OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vidoiy (XIX asr)

Vidoiy (?, Kattaqo‘rg‘on - ?) — o‘zbek shoiri. 19-asr Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitiga mansub romantik uslub vakillaridan biri. Hayoti haqida ma’lumot topilmagan.

Ijodida dunyoviy adabiyot an’analariga rioya qilgan, lirik she’rlar yaratgan. She’riyatida samimiy sevgi, ahdida qat’iy bo‘lishlik, sadoqat, yaxshilikni ulug‘lagan. Ma’naviy-axloqiy qashshoqlik, adolatsizlik, jabr va zulm kabi illatlarni fosh qilgan.

Navoiyning «Xarobot aro kirdim oshifta hol, May istarg‘a ilkimda singan safol» bayti takrorlanib keluvchi tarje’bandiga tatabbu tarzida 10 ta tarje’band yozgan, she’rlariga naziralar bog‘lab, buyuk o‘tmishdoshining ijodiy an’analarini davom ettirgan.

Vidoiyning 4 ming baytga yaqin she’rni o‘z ichiga olgan devoni bizgacha yetib kelgan.

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.