OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bola — podsho

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U doim maqtanib, "dunyoda mendan zo‘r podsho yo‘q" deb yurar ekan.
Bir kuni uning yaqin do‘sti saroyga mehmon bulib kelibdi. Podsho do‘stiga:
— Dunyoda mendan zo‘r podsho bo‘lmasa kerak, — debdi.
— Ei taqsiri olam, xafa bo‘lmang-u, sizdan ham zo‘r podsho bor, — deb uning kichik o‘g‘lini ko‘tarib chiqib, yoniga o‘tqazib qo‘yibdi.
Shu payt bola otasiga:
— Suv ichaman, — debdi. Podsho darrov turib suv olib kelibdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach:
— Ota, sut bering, — debdi bola.
Podsho tezda sut olib kelibdi. Endi kelib o‘tirgan ekan, bola yana:
— Endi suvni sutga aralashtirib bering, — deb xarxasha qilibdi.
Bu aytganini ham podsho bajaribdi. Sal vaqt o‘tmay bola yana:
— Ota endi, sutni suvdan ajratib bering, — debdi. Bu gapni eshitgan podshoning jahli chiqib ketibdi.
O‘g‘liga qarab:
— Axir, sutny suvdan qanday qilib ajratib buladi, —debdi.
Bola esa yig‘lab, janjal qilaveribdi. Shunda podsho do‘stiga qarab, "haqiqatan ham mendan zo‘r podsho bor ekan",degan ekan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.