OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mas'uliyat va mas'uliyatsizlik haqida maqollar

Bekor otning boshi o'tlar, 
Bog'liq bo'lsa, yaxshi o'tlar.

Bekor o'tirguncha, bekor ishla.

Beparvo do'stdan yog'och yaxshi. 

Bir nafaslik muhabbat, 
Boshga keltirar ofat.

Bolaga ish buyur, 
Orqasidan o'zing yugur.

Boshliq bo'lish oson, 
Boshlamoq qiyin.

Boq otingni arpa bilan, 
Boqar qazi-qarta bilan.

Bugun oyog'ing to'rtta bo'lsa, 
Ertaga tuzli xalta yelkangda.

Bo'lar-bo'lmasga urinma, 
Oxirida surinma.

Dunyoda bir ko'ngilchak o'lar, 
Bir — erinchak.

Dutorchi dutorchini ko'rsa, qo'li qaltirar.

Do'sting do'st bo'lsin, 
Hisobing durust bo'lsin.

Yemakning qusmog'i bor.

Yengil oyoq uzoqqa qo'shar, 
Yengil bosh tuzoqqa tushar.

Yetim yurib yetilgan o'zar.

Intizomli lashkar yengilmas.

Yo'li olis tinim bilmas.

Katta boshning og'rig'i ham katta.

Kissasida puli yo'q, 
Kisavurdan g'ami yo'q.

Kishi to'ni — kirchil, 
Kishi oti — terchil.

Ko'z — tarozi, 
Ko'ngil — qozi.

Ko'zi yo'qning o'zi yo'q.

Ko'nmasga ko'p bersang, ko'nadi.

Maydonga kirgan manglayini qashir.

Mastlik — rostlik.

Mendan ayb o'tmas, 
Tilim toyib ketmas.

Narvonga chiqsang, shoshmay chiq, 
O'z haddingdan oshmay chiq.

Notiq mahmadana bo'lsa, 
Majlisning burdi ketar.

Omonat ish ovora qilar.

Omonat, omonatga qilma xiyonat.

Osilsang, baland dorga osil, 
Yiqilsang, maydonga yiqil.

Oson yerda osh qayda.

Oson ishning ohi bor.

Ot mingan olisni ko'zlar.

Otni sinash oson, 
Odamni sinash qiyin.

Oqma quloqqa aytsang, oqib ketar, 
Quyma quloqqa aytsang, quyib olar.

Og'iz — bir, quloq — ikki, 
Bir so'zlab, tingla qirq ikki.

Ur, deganga zo'r kelmas, 
Urganga zo'r kelar.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.