OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ikki donishmand

Kunlardan bir sovuq kunda bir podsho bir donishmand chol bilan yo‘lda ketayotsa, bir kishi yer haydayotgan ekan. Shunda donishmand chol haligi kishiga:
— To‘qqizni uchga bermabsiz-da, inim, — debdi. Haligi kishi esa:
— To‘qqizni uchga beray desam, o‘ttiz oltilikdan ortmayapti-da, — debdi.
Podsho bilan donishmand chol bir joyda to‘xtashganda, podsho undan so‘rabdi:
— Siz boya nega "to‘qqizni uchga bermabsiz-da", deb haligi kishidan so‘radingiz? U esa "o‘ttiz oltilikdan oshmayapti" dedi. Siz nima degan edingiz-ku, u nima deb javob qaytardi?
Donishmand:
— Men "to‘qqiz oy ishlab, uch oy shu ishlaganingizni yeb yotmaysizmi" deb so‘radim. U esa "to‘qqiz oy ishlab uch oy yeb yotay desam, o‘ttiz olti tishlik bola-chaqamdan ortmayapti", deb javob qaytardi, — debdi.
Podsho ikki donishmandning savol-javobiga qoyil qolibdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.