OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Do‘stlik

Bir kuni Olmaxon daraxtdan-daraxtga sakrayotib, botqoqqa tushib ketibdi. Qancha zo‘r berib urinsa ham, botqoqdan chiqib keta olmabdi. Bechora olmaxon yig‘lab-yig‘lab yordamga chaqira boshlabdi. Kakku qush olmaxonning botqoqda yotganini ko‘rib, qanday yordam berishni bilmay, kakkulab qarab turaveribdi.
Shu payt shovqin-suronni eshitib, laylak kelib qolibdi. Tumshug‘i bilan daraxtdan bir novdani sindirib olib, olmaxonga uzatibdi. Olmaxon novda yordamida botqoqdan chiqib olibdi.
Shunda laylak daraxt shoxida qo‘nib turgan kakkuga qarab:
— Do‘stning boshiga mushkul ish tushganda bir yo‘lini qilib yordam berish kerak. Botqoqqa qarab, keyin ham koyinaverish mumkin, — debdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.