini olib qochdi. Dildora qahva quyib uzatganida ham yuziga qaramadi. O'rtaga noqulayjimlik tushdi. Yigitning yuragi o'rtandi. Negadir o'z-o'zidan jahli chiqib ketayotgandi. Qahvani otib yuborgisi keldi uning. Ammo istihola zo'r kelib o'zini bosdi. Biroq yuzi gezarib ketayotgandi. Dildoraga qarab, kulmoqchi bo'ldi, lekin qattiq qimtilgan lablari tushuniksiz va o'rinsiz tabassumdan qiyshayib qoldi. Qiz hech narsadan bexabardek, bafurja o'tirardi. Qahva ho'playotib, yigit uni zimdan kuzatayotganini sezib qoldi. O'zicha kulimsiradi. Nimanidir yashirmoqchi bo'lganday kulimsiradi, biroq uddasidan chiqolmadi.
- Istasangiz ketishingiz mumkin, - dedi u birdan yigitga tik qarab. Uning yuzida mamnunlik, ko'zlarida kibr aks etardi. – Hozir nimani o'ylayotgan bo'lsangiz, hammasi to'g'ri. Aytmasangiz ham yuz-ko'zlaringizdan bilinib turibdi va... va men bunga chidab turolmayman. Keting!..
Qiz isitma tutganday titrardi, qattiq hayajonga tushganligini bildirmaslik va yiqilib tushmaslik uchun stol qirrasiga mahkam yopishib oldi. Butun kuchini, imkoniyatini to'plab, yigitdan javob kutardi, baayni o'limga mahkum etilgan odam hukm o'qilishini kutganday...
Po'lat indamay o'rnidan turdi. Uning chehrasiga ifoda qilib bo'lmas bir iztirob soya solgan, ko'zlari ma'yus va g'amgin boqardi. U es-hushini yo'qotganday gandiraklaganicha stolni aylanib o'tib, Dildoraning qarshisiga keldi. Kelayotib bo'sh turgan stulga qoqilib ketdi. Yuragi qinidan chiqqudek potirlab urardi...
- Sizda gunoh yo'q, - dedi u allaqanday hazin tovushda. - Hammasiga men aybdorman. Men...
Qizning yuzidan qon qochib, haddan tashqari oqarib ketdi. Po'latning so'zlari olisdan, juda-juda olisdan eshitilayotgandek edi...

* * *

- Mening taqdirim senikidan ham chigal va ma'nisiz, - deya gap boshladi Po'lat. Tun yarmidan oqqan, ular hamon o'sha stol atrofida o'tirishardi. - Yigirma yoshimda otam ammamning qiziga uylantirib qo'ydi. Hamma ko'rgulik shundan keyin boshlandi. Xotinimga ko'nglim yo'q edi. U mehnatkash, kamsuqum, tortinchoq qiz edi. Xuddi ota-onamning ko'nglidagidek! Ertadan-kechgacha hovlida ivirsib yurardi. Onam unga ko'p ish buyurardi. "Kelinligimdan to hozirgacha "qo'lim kosov, sochim supurgi" bo'lib keldim. Kelin oldimmi, endi qo'limni sovuq suvga ham urmayman", deb ko'p takrorlardi. Payt poylab turib, xotinimni uyga imlasam, u uyalib ketardi. O'zini olib qochardi. Kechasi hammayoqni saranjomlab uyga kirardi va o'sha yerning o'zida xalatini yechib, shartillatib changini bir-ikki qoqardi-da, yana egniga ilib olardi... Xullas, uydan qochib ketdim. Otam izlab kelib, topib oldi. Uyga qayt, dedi. Urdi. So'kdi. "Oq qilaman", dedi. Ko'nmadim. Hayot haqida mening ham o'z o'yim, o'z fikrim bor edi. Biroq hech kirn men bilan hisoblashmasdi... Yaxshi ko'rgan qizim bor edi. Lekin u onamga yoqmadi. "U bizga haq bermaydi, - derdi onam har doim. - Bizga oyoq-qo'li chaqqon, mehnatdan tap tortmaydigan kelin kerak".
Otam uchinchi marta kelganida umidini uzib qaytdi. Bu yerda ozmi-ko'pmi tanishlar orttirdim. Ikki marta qamalib chiqdim. Qisqa muddatga...
Shu yerga kelganda qizning ko'zlari chaqchayib ketdi. O'zini bosib turolmadi.
— Nega? Nega qamashdi? — dedi u rang-quti o'chib.
