OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Amaldorlar va avom din vakillari haqida maqollar

Azizlarning ko'ngli qurtova tilar.

Baxshi to'rda yaxshi, 
Mulla — go'rda.

Baxshiniki «hay» bilan, 
Mullaniki «voy» bilan. 

Baqa eti go'sht bo'lmas, 
Sipohidan do'st bo'lmas.

«Begim» deguncha beling sinar.

Bek gapirsa, bekniki ma'qul, 
Xon gapirsa — xonniki.

Bek qursin,
Bek kelib qo'ngan uyning sho'ri qurisin.

Bekka yetguncha, beling sinar.

Bekka yetib bezillaguncha, 
Qulga tegib qutulgan yaxshi.

Bekniki — bejog'lik, 
Boyniki — tejog'lik.

Bekning kosasidan suv ichma.

Betkay ketar, bel qolar, 
Beklar ketar, el qolar.

Boy bilan boy quda bo'lsa,
O'rtada yo'ig'a yurar.

Kambag'al kambag'al bilan quda bo'lsa,
O'rtada to'rva yurar.

Boy boyga boqar, 
Suv soyga oqar.

Boy bolasi boydakkina, 
Egarlab qo'ygan toydakkina.

Boy bor bo'lsa ham bermas,
Yo'q yo'q bo'lsa ham qarab turmas.

Boy buvaning oshi bor, 
Ichi to'la toshi bor.

Boy bo'lib bezillaguncha, 
Qul bo'lib qo'porib yur.

Boy ham boyga, 
Xudo ham boyga.

Boyga yollangan molli bo'lmas, 
Molli bo'lsa ham, holli bo'lmas.

Boyga ishonsang, boring ketar, 
Xonga ishonsang — boshing.

Boyning bo'yni yo'g'on.

Boyning ishi — voy.

Boyning oshi — ko'zning yoshi.

Boyning og'zi qiyshiq bo'lsa ham, so'zi to'g'ri.

Boyning tuyachisi bo'lsang, quv bo'lasan, 
Qo'ychisi bo'lsang, qui bo'lasan.

Boyning xo'rozi o'rdak olar.

Boyning xo'rozi ham tug'ar.

Butoqda xo'roz qichqirar, 
Mezanada — so'fi.

Buqaning molga sonligi yo'q, 
Xo'janing — elga.

Goh — xudo-yu rasul, 
Goh — nag'mayi usul.

Da'vo qilma domladan, 
Qarzdor bo'lma so'fidan.

Domla-imom och qolsa, bozor kezar, 
So'fi och qolsa — mozor.

Yer — boyniki, 
Suv — soyniki.

Yer og'asi — xudo, 
Suv og'asi — sulton.

Yerning yirtig'i yo'q, 
Boyning — tirtig'i.

Yog'i yo'q, qaymog'i yo'q, choyi qursin, 
Xayri yo'q, ehsoni yo'q, boyi qursin.

Yog'ochning yomoni — so'qi, 
Odamning yomoni — so'fi.

Zolim oshi osh bo'lmas, 
Yomon yig'ilib bosh bo'lmas.

ZoUmdan vafo tilama.

Zolimdan panoh tilama, 
Fosiqdan — vafo.

Zolimning joyi — jahannam.

Zo'r bilan ko'rning aqli bo'lmas.

Zo'r — zo'rniki, 
Tomosha — ko'rniki.

Zo'ravonda hayo yo'q.

Zo'ravonlik — oxiri vayronlik.

Zo'rlik bor yerda zo'ravon ko'payar.

Zo'rlikning so'nggi — xo'rlik.

Ikki mulla — bir kishi, 
Bir mulla — yorti kishi.

Mingboshiga ming bersang, ming'irlar, 
Yuzboshiga yuz bersang, yuz urar.

Mol ko'paysa, barakat ortar, 
Mulla ko'paysa — oyat.

Mulla bilganin o'qir, 
Qarg'a ko'rganin cho'qir.

Mulla-imom xotin bilan o'ynar, 
Illatini qavmi tortar.

Mulla, mullaning ishi — hiyla.

Mulla palovga o'ch, 
Bangi — olovga.

Mulla soqoliga oro berar, 
Lo'li — zulfiga.

Mulla folbinni ko'rolmas, 
Eshon — ikkalasini ham.

Mulla holvani ko'rsa, 
Qur'onni unutar.

Mullaga bersang, oldim demas, 
Ko'rga bersang, ko'rdim demas.

Mullani mozorda ko'r, 
Dallolni — bozorda.

Mullaning aytganini qil, 
Qilganini qilma.

Mullaning sallasi oq, 
Yuragi — qora.

Mullaning saxiyligi — tilida.

Mullaning semizidan qo'rq, 
Tabibning — orig'idan.

Mullaning qorni ochsa, nomozi tugar. 

Mullasi ko'p elning to'qlisi haromga chiqar.

Muttahamdan gap so'rasang, berasi ko'p, 
To'radan gap so'rasang, ertasi ko'p.

