background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1401-1500)

1401. 1945-yil 15-iyunda ingliz xarbiylari ushbu xind siyosatchisini ozod qilishdi?
Javob: Javaharla’l Neru.

1402. 1999-yil 15-iyun Belgiyada kimyoviy moddalari kopligi uchun bu salqin ichimlikni sotish taqiqlab qoyildi?
Javob: Coca-cola.

1403. San-fransiskodagi Oltin darvozalar kopigini olim koprigi deb xam atashadi. Buning sababi nimada?
Javob: Ko’prikdan ko’pchilik o’zini tashlab vafot etadi.

1404. 1885-yil 17-iyulda Fransiya sovgasi sifatida AQSHga uni olib kelishdi?
Javob: Ozodlik haykali.

1405. Yunon mifologiyasida aks sado mabudasi?
Javob: Exo.

1406. Yer shari iqlimlari tavsifini organuvchi fan?
Javob: Klimatologiya.

1407. Teador Ruzveltning xotini va onasi olgan kuni biz qaysi avliyoni yodga olamiz?
Javob: Avliyo Valentin.

1408. Ozbekfilm kinostuditosi oldin qanday nomlangan?
Javob: 1925 yili "Sharq Yulduzi" nomi bilan tashkil etilgan.

1409. Titanik filmida eng kop ishlatilgan soz qaysi?
Javob: Rouz (Rose) so’zi.

1410. Vashingtonda joylashgan bu bino 1800-yil 4-iyunda qurib bitkazildi?
Javob: Oq Uy.

1411. 2007-yil 7-oyning 7-kunida ularning yangi talqini aniqlandi?
Javob: Dunyoning yangi yetti mo’jizasi.

1412. Marakaybo koli qaysi davlat xududida joylashgan?
Javob: Venesuelada.

1413. Asl isni Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf Ibn Zakiy Muayyad bo’lgan xamsanavis shoir kim?
Javob: Nizomiy Ganjaviy.

1414. 1703-yil 27-mayda u Sankt-Peterburgga asos soldi?
Javob: Pyotr I.

1415. Mashxurligi bo’yicha Pepsi va Koladan keyin 3-o’rinda turuvchi salqin ichimlik qaysi?
Javob: Fanta.

1416. Bu so’z lotincha "vita" so’zidan olingan bo’lib, hayot degan ma’noni bildiradi?
Javob: Vitamin.

1417. Bu so’zni lotinchadan tarjima qilsak "zaxar" degan ma’noni bildiradi?
Javob: Virus.

1418. Hozirgacha eng ko’p saxnalashtirilgan  personaj kim?
Javob: Sherlok Xolms.

1419. U olimpiada chempioni va olimpiadaning eri bo’lgan?
Javob: Filipp II.

1420. Amerikaliklar xazillashib krestdan ko’ra sariq rangdagi bir xarfni ko’proq ko’rganmiz deyishadi. Bu lotin alifbosidagi qaysi xarf va u nimani bildiradi?
Javob: M (MacDonalds).

1421. Ispaniya La-ligasining 1-chempioni qaysi jamoa bo’lgan?
Javob: Barselona.

1422. Dunyodagi rangli dengizlarning soni nechta?
Javob: 4 ta: Qizil dengiz, Oq dengiz, Sariq dengiz, Qora dengiz.

1423. Serra-Leone davlati bilan O’zbekiston bayrog’i deyarli bir xil. Bu bayroqlarni qaysi rang ajratib turadi?
Javob: Syerra Leone bayrog’ida ko’k rang tepada, qizil chiqiq, Oy, yulduzlar yo’q.

1424. Daltoniklar asosan qaysi 2ta rangni ajrata olishmaydi?
Javob: Yashil va Qizil.

1425. Quruqlikda yashovchi eng yirik yirtqich xayvon qaysi?
Javob: Oq ayiq.

1426. AQSHning ushbu prezidenti "Derringer"  rusumli to’pponchadan otib o’ldirilgan. Bu qaysi president?
Javob: Avraam Linkoln.

