background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1801-1900)

1801. Qaysi asar epigrafida "Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin" deya aytilgan?
Javob: Gabriel Garsia Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asari

1802. "Alpomish" dostonida Ko’kaldosh mingan ot?
Javob: Ko’kdo’nan

1803. Kim o’zini "birinchi faylasuf" deb e’lon qilgan?
Javob: Pifagor

1804. Eng tez uchadigan hasharot qaysi?
Javob: Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakati tezligi 57 km/soatga yetadi.

1805. Eng katta kapalak qaysi?
Javob: Dunyodagi eng yirik kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm.ga yetishi bois ko’pincha ko’rganlar uni qush deb o’ylaydi.

1806. Ma’lumki, Abdulloh ibn Mas’ud Ka’batullohda birinchi bo’lib qur’on tilovat qilgan sahoba hisoblanadi. O’shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a. Ka’batullohda birnchi bo’lib Qur’on tilovat qilganida, "Ar-Rohman" surasini o’qigan.

1807. "Fath" surasi nozil bo’lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo’lib kimga o’qib berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a.ga

1808. Sahoba Mus’ab ibn Umayrning islomiyatga qo’shgan ulug’ hissasi nimadan iborat?
Javob: Madina ahliga Qur’oni karimni o’rgatganlar.

1809. Qur’oni Karimning eng ohirgi nozil bo’lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va uning ma’nosi qanday? (tarjimasi)
Javob: Qur’oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qorqingiz! Songra har bir jonga qilgan amali uchun tola jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur’on, tafsir va mufassirlar" kitobi)
Yana  boshqa manbalarga ko’ra, Moida surasining 3-oyati:
"Bugun men sizlarga diningizni komil, ne`matlarimni to‘la qildim va Islomni din deb ixtiyor etdim"

1810. Istedodli yozuvchi Ulugbek Hamdamning Isyon va itoat romanidan savol:
Bu  kuchli va ojizning it-mushuk boladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yoq edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tugilgandan shu yoshgacha oziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalangoch badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi.
Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?
Javob: Qamoqxona.

1811. Jeki Chan sozining manosi nima?
Javob: Gong-Konglik degan ma’noni bildiradi.

1812. Gorogli turkumiga kiruvchi oxirgi doston qaysi?
Javob: "Ero’gli" dostoni

1813. Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi?
Javob: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning dozaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bolmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bolsin.
Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni Ozining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".

1814. Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan?
Javob: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, kop sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan.

1815. Sulaymon a.s. vafotlaridan keyin jinlar U Zotni sehrgar deyishgan. Bunga sabab nima edi? Va buni rad qilib Qur’oni Karimni qaysi surasidagi, qaysi oyatlar nozil bo’lgan?
Javob: Sulaymon a.s. davrida jinlar odamlarga sehr o’rgatib, qog’ozga yozib tarqatganlar. Sulaymon a.s. buni bilgach, hamma qog’ozlarni yig’ib tahtlari ostiga ko’mdirib qo’yadilar. U Zotning vafotlaridan keyin, jinlar uni kavlab olib:" Mana Sulaymon a.s. o’z tahtini sehr bilan boshqargan deyishadi. Shuning sababida yahudiylar u kishini payg’ambar deb tan olmaganlar. Muhammad s.a.v. Sulaymon a.s.ni payg’ambarlar qatorida tilga olganliklaridan keyin:"Agar Muhammad s.a.v. haq payg’ambar bo’lganida Sulaymonni payg’ambar demas edi. Sulaymon a.s. sehrgar, uni payg’ambar degan Muhammad s.a.v. ham sehrgar deyishadi. Shunda keyin  Qur’oni Karimning ushbu go’zal oyatlari nozil bo’ladi:
Bas, qachonki, Biz (Sulaymonga) o’limni hukm qilganimizda, uning o’limiga faqat asosini yeyayotgan kemiruvchi qurtgina dalolat qildi. Bas, qachonki, u qulab tushgach, jinlarga aniq bo’ldiki, agar ular g’aybni biluvchi bo’lganlarida bu xor qiluvchi azobda (mehnatda) qolmagan bo’lur edilar. (Saba’ surasi, 14-oyat)
Shundan keyin esa ular Sulaymon payg’ambarni sehrgarga chiqardilar.
Buni rad qilib Qur’oni karimning ushbu oyati nozil bo’lgan:
Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr orgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar. Holbuki, u farishtalar: Biz faqatgina fitnamiz (yani odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bolib qolma, demasdan turib hech kimga hech narsa orgatmas edilar. Va oshalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning ortasini buzadigan narsalar organadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bilaks zararli narsalarni organadilar. Axir (Allohning kitobi orniga sehrni) almashgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoq ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (yani oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi. (Baqara, 102-oyat)

