OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1301-1400)

1301. Adolf Gitler yozgan mashhur kitob qaysi?
Javob: Mein kampf (Mening kurashim).

1302. "Junglidan kelgan odam" degan ma’noni anglatuvchi hayvon nomi?
Javob: Orangutan.

1303. Qaysi AQSh prezidenti o’zini mudofaa qilishlaridan (ohrana) voz kechgan edi?
Javob: Richard Nikson.

1304. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell nima uchun o’z onasi va xotiniga biron marta ham telefon qilmagan?
Javob: Bellning onasi va xotini tug’ma kar bo’lishgan.

1305. Dastlab o’z onasini, ona o’limidan 3 yil so’ng o’z xotini o’ldirishga buyurgan, Rimga o’t qo’ygan va oxir-oqibat o’zini o’ldirgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Neron.

1306. Abort qilishga va fohishaxonalarga rasman ruxsat berilgan yagona musulmon davlati qaysi?
Javob: Tunis.

1307. 1983 yilda bironta ham odam tug’ilmagan dunyodagi yagona davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

1308. Leonardo da Vinchi aslida hayotda qaysi kasb bilan shug’ullangan?
Javob: Harbiy-injener.

1309. 1979 yil 18 fevralda Sahroi kabir tarixida bo’lmagan voqea yuz berdi. O’shanda qanday hodisa yuz bergandi?
Javob: Qor yoqqan.

1310. Bu sayyoraning ekvatorial diametri 143884 km ni tashkil etadi. Uning massasi Yernikidan 318 baravar og’ir. Gap qaysi sayyora haqida ketyapti?
Javob: Yupiter.

1311. 1799 yili Napoleon Bonapart tomonidan 10 kunlik motam e’lon qilingan va butun Fransiya motam tutgan edi. O’shanda qaysi mashhur shaxs vafot etgan edi?
Javob: Jorj Vashington.

1312. Undan foydalanishni arablar 7 asrning ikkinchi yarmida boshladilar. Yevropaliklarga bu g’aroyib mahsulot 13-14 asrlarda ma’lum bo’ldi. 17 asrda Yevropada uni keng iste’mol qila boshlashdi. Gap nima haqda ketayapti?   
Javob: Kofe.

1313. "Liliput" so’zi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Jonatan Sviftning Gulliverning sayoxatlari asarida asar qahramoni Liliputiya mamlakatiga borib qoladi. U yerning aholisi mitti odamlar bo’ladi.

1314. AQSh prezidentlari ichida eng kam muddat hokimiyatni boshqargani kim?
Javob: Villiam Garrison. U innaguratsiyadan 1 oy o’tib, pnevmaniyadan vafot etadi.

1315. Bu hayvonni yevropaliklar birinchi marta ko’rganda "tuyapard" deyishgan, ya’ni tuya va leopardning gibridi. Aslida bu hayvon qaysi edi?
Javob: Jirafa.

1316. 4 yoshida Qur’oni karimni to’la yod olgan olim kim?
Javob: Ibn Sino.

1317. Yaponlar bu ichmlikni zaharga tenglashtirishgan. Bu ichimlik qaysi?
Javob: Sovuq choy, yaponlarni tekshiruvlariga ko’ra, issiq choydagi foydali moddalar, sovib qolganida inson uchun zararli bo’lgan moddaga aylanarkan.

1318. Bu rus adibi 6 yoshida fransuz, nemis, ingliz tillarida gaplashgan. Bu kim?
Javob: Tolstoy.

1319. Oliv’ye salati qaerdan kelib chiqqan?
Javob: Olive salatini XIX asrning 60-yillarida frantsuz oshpazi Lyusen Olive kashf qilgan. Lyusen Parijdagi eng obroli restoranlardan birining xojayini edi. Restoranning eng mashhur taomi ham aynan Olive salati edi. Salat retseptini Lyusen Olive to olimiga qadar sir saqladi. Shunga qaramasdan, 1904 yili salatning retsepti qayta kashf etildi. Salatning tarkibi quyidagicha edi: 2 ta bulduruq qushi, buzoq tili, tuzlangan qora ikra, salat bargi, 25 ta qaynatilgan qisqichbaqa, yarim banka pikuli sabzavoti, yarim banka soya, 2 ta bodring, kavar, 5 ta tuxum.