1427. AQSHning Nebraska shtatining  markaziga qaysi prezidentning  nomi berilgan?
Javob: Linkoln.

1428. Qaysi osmon jismi "adashib qo’lgan yulduz" degan ma’noni bildiradi?
Javob: Planeta.

1429. Yangi yilni 1-bo’lib, qaysi arxipelagda kutib olishadi?
Javob: Fiji.

1430. Bu so’zni arabchadan tarjima qilsak "shirinlik" degan ma’no kelib chiqadi?
Javob: Holva.

1431. Qaysi oyga Rim imperatori Oktavianning nomi berilgan?
Javob: Avgust.

1432. Sezar  boshiga Lavr gulchambarini taqib yurishining sababi nimada?
Javob: Sochi to’kilayotganini yashirish uchun.

1433. Bu davlatda sportga juda katta e’tibor beriladi. Mamlakatda148ta stadion, 4700ta sport zali, 128ta suv kompleksi,1842ta TIR, 21000ta o’yin maydoni mavjud. Bu davlatning poytaxti qaysi shaxar?
Javob: Toshkent.

1434. Dunyodagi eng keng sharshara Kon sharsharasi xisoblanadi. Ushbu sharshara Osiyo qit’asidagi qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Laos.

1435. Rasululloh s.a.v. uch xil narsadan bosh tortmaslikni buyurganlar. Ya’ni sizlarga taqdim yoki hadya qilingan uch narsadan. Bular nima?
Javob: Sut, mushk, yostiq.

1436. Rasululloh s.a.v. insonning tanasini nimaga va uning boshini nimaga o’xshatganlar?
Javob: nsonning tanasini Iymonga, uning boshini esa sabrga o’hshatganlar.

1437. Irlandiyada asosan pivo ishlab chiqaruvchi korhona direktori bo’lgan H’yu Biveru dunyoga mashhur kitobga asos solgan bu qaysi kitob?
Javob: Ginnesning rekordlar kitobi.

1438. Musulmonlar orasidan eng birinchi ko’tariladigan narsa va oxiri qoladigan narsa nima?
Javob: Qiyomat yaqinlashgan sari mo’minlar orasida hush’u yo’qoladi namozni esa surati qoladi.Hushusiz namoz faqat suratdagina namoz bo’ladi.

1439. Allohning yakkaligiga va Muhammad s.a.v. Allohning rasuli ekanliklariga maxfiy ravishda iymon keltirgan inson kim edi?
Javob: Najoshiy.

1440. Qur’oni karimning bir surasining har bir oyati arab alifbosidagi "Yo"(Y) harfi bilan tugagan. Bu surani nomini toping.
Javob: "Al-Layl" surasi.

1441. Qur’oni karimning bir surasining har bir oyatida "Alloh" lafzi kelgan. Bu sura qaysi?
Javob: Mujodala surasi.

1442. Manbalardan bizga ma’lumki, Umar ibn Xattob r.a. halifalik davrilarida va keyingi halifalar zamonida Ko’fa shahri fuqorolari noroziliklar va shikoyatlar qilishda birinchi o’rinda bo’lishgan. Umar ibn Xattob r.a. davrlarida shikoyat va norozilikar bo’yicha "Ikkinchi Ko’fa" degan nomni olgan shahar qaysi?
Javob: Shom viloyatining Xims shahri.

1443. "Tirik shahid" laqabini olgan sahobiy kim? Bu sahobiy ushbu laqabni qaysi g’azotda olganlar?
Javob: Kim olganidan keayin xam yerda yurgan kishini kormoqligi xursand qilsa, bas u Talha ibn Ubaydullohga qarasin. (Muhammad Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)dan. "Tirik shahid "qissasi esa Uhud jangida bo’lgan.

1444. Abu Hurayra r.a.ning johiliyat davrida ismlari nima bo’lgan?
Javob: Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy.

1445. Rasululloh s.a.v.ning ham amakilari, ham emikdoshlari bo’lgan sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

1446. Rasululloh s.a.v. kimga, u iymon keltirganidan keyin ham,"meni ko’zimga ko’rinma",deganlar. Va o’zlari vafot etgunlaricha uning yuziga qaramaganlar. Bu kishi kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalibni qotili Vahshiy.

