OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xotinning yaxshi yomoni mehmon kelganda bilinar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir er-xotin bor ekan. Er ovchilik bilan shug‘ullanar ekan. Uning otasi ulardan uzoqroq joyda yashar ekan.
Bir kuni er ovga ketganida birov eshikni taqillatib, "Hazratqul" deb chaqiribdi. Uning xotini eshikni ochmay, ichkaridan turib, "uyda yo‘qlar" deb javob beribdi va kelgan mehmonning kimligini ham so‘ramabdi.
Mehmon eshikning ortida turib-turib qaytib ketibdi. U kelgan kishi erining otasi ekan. Ketmasidan avval u kishi shunday debdi:
— Hazratqul kelsa ayting, ostonani boshqa qursin! Eri ovdan qaytgach, xotini:
— Siz yo‘g‘ingizda bir kishi keldi. "Eringiz ostonani boshqa qursin" deb ketdi, — debdi.
Shunda eri bo‘lgan voqeani tushunib, xotinining javobini berib yuboribdi.
Bir qancha vaqt o‘tgach, Hazratqul yana uylanibdi. U ovdaligida yana otasi kelib, eshikni qoqibdi. Xotini chiqib, uni uyga taklif etibdi, mehmon qilibdi. U xursand bo‘lib, qaytayotganida:
— Eringiz kelsa ayting, ostonani sira o‘zgartirmasin, — debdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.