OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Noqulay maslahatchi

Qadim zamonda Noqulay maslahatchi degan bir kishi bo‘lgan ekan. Xalq orasida kimning boshiga mushkul ish tushsa, shu kishini chaqirtirib kelib maslahat so‘rar, uning bergan maslahati bilan ish qilar ekan. Bir kishining jinbir shoxli ho‘kizi bor ekan. Shu ho‘kiz bir kuni boshini tandirga suqib qaytarib ololmabdi. Egasi ho‘kizning boshini tandirdan chiqazib olishning ilojini qilolmay, oxiri Noqulay maslahatchining yoniga borib, maslahat so‘rabdi. U:
— Ho‘kizning boshini kesing, — deb maslahat beribdi. Ho‘kizning boshini kesishibdi. Baribir, ho‘kizning boshi tandirda qolibdi. Yana undan maslahat so‘rashibdi. U yana maslahat berib:
— Tandirni yiqiting, shundagina ho‘kizning boshini tandirdan olasiz, — debdi.
Uning bergan maslahati bilan tandirni ham yiqitishibdi. So‘ng ho‘kizning boshini tandirdan olibdilar.
Keyin Noqulay maslahatchi shodlanibdi, o‘zini-o‘zi maqtab, "Yurtda bizlardek bir-ikki maslahatgo‘y bo‘lmasa, yurt xarob bo‘lg‘usudir", deb qo‘ygan ekan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.