— So'rama hech narsani, so'rayversang alday boshlayman. Odatim shunaqa, — dedi yigit. U og'ir yukdan xalos bo'lgandek yengil tortib qolgandi. Kayfiyati ko'tarilib, qizga tegishdi: —Manavi karavotga ikkimiz sig'amizmi?
Dildora qip-qizarib ketdi...
Ular birga yashay boshladilar. Poiat ro'zg'oming kundalik tashvishlarini o'z bo'yniga oldi, butladi. Mavjuda opaga ham oldindan bir necha oylik ijara haqini berib qo'ydi. Yigit bu kabi muammolarni o'z ixtiyori bilan hal etar, Dildorani aralashtirmasdi. U juda baxtli edi. O'zini cheksiz baxtiyor deb his qilardi. Bo'sh qoldi deguncha, butun vujudi nigohga aylanib, Dildoraga tikilar, undan ko'zlarini uzolmasdi. "Go'zal, u judayam go'zal", — deb tinmay ichida takrorlardi. Sirtdan qaraganda, Dildora ham baxtiyor edi. Ammo ko'nglidagi bir tugun yoniga ikkinchisi qo'shilgandi. "Nega u qamalgan? Buncha pulni qayerdan olyapti?" degan savollar xayolida tinimsiz charx urib, tinchlik bermasdi.
Bir kuni u ishdan kelayotib, yo'l ustida Abdullani uchratdi.
— Siznikiga kelayotgandim, — dedi u. Silliq yuzida allaqanday bezovtalik sezilar, nimadandir sarosimalanib turardi. Qo'lida qog'ozga o'rog'liq shisha bor edi.
Dildora uni ko'rmaslikka olib, o'tib ketmoqchi edi. Ammo yigit ildamlik bilan yo'lini to'sib, yalinchoq tovushda dedi:
— Dildora, gaplashib olaylik, azizim...
Dildora uning besaranjom yuziga tikilib turib, kinoya bilan dedi:
— "Azizim", desam erib ketadi, deyapsizmi? Bir vaqtlar, esim og'ib yurganda "Beliy aist"ni yaxshi ko'raman, deganim esingizga tushib qoldimi? Yana avvalgidek apoq-chapoq boiamiz degan niyatda keldingizmi?
Abdullaning hushi boshidan uchib, dovdirab qoldi. Qo'lidagi shishani qayoqqa qo'yishini, nima qilishini bilmay, garangsib turdi-da, beixtiyoryon tarafdagi ariqchaga uloqtirdi. Dildora uni bepisand nigoh bilan boshdan-oyoq kuzatarkan, yana og'iz juftlagan edi, Abdulla chidab turolmadi.
— Ha, men ablahman, — dedi u qichqirib. Uning yuzi qumdek o'chgan, lablari lablariga qo'shilib, butun vujudi titrar edi. — Ablahlik qildim. Lekin hali bir qarorga kelganim yo'q-ku.
— Siz bir qarorga kelguningizcha, xotiningiz qahramon ona bo'ladi, shekilli, - deya uzib oldi Dildora. U jiddiylashgan, xomush va parishon bo'lib qolgandi.
Abdullaning yuziga qizillik yugurib, ko'zlarini olib qochdi.
— Uni tinch qo'ying, aralashtirmang, - dedi u o'zini tutib olib. — Men siz bilan gaplashmoqchi edim.
- Nimani gaplashmoqchi edingiz, gapiring, - Dildoraning yuziga kinoyali tabassum yoyildi. U shu turishida Abdullani ermak qilib charchamaydiganga o'xshardi.
- Juda o'zgarib ketibsiz, afsus, - dedi Abdulla hafsalasi pir bo'lib.
Dildora shu gapni kutib turganday, birdan portladi:
— Siz hech qachon mendan kecholmaydi, deb o'ylagansiz. Shundaymi? Unga hech narsa kerak emas, u hech narsani o'ylamaydi, degan xayolda yurgansiz. Shundaymi, javob bering, — dedi jazavaga tushib Dildora. - Farishta deb o'ylagansiz. Aslida kimligimni bilmagansiz. Siz hech narsasiz yashay olishingiz mumkin. Ammo ayolsiz yashay olmaysiz. Men ersiz yashashim mumkin, lekin hech narsasiz yashay olmayman. Keyin... yana men juda ham qasdkash va kekchiman. Shuni ham bilib qo'ying. Birovning yomonligini bir umr eslab yuraman. Yaxshisi, mendan nariroq yuring. Xotiningizni oldida aytgan gaplaringiz hali qulog'imdan ketgani yo'q.