1320. Napoleon torti tarixini bilasizmi?
Javob: 1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda yangi pishiriq ham paydo bolgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini eslatuvchi, uchburchak korinishli tort kopchilikning etiborini tortgandi. Oshanda hamma bu tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq togri tortburchak korinishiga ega bolsa-da, hamon Napoleon nomi bilan ataladi.

1321. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib otgan?
Javob: Bartolomeo Dias.

1322. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni Katta Bill deb atashgan?
Javob: AQSh prezidentlari ichida eng ogir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning ogirligi 352 funt bolganligi bois uni Katta Bill deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun mazsus eshik, ogir yuk tashishga moljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis oynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft songgi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.

1323. Birinchi marta Qahramon ona ordenini kimga berishgan?
Javob: Qahramon ona fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar Qahramon onalar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlogida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bolishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bolgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya azolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bolishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Kopfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.

1324. Pomidorning vatani qayer?
Javob: Braziliya.

1325. Kofening vatani qayer?
Javob: Efiopiya.

1326. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy qirgoqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?
Javob: Abel Tasman.

1327. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?
Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss Grantdir. AQShning 17-prezidenti oz otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.

1328. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo boldi. Uning kashfiyotchisi kim?
Javob: Genry Ford.

1329. Asl ismi Lesli Lanch King bolgan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 38-prezidenti Gerald R. Ford.

1330. Eng uzun mo’ylov, eng uzun tirnoq kabi bema’ni rekordlar mualliflari qaysi davlat fuqarolaridir?
Javob: Hindiston.

1331. Eng uzoq umr korish boyicha qaysi davlat aholisi birinchi orinda turadi?
Javob: Andorra.

1332. Ozbekistonda aholini royxatga olish birinchi marta qaysi yili amalga oshirilgan?
Javob: 1865 yili.

1333. Grekchadan binafsha degan manoni anglatuvchi modda?
Javob: Yod.

1334. Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
Javob: Rentgen nurini kashf qilgan olim - Rentgen.

1335. Professor unvonini olgan birinchi ozbek olimi kim?
Javob: Abdurauf Fitrat.

1336. Pashshada 19 ta, olmaxonda 22 ta, borida 42 ta, kitda 60, quyonda 28ta, shilliqqurtda 25 000 ta. Bu nima?
Javob: Tish.

1337. Dunyoda eng birinchi tramvay qaerda paydo bolgan?
Javob: 1832 yili Nyu yorkda ot qo’sgilgan tramvaylar paydo bo’lgan.

1338. Interpolga kim asos solgan?
Javob: Monako shahzodasi Albert.

1339. Otgan asrlarda bolta Rossiyada qaysi kasb egalarini ramzi hisoblangan?
Javob: O’t o’chiruvchilar.

1340. Norma Jin Bekker qaysi mashhur aktrisaning haqiqiy ismi?
Javob: Merilin Monro.

1341. Odam organizmidagi eng kuchli muskul qaysi muskil hisoblanadi?
Javob: Til.

1342. Ozbek maqomchilar ansamblining asoshisci kim?
Javob: Yunus Rajabiy.

1343. Komila taxallusi bilan ijod qilgan shoira kim?
Javob: Nodirabegim.

1344. 22 yoshida Ozbekistonda hizmat korsatgan artist, 27 yoshida Xalq artisti nomini olgan buyuk ozbek sanatkori kim?
Javob: Botir Zokirov.

