OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Shirin uyqu

Bir odamning uchta o‘g‘li bor ekan. Shu odam o‘layotganida bolalariga: "Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng", deb vasiyat qilib o‘libdi. Bu gapni ikkita katta o‘g‘li bir xil tushunibdi, kichik o‘g‘li esa undan boshqacha tushunibdi.
Ikkita katta akasi yerlarga suv sepib, chorpoyani qurib, katta ko‘rpani to‘shab kayf qilib, "uyquni shirin qilish" shunday bo‘ladi-da, deb yotaveribdi. Keyin ust- ustiga har xil shirin taomlarni yeb "ovqatni shirin qilib yeyish" mana shunaqa bo‘ladi, deb yuraverishibdi. U yoqqa ag‘anab, bu yoqqa ag‘anab yota-yota ovqatlari ham singmay, yegan ovqatlarining ham, uyqularining ham mazasini bilishmabdi. Oxiri yeyishga ovqatlari ham qolmay kambag‘al bo‘lib qolishibdi.
Kichik o‘g‘il esa ishlab-ishlab kelib, quruq yegan noni ham shirin, ichgan choyi undan ham shirin, uxlasa uyqusi ham shirin bo‘lar emish.
Shunday qilib, uning borgan sari davlati ziyoda bo‘lib, uyqusi shirin, ovqati mazali bo‘lib bora bergan ekan.
Qani ayting-chi, ota vasiyatini qaysi o‘g‘il to‘g‘ri tushuna olgan ekan?

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.