Abdulla shamdek qotib qoldi. U adoyi tamom bo'lgandi.
— Yana shuni ham bilib qo'yingki, siz men uchun yagona erkak emassiz! Daraxtni silkitsam, erkak yog'iladi, — dedi Dildora va yigitga kibr va mazax bilan bir necha soniya tikilib turdi-da, uyi tomon tez-tez yurib ketdi.
Abdulla uning ortidan tikilib qoldi va alam bilan tishini g'ijirlatdi...
— Dildora, sen bilan bir narsani maslahatlashmoqchi edim, — dedi Po'lat bir kuni. U odatdagidan ko'ra bezovtaroq ko'rindi Dildoraga. — Mening uyimga ko'chib o'tsang...
Dildora yalt etib, yigitga qaradi. Uning nigohida birolam hayrat, bir olam quvonch bor edi.
- Nahotki... uyingiz bormi? Nega avvalroq aytmadingiz?
- Ko'chib o't, debmi?
— Yo'q. Uyingiz borligi haqida nega avvalroq gapirmagandingiz? Axir, bu...
— Baxt, demoqchimisan? — Po'lat kulimsiradi. U o'ychan boqardi. — Boshida, shu uyni olmasimdan burun, eh-he, nimalarni o'ylamaganman? Nimalarni orzu qilmaganman? Uy olsam unaqa, uy olsam bunaqa degan o'y xayolimdan nari ketmasdi. Oxiri shu darajaga borib yetdiki, uy olgan kunim o'lib qolsam kerak deb o'ylagandim.
Poiat jimib qoldi.
- Keyin-chi, keyin nima bo’ldi? — dedi intiqlik bilan Dildora.
— Keyinmi, ... keyin... hech narsa! Xuddi avvaldan shu uyda yashab yurgandek, oddiygina qabul qildim.
- Qo'ying-e, — Dildoraning hafsalasi pir bo'lib, nari ketdi.
- Ko'chasanmi? - Po'lat uning ortidan bordi. - Xo'p desang, ertagayoq...
- Keyin meni hech qachon haydab yubormaysizmi? To'g'ri xotin bo'lishimga ishonasizmi?
- O'zimga ishonganday...
Dildoraning qalbidagi xavotir tuguni yechilib, mayin jilmaydi. Ertasi kuni u ishga bormadi. Po'lat allaqayoqdan yuk mashinasini olib keldi. Ular kula-kula Dildoraning "ko'ch-ko'roni"ni ortishdi. Keyin Mavjuda opanikiga kirib, uy kalitini topshirdi, xayrlashdi. Chindanmi yo ko'ngil uchunmi, Mavjuda opa ko'ziga yosh oldi.
- Yig'lamang, - dedi Dildora hazin tovushda. - Men yig'lab xayrlashishga arzimayman. Adresni yozib qo'ydim. Borib turing.
To'qqiz qavatli uyning uchinchi qavatidagi yangi uy Dildoraga juda yoqdi. Uch-to'rt kun ichida u yoq-bu yog'ini ta'mirlab ham olishdi. (Albatta, Dildoraning taklifi bilan.) "To'rt yildan buyon remont qilish xayolimga ham kelmabdi, - deb o'yladi Po'lat ichida. - Ayol baribir ayol-da..."
- Uy seniki, - dedi bir kuni Po'lat dabdurustdan, - har qanday sharoitda ham... seniki!
U negadir shoshib gapirdi. Yuzida og'ir iztirobli bir ifoda paydo bo'lgandi. Aftidan, hali tanishganimga uch oy bo'lar-bo'lmas, bu ayolga ishonishim shartmikin, degan xayol ko'nglining ko'chasiga ham kelmayotgandi. U yana nimadir demoqchi, nimanidir tayinlamoqchi edi. Ammo aytolmadi, Dildorani cho'chitib vuborishdan qo'rqdi. Keyingi kuni u azonda chiqib ketgan ko'yi kechqurun qaytib kelmadi. Kutish azobini obdan tatigan ayol birinchi oqshomni tishini tishiga qo'yib o'tkazdi. Ikkinchi kuni ham undan darak bo'lmadi. Dildoraning ko'ngliga shayton g'ulg'ula sola boshladi. "Nahotki, u meni tashlab ketgan bo'lsa, - degan o'y keldi xayoliga. - Shuning uchun "uy seniki" degan ekan-da... Yo'g'-e..." O'z o'yidan o'zi qo'rqib ketdi. Ishxonada ham, uyda ham kunni tiq etsa eshikka qarab o'tkazdi. Uchinchi kuni ertalab eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Dildora o'rinda xayol surib yotgandi, apil-tapil kiyina solib, eshik tomon otildi.