«Nun» — mullaga chanoq un.

Odamning buzug'i ham qozi, 
Buzg'unchisi ham.

Odamning to'rasi xushmas,
Otdan tushsa ham, egardan tushmas.

Oy botsa ham, boy yotmas.

Oy chiqsa ham, boyga chiqsin, 
Kun chiqsa ham, boyga chiqsin.

«01ing-oling» deganda, 
Haromi yo'q eshonning. 

«Bering-bering» deganda, 
Oromi yo'q eshonning.

Olio berganni mullo bermas.

Og'zi qiyshiq bo'lsa ham, 
Boyning o'g'li gapirsin.

Pirim,
Pirimda qoldi bir mirim.

Piringning ham piri bor.

Podsho zolim bo'lsa, yurt to'zar, 
Podsho odil bo'lsa, yurt o'zar.

Podsho taxtidan toysa, 
Vaziri gado bo'lar.

Podsho fuqaro bilan podsho. 

Podshoning kuragi uzun.

Podshoning qo'ltig'i keng.

Podshoning holi tang bo'lsa, 
Gadoni axtarar.
Gadoning holi tang bo'lsa, 
Xudoni axtarar.

Savodsiz mullaning sallasi katta.

Sallaga boqma, kallaga boq.

So'fi kavush o'g'irlar, 
Eski choponni o'g'ri qilar.

So'fi so'g'on yer, 
Topilsa, yo'g'on yer.

Taassub qilma boyga, 
Keting tegadi loyga.

Tekin sharobni qozi ham ichar.

Tuyaning dumi yerga tegar, 
Xo'janing qizi erga tegar.

To'raga ishing tushsa, chaynamay yutar.

To'g'ri gap eshon-u qoziga yoqmas.

Xon bor yerda qon bor.

Xon boqdi — xudo boqdi.

Xon ko'p bo'lsa, yov ko'p bo'lar, 
Bek ko'p bo'lsa, dov ko'p bo'lar.

Xon odillik qilmasa, 
Xonumondan ayrilar. 

Boy xayrlik qilmasa, 
Bor molidan ayrilar.

Xon xonga yig'lar, 
Xon — xotiniga.

Xon xondan qo'rqar, 
Xon — xotinidan.

Xon qoshida qorang bo'lsa, 
Qora kemang qirda yurar.

Xonni odil dedilar, 
Xonumondan ayrildik. 

Boyni xayrh dedilar, 
Bor-u yo'qdan ayrildik.

Xo'ja, mulla el buzar, 
Cho'p-chor yer buzar.

Xo'ja ochdan o'lar, 
To'ra — tomoqdan.

Xo'jadan qiz ohsh — 
Patirdan qil olish.

Xo'jam dedim, belim sindi, 
Belimgina emas, qo'lim sindi.

Xo'jamning qorni to'q, 
Quli bilan ishi yo'q.

Xo'janing aqli tushdan keyin kirar.

Chorakor choraklab olar, 
Boy akam — botmonlab.

Shariatda sharm yo'q. 

Shariatning yo'li ko'p.

Erkin qo'ysang xo'jani, 
Yotib ichar go'jani.

Eshak Makkaga borib hoji bo'lmas.

Yangi boyda tinim yo'q, 
Eski boyda — uyqu.

Yantoqning yog'i yo'q, 
Qozi, eshonning — sog'i.

O'ynashmagin amir bilan, 
Amir urar temir bilan.

O'ynashmagin arbob bilan, 
Arbob urar har bob bilan.

O'lanli yerda ho'kiz semirar, 
O'limli yerda — mulla.

O'likning ko'zidan yosh chiqmas, 
Eshonning uyidan osh chiqmas.

Qiyshiq arava yo'l buzar, 
Qozi, mulla el buzar.

Qing'ir og'iz bo'lsa ham, 
Boyning qizi er tanlar.

Qozi rishvasiz bo'lmas.

Qoziga bora berma, pora ber.

Qoziga borsang, qozi pulini tugib bor.

Qor boshiga qor yetar, 
Xon boshiga xon yetar.

Qor yog'di deb sevinma, 
Ayozlari bor. 
Xo'ja keldi deb sevinma, 
Niyozlari bor.
Qor yog'di deb suyunma, 
Qirovlari bor. 
So'fi keldi deb suyunma, 
So'rovlari bor.

Qulluq qilsang to'raga, 
Yiqilasan o'raga.

Qulni qui desang, o'lgisi kelar, 
Bekni bek desang, kulgisi kelar.

Qo'ziqorin go'sht bo'lmas, 
Domla-imom — do'st.

Qo'l qo'lni bilar, 
Shariat — yo'lni.

Hayvon o'lsa, qarg'a shod, 
Odam o'lsa, mulla shod.

Hamma hamma bilan, 
Mulla g'umma bilan.

Hokim bo'lsang, xalqni bil.

Holingni hokimga ayt, 
Bor-yo'g'ingni tashlab ket.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.