1345. Yagona saksafon chala oladigan AQSH prezidenti kim?
Javob: Bill Klinton.

1346. Hijron tahallusi bilan ijod qilgan shoir kim?
Javob: Abdulla Avloniy.

1347. Spartada bu turdagi erkaklar eng past toifa erkak sifatida qaralgan. Bular qanday erkaklar edi?
Javob: Bo’ydoqlar.

1348. Eng uzoq vaqt suvsiz yashay  oladigan jonzot?
Javob: Kalamush.

1349. Yura olmaydigan qush qaysi?
Javob: Kolibri.

1350. Injilda faqatgina bitta uy hayvoni haqida aytilmagan, bu qaysi hayvon?
Javob: Mushuk.

1351. Kenguru  qanday qilib bu nomni olganini tarixini bilasizmi?
Javob: Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi galati hayvon nima? deb sorashgan, ular esa Kenguru deya javob berishgan. Bu soz Tushunmaymiz, degan manoni anglatadi.

1352. Boshqa davlatlar bilan eng ko’p chegaradosh mamlakat  qaysi?
Javob: Xitoy.

1353. Dunyodagi barcha mamlakatlar orasida reklama uchun mablag’ sarflaydigan davlat qaysi?
Javob: AQSh.

1354. Xitoyda 90 millionta kishini boglab turuvchi narsa bor. Bu narsa nima?
Javob: Li familiya egalari.

1355. AQSh prezidentlari orasida eng boyi pasi va eng novchasi kim bolgan?
Javob: Eng bo’yi uzuni Linkoln, pasti Medison.

1356. Servantes bilan Shekspirni hayotida bir kunda bir yilda bir hil voqea bolib otgan. Bu qanday voqea?
Javob: Ikkalasi ham bir kunda  1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

1357. Nobel mukofoti har yili qaysi kuni topshiriladi va marosimning aynan shu kuni otkazilishining sababi bilasizmi?
Javob: 10 dekabr, Nobel vafot etgan kun.

1358. Dunyodagi 1-chi afisha qartda paydo bolgan?
Javob: Fransiya.

1359. Billiard oyini qaerda kashf  etilgan?
Javob: Xitoy.

1360. Futbol boyicha I-chi Jahon chemoionati qachon va qaerda bolib otgan?
Javob: 1930 yil 13-30 iyulda Urugvayda.

1361. Silvio Gazzani  jahon futboliga bir ish qilib katta hissa qoshgan. U nima ish qilgan?
Javob: Italiyalik zargar jaxon chempionati kubogi oltin mabudani yaratgan.

1362. Eng mitti davlat qaysi?
Javob: Vatikan.

1363. Dunyodagi eng tez (minutiga 350 ta so‘z) gapiradigan millat qaysi?
Javob: Fransuzlar.

1364. Suvdan qo’rqish kasalligi qanday nomlanadi?
Javob: Gidrofobiya.

1365. Dunyoda eng ko’p tarqalgan ism qaysi?
Javob: Muhammad.

1366. Koala ayig’i kuniga necha soat uxlaydi?
Javob: 22 soat.

1367. Oyga inson qadami nechanchi yilda qo’yildi?
Javob: 1969 yil, Nil Armstrong.

1368. Insondan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Fil.

1369. Qondagi zararli moddalarni tozalaydigan inson a’zosi qaysi?
Javob: Jigar.

1370. Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya paytida o’lsa, shifokorga qanday jazo berilgan?
Javob: Qo’lini kesib tashlashgan.

1371. Pivo ichish bo’yicha qaysi davlat birinchi o’rinda turadi?
Javob: Chexiya.

1372. Fransiyada qanday tasvirli qo’g’irchoqlar sotilishi taqiqlangan?
Javob: O’zga sayyoraliklar tasvirli qo’g’irchoqlar.