Ostonada Abdulla turardi!
- Kutmaganmidingiz? - dedi u zaharxandali jilmayib. -Topolmaydi deb o'ylagansiz...
- Nega endi? Sizdan buni kutsa bo'ladi, - dedi Dildora ham kinoya bilan.
- Kirsam bo'ladimi? Axir tashqarida turish noqulay...
- Yo'q, — dedi Dildora va shartta eshikni yopib, unga suyandi. — Erim uyda yo'q. Bor paytida kirarsiz.
— O'h-ho', erim... — Abdulla o'zini xotirjam tutsa-da, rangi dokadek oqarib ketgandi. - Eringizning kimligini bilasizmi o'zi? - U muhim yangilikni aytishi bilan Dildorani yanchib tashlaydigandek birdan kayfiyati ko'tarildi. Yuz-ko'zlari g'alaba nashidasidan yal-yal yonardi. - Men surishtirib bildim. Eringiz o'g'riboshi ekan. Uch-to'rtta yigit bilan qaroqchilik qilisharkan.
Dildoraning oyoq-qo'lidan jon ketib, o'zini behol sezayotgan bo'lsa-da, sir boy bermadi.
— Bu yog'i meni qiziqtirmaydi.
— Unaqalarni umri qisqa bo'ladi.
- Bu haqda tul bo'lib qolganimdan keyin gaplasharmiz.
- Demoqchimanki, hozir ortga qaytishning iloji bor. Hali ham kech emas...
- Ortga qaytish... - Dildora qah-qah urib kvvtib yubordi. - Kech emas emish... Ha-ha-ha... Ko'ngillari yana rnirna tusaydi? Sen ablah eding, ablahligingcha qopsan, - dedi u birdan 5Cnsira&. Abdullaning sarosimalanib qolganini ko'rib, yana sharaqlab kulib yubordi. — Yana o'ynashing bo'lishimni xohlayapsanmi? Ovora bo'lasan. Hech qachon sen meni o'ylamagansan. Xotiningdan bezgan paytingda mening oldimga kelarding. Charchagan vaqtingda men kerak edim. Xotining cho'ntagingni qoqib olib, yo'lkiraga ham puling qolmaganida meni eslarding. Keyin... keyin qumga singgan tomchidek yo'q bo'lib ketarding. Men sho'rlik yurak-bag'rim qon bo'lib seni kutib yashadim. Eshik qo'ng'irog'i jiring etsa yuragim qinidan chiqib ketay derdi. Balki kuta-kuta uxlab qolganimda kelib, qo'ng'iroqni jiringlatsa eshitmagandirman deb o'zimni yomon ko'rib ketardim. Uy egasidan yashirincha kalit yasatmoqchi bo'lib yurgandim. Meni yana shu ko'yga solmoqchimisan? Ovora bo'lasan!
Temir eshik sharaqlab yopildi. Abdulla cho'chib tushdi. G'azabdan dir-dir titrardi. U bunday muomalani kutmagandi. Ayniqsa, Po'lat haqidagi "yangilik" ayolni dovdiratib qo'ysa kerak, deb o'ylagandi. Shunda u temirni qizig'ida bosmoqchi, ya'ni o'ylagan rejasini amalga oshirmoqchi edi. Bu reja anchadan buyon uning xayolini band etgandi. Payt poylab yurgandi. "Lop" etib oradan Po'lat chiqib qoldi-yu, ishi ortga surildi. "Ablah, bandit, qizning ko'nglini olishga ulguribdi, -deya o'yladi Abdulla zinalardan bir-bir bosib pastga tushib ketarkan. Ko'z oldida Po'latning asabiy tarzda, surbetlarcha tirjayib turishi gavdalandi. Junjikib ketdi. - Sog' odamga o'xshamaydi u". O'ylagan rejasi amalga oshmaganidan ko'ngli g'ash tortdi. Ko'chaga chiqib, qayoqqa yurishini bilmay, o'ylanib qoldi. Bu yerdan ketgisi kelmayotganini ich-ichidan his etdi. Chuqurxo'rsindi. Dildora uyiga borib, janjal qilib ketgandan keyin xotini unga goh ishonib, goh ishonmay yurardi. Ishga vaqtliroq ketsa ham, yo aksincha, kechroq uyga kelsa ham piching qilaverib joniga tegib ketdi. Shu piching so'zlar sabab bo'ldimi, yaqinda er-xotin qattiq urishib qolishdi. "Men sizga ishonmayman, o'sha xotin uyga