OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mehr

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir aka-uka bo‘lgan ekan. Akasining uchta farzandi bor ekan. Ukasi esa yolg‘iz o‘zi yashar ekan.
Bahorda ikkalasi teng sherikka bug‘doy ekishibdi. Kuz kelibdi, bug‘doyni yig‘ishtirib, akasining uyiga olib kelishibdi, ikkiga bo‘lib qo‘yib, uxlagani yotishibdi. Ukasi bir uxlab turib, "Akamning bola-chaqasi ko‘p bo‘lsa, men bitta o‘zim yashasam, shuncha bug‘doyni olsam akam qiynalib qoladi-ku" deb, o‘zining ulushidan olib akasinikiga qo‘shib qo‘yibdi.
Akasi ham bir uyg‘onib turib, "Biz ko‘pchilikmiz, rizqimizni bir amallab topib olarmiz, ukam o‘zi yolg‘iz, qiynalmasin" deb, u ham o‘z ulushidan ukasinikiga solib qo‘ygan ekan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.