1447. Shuhadolarning sayyidi, nomini olgan sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

1448. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. qotili kim bo’lgan? U kimning quli bo’lgan?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttolibni qotillari ismi Vaxshiy bo’lib u Quraysh raislaridan biri Jubayr ibn Mut’imning quli edi.

1449. Umar ibn Xattob r.a:"Ilmga liq to’la ko’zacha", degan ta’rifni qaysi sahobiyga nisbatan aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1450. Abu Bakr Siddiq r.a.ning qizlari Ummu Gulsum qaysi sahobiyning zavjasi bo’lgan?
Javob: Talha ibn Ubaydullohning.

1451. Rasululloh s.a.v. bir sahobiy shahid bo’lganida, unga 70 marta janoza o’qiganlar. Bu sahobiy kim?
Javob: Hamza ibn Abdulmuttalib.

1452. Hamza ibn Abdumutallibning r.a. kunyalari nima bo’lgan?
Javob: Abu Umora.

1453. Rasululloh s.a.v.ning ashoblari orasidagi Qur’on hofizlari, bir hofizi Qur’onga:"Ichimizda Allohga eng yaqin bo’lgan hofizi Qur’on", deya ta’rif berishgan. Bu ulug’ baxtning sohibi qaysi sahobiy bo’lgan?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1454. "Uning Islomi fath, hijrati nusrat va amirligi rahmat bo’ldi". Bu so’zlarni bir sahobiy boshqa bir sahobiyga nisbatan aytganlar. Bu ikki sahobiyni toping.
Javob: Bu so’zlar Umar r.a.ga nisbatan aytilgan.

1455. Abu Hurayra r.a. kimni qo’llarida Islomni qabul qilganlar?
Javob: Tufayl ibn Amr.

1456. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday sirli bogliqlik bor?
Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident boldi. 25-prezident Jon Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni oldirgan qotillarning ham tugilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari koz ongida oldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala Jonsonning tugilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga olimi oldidan shu tadbirni qoldirishni maslahat borgan edi.

1457. U katta plantator va quldor bolgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning qolida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?
Javob: Jorj Vashington.

1458. Qaysi Respublika 11ta  davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

1459. Sayyoramizda eng kop mehnat qiluvchi halq kimlar?
Javob: Ma’lum bo’lishicha yaponliklar sayyoramizda eng ko’p mexnat qiluvchi xalqdir. Statistik ma’lumotlarga ko’ra har bir yaponlik yiliga o’rtacha 2096 soat ishlab chiqarishda band bo’lar ekan. Ikkinchi o’rinda - Shveysariya - 1966 soat, amerikalialar esa yiliga o’rtacha - 1909 soat ish bilan shug’illanib, dunyoda uchinchi o’rinni egallab turibdi.

1460. Dunyoda eng kop ijro qilinadigan qoshiq qaysi?
Javob: Happy birthday to you.

1461. Qaysi Respublika 11ta  davlat tilliga ega?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi davlat tillarining soni roppa-rosa 11 ta! Bular: ingliz, afrikaans, zulu, kosa, sesoto, setsvana, sepedi, ksisonga, svati, ndebele va chivenda tillari.

1462. Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkakka qanday jazo beriladi?
Javob: Togo davlatida ayol kishiga qap otgan erkak  unga uylanishga majbur boladi.

1463. Grek tilidan aqlsizlikni yomon koraman degan manoni anglatuvchi soz?
Javob: Filosof (Faylasuf) so’zi.

1464. Dunyodagi birinchi ovozli badiy film qaerda yaratilgan?
Javob: 1893 yil Amerikada Don Juan filmi.

1465. Dunyodagi birinchi kinoteatr qaerda ochilgan?
Javob: 1895 yil Parijda Konutsinov hiyobonidagi Grankafe ertolasida.

1466. Ilk bor velopoygalar musobaqasi qaerda otkazilgan?
Javob: 1868 yil Parijda.

1467. Mashhur yozuvchi Tohir Malikning "Murdalar gapirmaydilar" asarida keltirilgan futbolsevar insonning ismi nima?
Javob: Sarvar.