bekorga kelmadi", — derdi Mavluda hadeb. Oxiri Abdulla devorda osigiiq turgan "Qur'on"ni qo'liga oldi. Uch-to'rt yil burun bir tanishi: "Qur'on"ni qo'lingga olib, qasam ichsang, ayollar laqqa ishonishadi", - degan edi. Shu usulni qo'llashga majburbo'ldi. Mavluda naydan taralayotgan kuyga sehrlangan ilonday qotdi-qoldi. Har qalay bitta tashvishdan qutuldim, dedi o'ziga-o'zi Abdulla, favqulodda yengil tortib. Endi avvalgisidan ham mushkulroq tashvish hali oldinda ekanligini o'ylab, ancha vaqt yuragi zirillab yurdi. Bu haqda Dildoraga aytishga qo'rqdi. U ko'nmaydi, degan andisha yuragini g'ash qilib turardi. O'rtadan Po'lat chiqib qolmaganida hali ham bir qarorga kelolmay yurarmidi. Dastlab, uni Po'lat bilan ko'rganida "meni kuydirmoqchi" degan xayolga borib, sirbermaslikka harakat qilgandi. Hali yaxshi tanimagan odamga o'zini topshirib, uning etagidan tutishi, bir kunda he yo'q, be yo'q ko'chib ketishi yigitning xayoliga ham kelmagandi. O'ylayverib, jinni bo'lib qolayozdi. O'zicha bir necha kun arazlab ham yurdi. Har qalay, shuncha yil er-xotindek bo'lib... Oqibat shu bo'ldimi? Qizning bu qilig'i izzat-nafsiga tegdi. Yo'qolgan pichoqning sopi oltin qabilida ish tutdi. Orqavoratdan avval Po'latni so'rab-surishtirdi. So'ng Dildoraning iziga tushdi. Yaqinginada undan qochib yurgan, tasodifan ko'rishib qolishganda yuragi zirillab, uning tezroq ketishini sabrsizlik bilan istagan odam endi ayolni topish ilinjida oromini yo'qotgan edi. "Mayli, men senga uylanaman, — demoqchi edi u ayolga benihoya karam ko'rsatayotgandek viqor bilan. — Faqat bir shart bilan. Bu haqda hech kimga, hatto ota-onangga ham aytmaysan. Farzand, deb ham so'z ochmaysan!" Bola tug'ilishi ayolning huquqlarini bir necha pog'onaga ko'tarib yuborishini u juda yaxshi fahmlardi. Oshdan chiqqan toshdek birdan Po'lat paydo bo'lib qolmaganida Dildoraning rozi bo'lishi turgan gap edi. Xursandligidan yig'lab ham yuborarmidi. Bugun kelib ko'rdiki, u xato o'ylabdi. Haligina unga zahrini sochgan, mazax qilgan alamzada, kibrli ayol kechagina bo'yniga osilib: "Hammasiga chidayman, faqat meni tashlab ketmang", deb yalingan qizga sira-sira o'xshamasdi.

* * *

Tun yarmidan og'ib, odamlar shirin uyquda yotgan mahal temir eshikni kimdir sekin taqillatdi. Uvqusi o'chib, alam ustida o'tirgan Dildora eshik oldiga uchib bordi. "Kim?" - dedi astagina. Qattiqroq nafas olishga-da qo'rqdi.
- Men, Dildora, men, — dedi kimdir past ovozda. Dildora ovoz egasi Po'lat ekanligini darhol angladi. Biroq eshikni ochishga shoshilmadi. Tutqichni ushlagan qo'llari titrab turardi.
- Bilaman, mendan xafasan, - dedi Po'lat yana past ovozda. — Senga aytishim kerak edi. Kechir meni.
- Ochmayman, — dedi Dildora yig'lamsirab. - To'rt kundan buyon o'lib qolay dedim-ku. Qayerda yurgan bo’lsangiz, o'sha yerga boring.
- Dildor, meni kechir. Eshikni ochmasang shu yerda o'tiraveraman.
- O'tiravering... Meni kim deb o'ylayapsiz? Bir og'iz aytib qo'ysangiz, haqqingiz ketarmidi. Nega men boshqalardan eshitishim kerak? Uyimni berib qo'yib, katta muruvvat qildim, deyapsizmi? Hoziroq chiqib ketishim mumkin. To'rt tomonim qibla mening. Etagimni boshimga yopaman-u...