1816. Rasululloh s.a.v: "Sening oxirgi nasibang sut bo’ladi", - deya bashorat bergan sahobiy kim edi?
Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo’ldan adashgan bir guruh o’ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo’ladi" deya marhamat qilganlar.

1817. Qur’oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko’p kelgan sakkiz sifati va uning ma’nolarini keltiring.
Javob: Alloh taolo Qur’oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta’kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O’zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G’olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug’.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur’on Allohning rahmatidir.
13. Mav’iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.
17. Furqon. Haq bilan botilni ajratuvchi.
18. Burxon. Qiyomat kuni hujjat bo’luvchi. (Foydamizga yoki zararimizga)
19. Mushaf. Sahifalangan.
20. Tanzil. Nozil qilingan.

1818. Qur’oni Karimda Qiyomat kunida qabrdan turguvchi kofirlar chigirtkalarga o’hshatilgan. Bu oyat qaysi suraning nechanchi oyati? Va ular nima uchun chigirtkalarga o’hshatilgan?
Javob: Bu xabar "Qamar" surasining 7-oyatida kelgan:
6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz ogiring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bolgan bir narsaga (yani Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) kozlari (qorquvdan) quyiga boqqan hollarida goyo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!
Bu oyati karimaning mo’jizakorligini olimlar yana bir tasdiqlashdi. Aniqlanishicha, chigirtkalar bir joydan bir joyga kochishda juda ko’p sonli, gala-gala bo’lib borishar ekan. Ular hatto bir nech milliardlab yurishar ekan. Ularning uzunligi 38km, balandligi bir necha metrgacha yetar ekan. Bunadan tashqari chigirtkalar o’z tuhumlarini tuproq orasiga urug’ singari joylashtiradilar va  vaqti yetgach, bir vaqtni o’zida tuproq orasidan millionlab chigirtkalar chiqishar ekan. Huddi, Ulug’ Kunda insonlarning qabrdan birdaniga ko’tarilgani kabi.

1819. Ashobi Badr 313 kishidan iborat edi. Ularning qanchasi muhojir va qanchasi ansoriy edi? Abu Jahl lashkari necha kishidan iborat edi?
Javob: Musulmonlarning ikki yuz o’ttiz oltitasi ansorlar, yetmish yettitasi muhojirlar edi. Abu Jahl qoshinida toqqiz yuz ellik kishi bolib, yetti yuz tuya, yuztacha sovutlangan yugurik otlari bor edi.

1820. Dajjol haqidagi sahih hadislarda uning qaysi sahobiyga o’xshab ketishi aytilgan?
Javob: Ibn Qatan r.a. Bu zot payg’ambarimizdan so’radilar:
- Dajjolning menga o’xshashi zarar qilmaydimi?
Rasululloh:
- Yo’q, sen musulmonsan, Dajjol esa kofirdir, dedilar.

