OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qizg‘anchiq it

Bir it bor ekan, juda qizg‘anchiq ekan.
Bir kun shu it sheriklari bilan talashib kattakon bir suyakni olib qochibdi. Suv ustidagi yakka cho‘pdan o‘tayotsa, suvda bir it og‘zida katta suyak tishlab, ko‘zlarini olaytirib, itga tikilib turgan emish,
It:
— Ir-ir-ir, — deb tishini irjaytirgan ekan, suv ichidagi it ham tishini irjaytiribdi.
It uning og‘zidagi suyakni ham tortib olmoqchi bo‘libdi va: "Hap!" — deb itga tashlanibdi. "Hap" deyishi bilan og‘zidagi suyagi, uning ketidan o‘zi ham "cho‘lp" etib, suvga tushib ketibdi, Qizg‘anchiq it rosa shalabbo bo‘libdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.