- Dildora, bo'ldi...
- Ochmayman baribir eshikni...
- Shu yerda o'tiraveraman eshikni ochmaguningcha. Hech qayoqqa ketmayman.
- O'tiravering!..
Oradan chamasi ikki soatcha vaqt o'tdi. Ikkalasi ham hamon eshik oldida turishardi. Butun vujudlari quloqqa aylanib, bir-birlarining xatti-harakatini eshitishga urinishardi. "Yig'layapti shekilli, — deya o'ylardi Po'lat. — Haqiqatan ham noinsoflik qildim". "Ana, eshikka suyanib o'tirib oldi, — deb o'ylardi Dildora. — Sovuq o'tib ketmasaydi. Chekyapti... "Uh" tortdi"...
Birozdan so'ng "shirq" etib eshik kaliti buralgani eshitildi. Po'lat irg'ib o'rnidan turdi. Yarmi chekilgan sigaretni shosha-pisha uloq-tirdi.
- Senga kim xabar berganini bilaman, — dedi u ichkariga kirgan zahoti. — Sen... boya... aytganingda... Birdan xayolimga keldi. O'sha! Aniq, o'sha!
Dildoraning qovoqlari qizarib, shishib ketgani bois ko'zlari qisilib qolgandi. Yigitning yuziga qarayolmadi. Vannaga kirib, sovuq suvga yuzini chaydi, qovoqlari ustiga yumshoq sochiqni ho'llab bosib, bir necha soniya turdi. Sal o'zini bosib, avvalgi holiga kelgandan keyingina Po'latning yoniga o'tdi...
- Tunov kuni aytgandim uydan qochib ketganimni, — deya gap boshladi Po'lat. U juda asabiy edi. Hali uyga kirib kelganidan buyon tinimsiz, ustma-ust sigaret tutatar, birini chekib bo'lar-bo'lmas ikkinchisini boshlar, kichkinagina shisha kuldon birpasda sigaret qoldig'i bilan to'lgan edi. — Ish yo'q, turar-joy yo'q. Bir qancha vaqt vokzalda yotib yurdim. Qayerga ish so'rab borsam, propiska so'rashadi. Oddiy taksichilikka ham olishmadi. Pravamborbo'lmasa. Propiskani to'g'rilab keling, keyin gaplashamiz, deyishdi. Uydan bir oz pul bilan chiqqandim. To'rt oyga bazo'r yetkazdim. Kostyumimni sotishga majbur bo'ldim. Keyin soatimni... Oxirida sotishga arzigulik hech vaqom qolmadi. Qorni och odamni har maqomga yo'rg'alatish mumkinligiga o'sha paytlarda amin bo'ldim. Shu... shu... yo'lga kirganimni o'zim ham bilmay qoldim. Avvaliga vaqtinchalik, deb o'yladim. Hadisini olgach, tashlagim kelmadi. Ammo birinchi marta qoiga tushganimda juda qo'rqib ketganman va yig'laganman. Ha, ha, yig'laganman. Qamoqxona deganda ko'z oldimda dahshatli manzaralargavdalanardi, — Po'lat birdan gapirishdan to'xtab, o'rnidan turdi. Uning yuzi shu qadar o'zgarib ketgandiki, Dildora qo'rqib ketdi. Ustma-ust chekib, sal o'zini bosib olguncha bir oz vaqt o'tdi. U joyiga qaytib o'tirganda yuzidagi qo'rqinchli ifoda batamom yo'qolgan, o'mini surbetlik egallagan, ko'zlari takabburlik bilan boqardi. Ammo so'zlar bo'g'zidan bazo'r otilib chiqardi. — Qamoqxonaga tiqib qo'yib, o'zlaricha tarbiyaladik deb o'ylashadi-da. - U birovni mazax qilayotgandek, sovuq tirjayib qo'ydi. Haligina bosiqlik bilan ravon so'zlayotgan odam birdan alahsirayotgandek uzuq-yuluq gapira boshladi. -Aqlini kiritib qo'ydik... xullas... nima desam ekan... endi bu ishni qilmaydi, deb o'ylashadi. Ammo... Lekin adashishadi. Juda qattiq adashishadi. Men qamoqxonada... 