OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ibn Sino va tarbiya

Yigit bilan qiz turmush qurishibdi. Oradan to‘qqiz oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soatu to‘qqiz daqiqa o‘tgach, farzand ko‘rishibdi.
— Bolamizni qanday tarbiya, qilamiz? — debdi ona.
— Uni shunday tarbiya qilaylikki, katta bo‘lganda el-yurtga foydasi tegadigan bo‘lsin, — debdi ota. Xotini:
— To‘g‘ri aytasiz, men ham shuni o‘ylab turgan edim. Yaxshisi, ustoz Ibn Sinodan so‘rab ko‘raylik-chi, u kishi nima derkin, — debdi.
Bu gap eriga ham ma’qul tushibdi. Er-xotin bolani ko‘tarib, Ibn Sinonikiga kelishibdi. U bir kichik tor kulbada yashar, shunday bo‘lsa-da, dong‘i olamga ketgan ekan.
Ibn Sino ularni yaxshi kutib olibdi, nima ish bilan kelganliklarini so‘rabdi.
— Bolamizning tarbiyasi haqida bizga maslahat bersangiz. Toki katta bo‘lgach, el-yurtga foydasi tegadigan kishi bo‘lsa? — debdi eri.
— Qachon tug‘ildi? — deb so‘rabdi Ibn Sino.
— Erta bilan tug‘ildi, — deb erining o‘rniga xotini javob beribdi.
— Ey bolalarim, — debdi Ibn Sino, — bola erta tongda tug‘ilgan ekan, hozir choshgoh bo‘ldi, kechikibsizlar. Bola tug‘ilishi bilan uning tarbiyasi haqida qayg‘urish kerak edi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.