1821. Ikkinchisi yo’q ne bor?
Javob: Alloh taolo. "Ayting,"U - Alloh bittadir". (Ixlos,1)

1822. Uchinchisi yo’q ikki narsa ne?
Javob: Kecha va kunduz. "Biz kecha va kunduzni ikki belgi alomat qildik". (Isro,12)

1823. To’rtinchisi yo’q uch narsa ne?
Javob: Muso a.s.ning Hizrga aytgan uchta uzri.

1824. Beshinchisi yo’q to’rt narsa ne?
Javob: Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on.

1825. Oltinchisi yo’q besh narsa nima?
Javob: Mo’minlarga farz qilingan besh vaqt namoz.

1826. Yetinchisi yo’q olti narsa nima?
Javob: Alloh taolo yeru osmonlarni yaratgan olti kun. "Biz osmonlar va yerni hamda ularning o’rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik". (Qof,38)

1827. Sakkizinchisi yo’q yetti narsa nima?
Javob: Yetti qavat osmon. "(Alloh)Yetti qavat osmonni ustma-ust qilib yaratgan Zotdir". (Mulk,3)

1828.To’qqizinchisi yo’q sakkiz narsa nima?
Javob: Qiyomatda Alloh taoloning Arshini ko’tarib turuvchi sakkiz farishta.

1829. To’qqiz mo’jiza sohibi kim va bu mo’jizalar nima?
Javob: Muso a.s. ning to’qqiz mo’jizasi. (qo’l, aso, sahro, qadirg’och, to’fon, chigirtka, bit, qurbaqa va qon)

1830. O’ntaga ziyoda qilingan narsa nima?
Javob: Bir yaxshilikka qaytariladiga o’n yaxshilik. "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o’nta qilib qaytarilur". (An’om,160)

1831. O’n bir kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. o’n bir aka - ukasi.

1832. O’n ikkita mo’jiza nima?
Javob: Muso a.s.ning qavmi uchun otilib chiqqan o’n ikki chashma. "Eslang, Muso qavmi uchun suv tilaganida: "Asoyingni toshga urgin", dedik. Bas, unda o’n ikki chashma otilib chiqdi". (Baqara,60)

1833. O’n uch nafar kishi kim?
Javob: Yusuf a.s. ota-onasi va o’n bir aka-ukasi. "Men tushimda o’n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko’ribman". (Yusuf,4)

1834. Nafas oladi, lekin joni yo’q. U nima?
Javob: Tong. "Va nafas olayotgan tongga qasam ichurmanki... (Takvir, 18.)

1835. O’z sohibini olib yurgan qabr?
Javob: Yunus a.s.ning "qabrlari" baliq.

1836. Yolg’on gapirib jannatga kirgan kim?
Javob: Yusuf a.s.ning aka-ukalari.

1837. Ota-onasiz yaratilganlar?
Javob: Farishtalar, Odam a.s. Iyso a.s. Ismoil a.s.ning qo’chqorlari va Solih a.s.ning tuyalari.

1838. Bir daraxt, o’n ikki shohi bor, Har shohida o’ttizta barg, har birida behsta meva, uchtasi soyada, ikkitasi oftobda. U nima?
Javob: Bir daraxt - bir yil.
O’n ikki shohi - o’n ikki oy.
O’ttizta barg - o’ttiz kun.(oy kunlari)
Har birida beshta meva - har kungi besh vaqt namoz.
Uchtasi soyada - bomdod, shom va hufton.
Ikkitasi oftobda - peshin va asr.

1839. Payg’ambarimiz Muhammad SAVning nechta qiz va o’g’illari bo’lgan? Ularni yoshiga qarab ketma-ket sanang.
Javob: Rasululloh s.a.v.ning to’rt o’g’il va to’rt qizlari bo’lgan,
Qizlari: 1. Ruqiya. 2. Zaynab. 3. Ummu Gulsum. 4. Fotima (r.a.)
O’g’illari: 1. Qosim. 2. Tohir. 3. Tayyib. 4. Ibrohim.(Ibrohim cho’rilari Moriyadan tug’ilgan.)

1840. Qaysi davlatning 3 ta poytaxti bor?
Javob: Janubiy Afrika Respublikasi.
Pretoria (administrative); Cape Town (legislative); Bloemfontein (judicial)

1841. Umar ibn Hattob r.a. Fil voqeasidan necha yil keyin tug’ilganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. fil yilidan 13 yil keyin tug’ilganlar. Ya’ni payg’ambarimiz SAVdan 13 yosh kichiklar.