10 tiyin uribqolgani uchunqamalib ketib, u yerdan qilni qirq yoradigan o'g'ri bo'lib chiqqan odamni bilaman. Lekin yaxshi tomoni ham borki, buni hech narsa bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Ha... ha... bor... Yaxshi tomoni shundaki... qanday tushuntirsam ekan?.. Qo'yib bersang bir-birini g'ajib tashlashga tayyor, asabiy, juldurvoqi mahbuslar ichida tepadagi is bosgan tuynukdan tushayotgan bir tutam nurga tikilib o'tirib ozodlikni sog'inasan. Yuraging eziladi. Erkinlikning qadriga yetasan. Qancha muddat olganingni eslaysan... va qancha qolganini hisoblashga harakat qilasan. Boshida bir oz qiyin bo'ladi, xuddi vaqt o'tmayotgandek tuyuladi. Keyin... kunlaro'tavergani sayin... hisoblash ham osonlashadi. O'zingga o'xshagan mahbuslar yoqalashib, boshingni yorib qo'yishsa ham unchalik alam qilmaydi. Biroq... seni odam o'rnida ko'rmay, birorta hayvon... yoki... jirkanch maxluqqa qaraganday muomala qiladigan, sal sarkashlik qilsang ayamasdan do'pposlaydigan qorovullarni bir umrga yomon ko'rib qolasan... Nega ranging oqarib ketdi? Qo'rqyapsanmi? Shuning uchun senga gapirgim kelmagandi-da. Hozir... oz qoldi, tugataman. Bittasi bor edi. Yuzidan zahar tomib turardi. Juda berahm va beshafqat edi. Qamoqxona uning mahriga tushganday tutardi o'zini. Ko'p emas-u... shu... bir-ikki marta mening ham yomon ta'zirimni bergan. O'zim o'lar holatda yotibman-u, hadeb: "Shu yerdan eson-omon chiqib ketsam bir kunmas bir kun bo'g'izlab ketaman?" deya qasam ichganim hech yodimdan chiqmaydi. Uch-to'rt oy burun shu ishni tashlayman deb, o'zimga-o'zim so'z bergandim. Ammo o'zimni tutolmadim. To'rt kun avval yana bir ishga qo'l urdim, azbaroyi... seni deb. Seni xursand qilmoqchiydim. Afsuski, bir sherigim chuv tushirib qo'ydi. Yaqinda bizga qo'shilgandi. Bugun birinchi marta chiqishi edi... Uning kasri urib, ikkita sherigim qo'lga tushib qolishdi. Qayoqqa gumdon bo'ldi u? Bilmayman... Uch kun o'shani izladim. Osmonga chiqdimi, yerga kirib ketdimi... Bilmayman... bilmadim... — Po'lat boshini changallagan ko'yi xayolga toldi. Dildora adoyi tamom bo'lgan, stulga mixlanib qolgandek qimir etmasdi.
- Endi mendan voz kechasan, shundaymi? - dedi Po'lat titroq ovozda.
- Nega endi? — savolga savol bilan javob berdi Dildora. -O'g'rini sevib bo'lmaydimi? O'g'rida yurak yo'qmi?
- Bor, jonidan, bor... - deya qichqirib yubordi birdan ruhi ko'tarilgan Po'lat. U Dildorani dast ko'tarib, chir aylantira boshladi.
- Mendan or qilmaysanmi? — deya qichqirdi Po'lat chir aylanarkan.
- Yo'q. Hech qachon... Hech qachon... Endi hech narsani o'ylamayman... Hech narsaga kuymayman.. Faqat yashayman... yashayman!
Ular qiy-chuv qilishgancha gir-gir aylanishar, baqirishar, kulishar, o'zlaridan bo'lak hammani, hamma narsani unutishgandi. Tashqarida esa ming azob bilan osmon yorishib, jimgina tong ota boshlagandi...
Oradan bir hafta o'tdi. Bu vaqt ichida Abdulla yana ikki marta keldi. Dildora bilan gaplashishga harakat qildi. Oxirgi kelganida Dildora uni quvib soldi. Shundan keyin u ancha vaqtgacha ko'rinmay qoldi. Dildora uning fe'lini yaxshi bilgani uchun negadir ko'ngli g'ash bo'lib yurdi. "Pismiq... Payt poylab yurgandir-da", — deyao'ylardi u hadiksirab. Nimadan hadiksirayapti? O'zi ham buni aniq bilmasdi.
- Bugun izimga tushishdi, — dedi bir kuni Po'lat dabdurustdan. Uning yuzi horg'in va tashvishli edi. — Tasodifan sezib qoldim.