1468. Bolalar adibi Hudoyberdi To’htaboyevni avtobiografik asari qaysi?
Javob: Besh bolali yigitcha.

1469. Otasidan qolgan singillarini kelajagini o’ylab turmush ko’rgan ayolga uylangan sahobiy kim?
Javob: Jobir ibn Abdulloh.
   
1470. Dunyoda Islom dinnidan so’ng ko’p insonlarni o’ziga ergashtirgan ikki din bor ular Nasoro dini hamda yahud dini bu ikki din vakillarining ham o’ziga hos musulmonlarnikidan ajralib turadigan salomlashish odatlari bor shu ularning o’zaro salomlashish odatlari qanday ekanligini bilasizmi?
Javob: Amr ibn Shuayb otasi orqali bobosidan rivoyat qiladi: Rosulullah sollallohu alayhi va sallam dedilar" "Bizdan boshqalarga o’zini o’xshatga bizdan emasdir. Yahud va nasoro(hristian)larga o’xshamanglar, yahudiylarning salomlashishi barmoqlar bilan ishora qilish, nasorolarning salomlashishi kaftlar bilan ishora qilish."

1471. Dunyoda shunday davlat borki aholisi spirtli ichimliklarni isitib ichishadi. bu qaysi davlat?
Javob: Sake.

1472. Lotin alifbosi xarflari: A,K,Q,J... Bu harflarni qayerda ko’rganingiz esingizga tushsa, yana 5ta yoki 9tasini yozing?
Javob: Bu xarflarni karta o’yinida ko’rgansiz. Qolgan 9 tasi 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.

1473. AQSh gazetalaridan birida shunday maqola chiqadi: Marsga uchib kelgan fazogirlar yerga qaytib kelishdi. Gazeta qaysi sanada chiqarilgan?
Javob: Bu gazeta 1-aprel kunida chiqarilgandi. Jurnalistlar hazillashib yozishgan.

1474. Bu yunon olimi ilk bor yerning radiusini hisoblagan?
Javob: Eratosfen Kirenskiy.

1475. Bu orollarning yarmi AQSHga, yarmi esa Buyuk Britaniyaga tegishli?
Javob: Virginiya orollari.

1476. AQSHda 14-mart kuni qaysi bayram nishonlanadi? 
Javob: AQSHda shu kun PI(3.14) kuni deb e’lon qilingan.

1477. Jon Lennonga Politsiyachilar sirenasi qaysi qo’shig’ini yaratishiga ilxom bergan?
Javob: Qo’shiqning nomi "Men Morjman" deb nomlanadi.

1478. Bu mashxur yozuvchi 56-yoshida o’zining tu’g’ilgan kunida vafot etgan?
Javob: Uilyam Shekspir.

1479. 1995-yil Yaponiya tarixida bu maxsulot guruchdan ko’ra ko’proq iste’mol qilingan?
Javob: Go’sht.

1480. Oddiy askar Finipid  qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Marafon.

1481. Dunyodagi eng sovuq poytaxt shaxar qaysi?
Javob: Mo’g’iliston poytaxti Ulan-Bator.

1482. Ulan-Batorda-Chingizxon, Varshavada-Shopen, Parijda-Sharl de Goll, Vashingtonda-Ronald Reygan. Gap nima xaqida ketayotganini bolgan bo’lsangiz RIMda kim ekanligini toping?
Javob: Bu shahardagi aeroportlarga mana shu insonlarning nomi berilgan. Rimda Leonardo Da Vinchi nomidagi aeroport mavjud.

1483. Islomda eng birinchi tug’ilgan chaqaloq kim?
Javob: Ja’far ibn Abu Tolibning o’g’li.

1484. AQSh prezidentlari qanday hayvonlarni boqishgan?
Jorj Vashington ...
Jon Adams ...
Abraxam Linkoln ...
V.Garrison ...
Teodor Ruzvelt ...
Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar ...?
Javob: AQShning kop prezidentlari hayvonlarni boqishgan. Jorj Vashington  totiqush, Jon Adams  alligator, Abraxam Linkoln  kurka, V.Garrison  echki, Teodor Ruzvelt  suvilon, Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar esa  zotdor itlar boqishgan.