1373. Qaysi shaharda Pinokkioga haykal o’rnatilgan?
Javob: Italiyaning Kollodi shahrida.

1374. Qaysi hayvonlar ko’zi ochiq holda uxlaydilar?
Javob: Bo’ri va delfinlar.

1375. Dunyo davlatlari bayroqlarida eng ko’p tasvirlangan hayvon qaysi?
Javob: Sher.

1376. Italiya milliy bayrog’i kim tomonidan yaratilgan?
Javob: Napoleon.

1377. Birinchi bo’lib qaysi davlatda jamoat joylarida sigaret chekish taqiqlangan?
Javob: Irlandiyada.

1378. Samo jismlarining ellips orbita boylab harakat qilishini  Keplerdan ancha oldin kim aytgan?
Javob: Beruniy.

1379. Qonun asari olti asr mobaynida Fransiya va Italiya universitetlari tibbiyot fakultetlarida asosiy darslik bolib hizmat qilgan. Bu asar muallifi kim?
Javob: Abu Ali ibn Sino.

1380. Bluetooth moslamasi qayerda ilk bor ishlab chiqarilgan?
Javob: Daniyada.

1381. Inson yuragi bir yilda necha marta uradi?
Javob: 42 000 000 marta uradi.

1382. Inson terisi har yili necha marta yangilanadi?
Javob: 3 marta.

1383. Qaysi fransuz qiroli Quyoshli qirol nomi bilan mashhur bo’lgan?
Javob: Lyudovik 14.

1384. Albert Eyshteynning vafoti paytida aytgan so’zlari u bilan birga qabrga ketgan. Nima uchun uning so’nggi so’zlarin saqlanib qolmagan?
Javob: Chunki Enshteyn nemis bo’lgan. Uni gapini tushunishmagan.

1385. AQShning qaysi mashhur kishisi mamlakatning milliy ramzi sifatida kurka tovuq tayinlanishifa tarafdor bo’lgan?
Javob: Benjamin Franklin.

1386. Insonning qaysi a’zosi kuniga 2 tonnaga yaqin qonni haydaydi?
Javob: Yurak.

1387. Dunyodagi eng birinchi dorixona qachon va qayerda ochilgan?
Javob: Bag’dodda. 1000 yilda.

1388. Rus knyazlari orasida birinchi bo’lib podshoh unvoniga ega bo’lgan shaxs kim?
Javob: Ivan Grozniy.

1389. U Italiyada - qirol, Ispaniyada - qirolning akasi, Germaniyada - protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada - mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bolgan. gap kim haqida ketayapti?
Javob: Napoleon.

1390. Viktor Gyugoning fikricha, qaroqchi va halol inson o’rtasida tinchlik o’rnatishning buyuk vositasi bor. Bu nima?
Javob: Pul.

1391. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko’p qahva iste’mol qiladiganlar kimlar?
Javob: Shvedlar.

1392. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o’yinni o’ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo’lgan o’yin qaysi?
Javob: Stol tennisi.

1393. Samuraylarning o’zini tutish kodeksi (qonun-qoidasi) nima deb ataladi?
Javob: Busido.

1394. Yer sayyorasidan 330 marotaba katta. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Quyosh.

1395. Mendeleyev oilada nechanchi farzand bo’lgan?
Javob: 17-chi.

1396. Dunyoda bolalar salmog’i eng kam va eng ko’p bo’lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Germaniya-Keniya.

1397. Dunyoda qariyalar salmog’i eng kam va eng ko’p bo’lgan mamlakatlar qaysi?
Javob: Qariyalar soni Shvesiyada esa eng ko’p (24 foiz) va Quvaytda eng kam (2 foiz) dir.

1398. Dunyoning qaysi davlatlarida aholini ro’yxatga olish o’tkazilmagan?
Javob: Yaman va Qatar

1399. 1918-1919 yildagi bu epidemiyadan AQSH va Yevropada 20 mln odam nobud bolgan. Gap qaysi kasallik haqida ketayapti?
Javob: Gripp.

1400. Mamuriy markazi Littl york bolgan bu AQSH shtati 1836-yil 15-iyunda 25-shtat deb elon qilindi?
Javob: Arkanzas.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.