Tunov kungi suhbatdan keyin Dildora shunday bo'lishini fahmlagan, qachondir, bir yildan keyinmi, yoinki bir oydan keyin, shunday bo'lishini sezgan va bunga o'zini tayyorlab ham kelayotgandi. Shunday bo'lsa-da yuragi orqasiga tortib ketdi.
- Ko'zingizga shunday ko'ringandir-da, - deya oldi zo'rg'a.
— Ko'zimga ko'ringani yo'q. Aniq bilaman... Yaxshisi, bu yerga vaqtincha kelmay turaman. Sen xavotirlanma, vaqt topib xabar olaman. Aytganday, men uning oldiga bordim...
— Kimning? — deb yubordi Dildora va birdan gap kirn haqida ketayotganini anglab, qizarib ketdi.
— U endi seni bezovta qilmaydi. Erkakchasiga gaplashib oldik, — dedi Po'lat. Cho'ntagidan qog'ozga o'rog'lik allanima chiqarib, stol ustiga qo'ydi. — Kiyimlarimni almashtirib olmoqchiman. Dazmol bosganmisan?
— Ha, — dedi Dildora va qog'ozga o'rog'lik narsaga ishora qildi. — Bu nima?
— Uning qaychisi... Soch kesadigan... Oynasini oldida turgan ekan. Bildirmasdan olib qo'ydim. Kerak bo'lib qolar...
Po'lat ma'noli qarab qo'ydi. Dildora uning qarashini tushundi. Biroq indamadi. Po'latning hozirgina yechgan kiyimlarini yig'ishtirib olib, yuvish uchun vannaxonaga kirib ketdi. Po'lat uning ko'ngli og'ridi, degan xayolga bordi. Rashki qo'zib, jahli chiqdi. Ammo o'zini bosdi. Dildora noto'g'ri xayolga borib, mendan nafratlanib yurmasin, degan o'yda u ayolning onidan bordi va og'ringan alfozda dedi:
— Meni shumlikqilyapti debyurma tag'in. Shunchaki... olgandim. Ammo shuni yaxshi bilib qo'y, men unga ishonmayman.
Dildora miq etmadi. Vannaga engashgan ko'yi kir yuvishda davom etdi. U o'ylardi. Boshidan o'tgan voqealarni o'ylar, o'zicha mulohaza qilar, hammasi ayqash-uyqash bo'lib ketgan parokanda xayollarini tartibga keltirolmay xunobi oshardi. O'ylab o'yining tagiga yetolmasdi. "Shunday bir ish qilish kerakki..." - derdi u hadeb o'ziga-o'zi. Ayol bir qarorga kelganda tong bo'zarib qolgandi.
Qo'ni-qo'shnilarga ko'rinmaslik uchun tezroq chiqib ketishga chog'lanayotgan Po'latni savolga tutdi:
— Anovi sherigingiz topilmadimi? Qochib ketgani bor-u...
— A, ha, yo'q, — deya shoshib javob berdi Po'lat.
— Mabodo... juda zarur bo'lib qolganida... boshqa birovning nomini aytib yuborsangiz bo'ladimi? Dalil-isbot qo'lingizda...
Poiat yalt etib Dildoraga qaradi. Ayol undan ko'z uzmay, tik qarab turardi. Po'lat uning ko'zlarida kuygan, o'rtangan, toptalgan, alamzada yurak aksini ko'rgandek bo'ldi. Shu bilan birga chek-chegarasi yo'q, bepoyon bir nafratlanish ham mujassam ediki, Po'lat dosh berolmadi. Indamay chiqib ketdi...
U shu ketganicha qaytib kelmadi. Ancha vaqtdan keyin yoshgina bir yigitcha kelib, uning qo'lga tushib qolganini aytdi. Yana bir necha kun o'tgach, o'sha yigitcha Dildoraga yaqinda Po'latning ustidan olib borilgan tergov ishlari tugab, ishi sudga oshirilganini, u bilan Abdulla degan sherigi ham birga ekanligini aytdi. Ketar chog'ida yana kelib xabar olishini, mabodo juda zarur bo'lib qolganda, ha, u aynan shunday dedi, juda zarur bo'lib qolganda uni qayerdan qidirib topish mumkinligini aytib, xayrlashdi. Dildora mehmon ketgach, u o'tirgan stul ustida beli bog'langan bir dasta pul va bir parcha qog'oz turganini ko'rib qoldi. Yuragi hapriqib qog'ozni qo'liga oldi. Xat Po'latdan edi. Unda shunday so'zlar yozilgandi: "Meni kut, azizim..."

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.