1842. Umar ibn Hattob r.a. Rasululloh s.a.v.dan necha yil keyin vafot etganlar?
Javob: Rasululloh SAV favotlaridan 13 yil keyin 63 yoshlarida vafot qilganlar.

1843. Umar ibn Hattob r.a.ning to’qqiz otalarini sanang.
Javob: Hattob - Nufayl - Abduluzzo - Riyoh - Qurt - Raziy - Adiy - Ka’b

1844. Umar ibn Hattob r.a. qaysi qabiladan edilar?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Quraysh qabilasidan bo’lganlar. Onalari tomonidan esa Bani Mahzum naslidan.

1845. Umar ibn Hattob r.a.ning onalrini ismi nima, qaysi qabilaning qaysi naslidan bolganlar?
Javob: Onalari Hontama binti Hoshim. Quraysh qabilasining Bani Mahzum naslidan.

1846. Umar ibn Hattob r.a.ning kunyalari va laqablari nima edi?
Javob: Kunyalari Abu Hafsa, laqablari Al-Foruq.

1847. Umar ibn Hattob r.a.ning nechanchi otalarida ularning sulolasi Rasululloh s.a.v.ning sulolalari bilan birlashadi?
Javob: To’qqizinchi otalari - Ka’bda Payg’ambarimiz SAVning sulolalariga birlashadi.

1848. Gitler qaysi shaharda tug’ilgan?
Javob: Avstriyaning Branau shaharchasida.

1849. Futbol bo’yicha so’nggi jahon chempionatida "eng yaxshi yosh o’yinchi" kim bo’ldi?
Javob: 2006 yilgi Jahon Chempionatida Germaniya terma jamoasi xujumchisi, kelib chiqishi polyak bo’lgan Lukas Podolski "eng yaxshi yosh o’yinchi" bo’ldi.

1850. Rasululloh SAVning vahiy kotiblari kim edi?
Javob: Muoviya va Zayd ibn Sobir r.a.

1851. AQSH bilan Rossiya o’rtasidagi eng qisqa masofa necha km tashkil qiladi? Va bu masofa AQSHning qaysi shahridan hisoblanadi?
Javob: AQSH va Rossiyaning o’rtasidagi eng yaqin masofa 4km tashkil qiladi. Bu masofa Alyaskadan hisoblanadi.

1852. Azonning hozirgi tartibda aytilishi birinchi bo’lib qaysi sahobiyga bashorat qilingan? Va bu qay tarzda bashorat qilingan?
Javob: Bu tushda bashorat qilingan,lekin buni birinchi bo’lib Madinalik sahoba Abdulloh ibn Zayd r.a. ko’rganlar. Keyinchalik esa Hazrati Umar r.a. ham bu tushni ko’rganlarini aytadilar.

1853. O’zbek tiliga "Yuraklar" deb tarjima qilinadigan ("Hearts") futbol klubi qaysi davlat ligasida ishtirok etadi?
Javob: "Hearts" futbol klubi  Shotlandiya primer-ligasida ishtirok etadi.

1854. Kelib chiqishi ganalik bo’lgan, lekin AQSH terma jamoasi a’zosi bo’lgan vunderkind?
Javob: Kelib chiqishi ganalik bo’lgan, lekin AQSH sharafini himoya qilayotgan futbolchi Freddi Adu

1855. "Diningizni yarmini bu ...dan o’rganinglar". Rasululloh s.a.v. bu hadislarida kim haqida aytganlar?
Javob: "Diningizni yarmini bu Humayrodan o’rganinglar" (Hadisi sharif). Bu savolning javobi Humayro, ya’ni Oisha r.a.

1856. "Ko’zoynakli kobra" laqabli futbolchi kim?
Javob: Edgar Davids

1857. Hazrati Umar r.a: "Ayollar buningdek pahalavonni tug’ishdan ojizdirlar", - deganlarida qaysi sahobiyni nazarda tutganlar?
Javob: Xolid ibn Valid r.a.