1485. AQSh tarixidagi yagona xorijlik birinchi xonim kim?
Javob: AQSh prezidentligi tarixida muxojirlardan ilk marta prezident Jon Adamsning xotini, asli angliyalik Luiza Jonson AQShning birinchi xonimi unvoniga sazovor bolgan.

1486. Dunyoda birinchi terish mashinkasini kim yasagan?
Javob: Peter Mitterxofer.

1487. Elektr batareyasini kim kashf qilgan?
Javob: Alessandro Volta.

1488. AQSh milliy bayramlaridan qaysi biri mamlakat tarixida qora kun bolib saqlanib qolgan va nima uchun?
Javob: Amerikadagi eng katta milliy bayram  4 iyul - Mustaqillik kunida mamlakatning ikkinchi, uchinchi va beshinchi prezidentlari (J.Adams, T.Jefferson, J.Monro) vafot etgan.

1489. Birinchi marta qaerda plastik operatsiya otkazilgan?
Javob: Qadimiy Misrda firavn chap oyogi barmogini ulash uchun momiyodan foydalanishgani haqida arxeologik malumotlar mavjud. Ushbu plastik operatsiyada suyak va yogoch bir-biriga ulangan. Firavn olimidan song uning suniy barmogi bilan birgalikda momiyolangan va bu bizning davrimizgacha yaxshi saqlangan. Bu topilma jahon ilm maydonida katta sensatsiya boldi. Olimlar qadimiy Misrda hatto kosmetik operatsiyalyaar ham otkazilmagan, deb hisoblardilar.

1490. 13 yoshli Juletta Sara Berner necha yoshida oynagandi?
Javob: 13 yashar Juletta rolini aktrisa Sara Berner 70 yoshida ijro etgandi.

1491. AQSh prezidentlari royxatida yagona katolik kim edi?
Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi AQSh prezidentlari ichida yagona katolikdir. AQShning boshqa prezidentlari protestantdir. Yana Jon Kennedi eng yosh AQSh prezidentlaridan biri sifatida ham mashhurdir. U 42 yoshida Qoshma Shtatlarni boshqargan.

1492. O’zbekiston Respublikasining 3 so’mlik pulida qaysi obidaning rasmi bor?
Javob: Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi.

1493. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga:"Kunu tun, hohlagan vaqtingda mening xuzurimga kirishga senga ruxsat beraman", deb marhamat qilganlar. Bu gapni qaysi sahobiyga aytganlar?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud.

1494. Rasululloh s.a.v.ning vafotlaridan payg’ambarlikni da’vo qilgan Musaylama kazzobni kim o’ldirgan?
Javob: Musaylama kazzobni Hamza ibn Abdumutallibni qotili Vahshiy o’ldirgan.

1495. Futbol chempionati Italiyada "A" seriya,Angliyada -primer-liga,Ispaniyada - primero, Germaniyada - bundesliga, Gollandiyada - eredivizion, O’zbekistonda - oliy liga deb ataladi. Futbol chempionati Belgiyada qanday nomlanadi?
Javob: Jupiler League.

1496. Futbol bo’yicha 1996 yilgi Osiyo Kubogi qaysi davlatda o’tkazilgan va finalda qaysi jamoalar to’qnash kelishgan?
Javob: BAA davlatida.F inalda Saudiya Arabistoni ve mezbonlar o’ynashgan. S.Arabistoni g’alaba qozongan.

1497. Hozirda Angliyaning "Fulxem" klbida o’ynayotgan Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi?
Javob: Aleksey Smertin.

1498. “Terek” futbol klubi qaysi davlat chempionatida qatnashadi?
Javob: Rossiya 1-ligasi.

1499. Lui Xennepen qaysi sharsharani kashf qilgan?
Javob: Niagara.

1500. AQShning eng kichik va eng katta shtatlari qaysi?
Javob: Eng kichik shtat - Rod Aylend. Eng katta shtat - Alyaska

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.