1858. Namozning eng afzal rukni qaysi?
Javob: Qiyom. Chunki unda ikkita farz bor: 1.Qiyom. 2.Qiroat.

1859. Muborak Qur’oni Karimning to’rtdan biriga qaysi suralar tenglashtirilgan? Uchdan birigachi?
Javob: Qur’oni Karimni uchdan biriga "Ixlos" surasi tenglashtirilgan. To’rtdan biriga esa "Zalzala" va "Nasr" suralari tenglashtirilgan.

1860. Rasululloh s.a.v. qaysi oyatni "oyatlar sayyidasi",- deganlar? Bu oyat qaysi surada va  nechanchi oyat?
Javob: Oyatal kursiy. Bu oyat "Baqara"surasining 255-oyati.

1861. Qur’oni Karimda "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi necha marta kelgan?
Javob: Sura boshlarida 113 marta va "Naml" surasining ichida yana bir marta.

1862. Rasululloh s.a.v. qaysi sahobiyning boldirlari qiyomat kunida Uhud tog’idan ham og’irroq tosh bosishini aytganlar?
Javob: Bizga ma’lumki, Abdulloh ibn Mas’ud juda ham kichik, ozg’in, bo’yi past edi. Bir kuni Rasululloh s.a.v.ga meva terish uchun daraxtga chiqqanida sahobalar uning ingichka boldirlarini ko’rib kulib yuborishdi. SHunda Rasululloh s.a.v. ularga:"Ibn Mas’udning boldirlaridan kulyapsizlarmi, xolbuki, bu boldirlar Allohning xuzuridagi mazonda Uhud tog’idan ham vazminroqdir", dedilar.

1863. "Sihohi sitta" hadis kitoblari sohiblari kimlar?
Javob: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Abu Dovud, Imom Muslim, Ibn Moja, Imom Nasaiy.

1864. Qur’oni Karimda eng katta so’z, ya’ni eng ko’p harf ishtirok etgan so’z qaysi?
Javob: Bu so’z Hijr surasining 22-oyatidagi "Faasqoynakumuhu" so’zidir.

1865. Ikki oyatda arab alifbosining hamma harflari ishtirok etgan. Bu oyatlar qaysi surada va nechanchi oyatlari?
Javob: 1. Oli-Imron, 154-oyat. 2. Fath, 29-oyat.

1866. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida eng ko’p o’yin o’tkazgan futbolchi kim?
Javob: Muhammad Al-Deaya

1867. Hadisi sharifda:
"... Dajjol chiqishidan uch yil oldin qahatchilik bo’ladi... Birorta ko’kat unib chiqmaydi. Birorta uy hayvoni ham, yovvoyi hayvon ham qolmaydi. Alloh hohlagani bundan mustasno."
"Odamlar uz zamonda nimani iste’mol qilishadi?" deb so’rashdi.
Nabiy sallollohu alayhi vasallam nima deb javob berganlar?
Javob: Bu paytda tahlil, takbir, tahmid ovqat o’rniga o’tadi, deganlar Rasululloh SAV.

1868. Shar’iy hukmlarning 4/1 qismi u zotning rivoyatlariga tayangan, Rasululloh SAVdan 2210 ta hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Payg’ambarimiz Muhammad SAVning suyukli ayollari Oyisha raziyallohu anho.

1869. Qaysi hijriy oy Allohning oyi deb ta’riflanadi?
Javob: Hadis: Ramazon oyidan keyingi eng afzal ro’za Allohning oyi - Muharramdadir. (Imom Muslim rivoyati)

1870. Hijriyda harom oylar qaysilar?
Javob: Harom oylar (urush harom qilingan oylar): zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab.

1871. Qisqalik - istedodning singlisi. Ushbu sozlar kimga tegishli?
Javob: Anton Pavlovich Chexov

1872. Shayboniyxonning ismi "Boburnoma" da nima deb berilgan va uning ma’nosi nima?
Javob: Shayboqxon

1873. Qaysi hukmdor XIX asrda Xiva shahrini devor bilan o’ratgan?
Javob: Ollohqulixon (1825-1842)

1874. Imom al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" kitoblarida Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisga ko’ra, Alloh taolo huzuridagi eng uyatli ismlar qaysilar?
Javob: Malikul - amlok". Bu ismning ma’nosi  "Shahanshoh - shohlar shohi".

1875. Rasulullohning s.a.v. eng yovuz dushmanlaridan biri,lekin u yilda bir marta do’zax azobidan ozod qilinadi. Bu dushmanlari kim, qaysi kuni va nima uchun azobdan halos etiladi?
Javob: Rasulullohning s.a.v. yovuz dushmanlaridan biri Abu Lahab (o’z amakilari). Muhammad s.a.v. tug’ilganlarida bu amakilari bu hushhabarni eshitib, hursandligidan bir cho’rini ozod qiladi. Shu sababdan Alloh taolo Rasululloh s.a.v. tug’ilgan kunlarida uni do’zax azobidan ozod qiladi.

1876. Savol: Qur’oni Karimdagi oyatlar, harflar va so’zlar soni nechtani tashkil qiladi?
Javob: Oyatlar - 6236. Harflar - 340740. So’zlar - 77277 . Manba: Solih Jabriy

1877. Savol: Mushafda "Dunyo" va "Ohirat" so’zi nechchi joyda zikr qilingan?
Javob: Dunyo so‘zi 115 marta, Oxirat so‘zi ham 115 marta

1878. Islom diniga 7 chi bo’lib kirgan sahobiyning ismlari nima?
Javob: Utva ibn G’azvon

1879. Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Vujudlar to’lg’onib qalblar o’zgardi. Bo’ron tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo’ldi. ....... omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so’ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi. Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. .......dan ismi so’ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so’ralganida, "Ibnul Islam" (Islom farzandi) dedi. Mol-dunyosi so’ralganida "Muhtojlik", do’koni so’ralganida "masjid",  kasbi so’ralganida "Sabr",  Libosini "Taqvo va tavoze’",  bolishini "Bedorlik", - dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa: "....... bizdan, ahli Islomdan..."degan so’zlardan, deya javob berdi.
Gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
Javob: Salmon Forsiy r.a.

1880. Alisher Navoiygacha qaysi adiblar "Xamsa" bitishgan?
Javob: Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy

1881. Fransuz adibi Lui Aragon: "Muhabbat haqida yozilgan dunyodagi eng ajoyib qissa" deya ta’riflagan asar qaysi va uning muallifi kim?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi

1882. Mashhur ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy qayerda tug’ilgan?
Javob: Iroqning Karbalo shahrida

1883. Ilk marta "Arba’in hadis" kitobini kim yozgan?
Javob: Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy

1884. "Habral umma" ("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo’lgan buyuk sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos r.a.

1885. Hijrat chog’ida Payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq tunagan g’orning nomi nima?
Javob: Savr g’ori.

1886. Abu Abdurahmon kunyasi qaysi buyuk sahobiylarga tegishli?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud va Abdulloh ibn Umar r.a.

1887. Anas ibn Molikning ukalari va shahidlik maqomini olgan sahobiy kim bolgan?
Javob: Baro’ ibn Molik

1888. Paygambarimiz (S.A.V.) nechta muazzinlari bolgan va ular qaysi sahobiylar?
Javob: Bilol ibn Ravoh, Abdulloh ibn Ummi Maktum

1889. Abu Hurayra raziyallohu anhudan so’ng eng ko’p hadis rivoyat qilgan sahoba kim? Va qancha hadis rivoyat qilgan?
Javob: Abdulloh ibn Umar r.a. 2630 ta hadis rivoyat qilganlar.

1890. Hazrati Umar r.a.dan so’ng xalifa bo’lishni istamagan istamagan, hakamlik qilgan, Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bayat qilgan sahoba kim?
Javob: Abdurahmon ibn Avf r.a.

1891. Abu Bakr Siddiqning Islomdan avvalgi ismlari nima edi?
Javob: AbdulKa’ba

1892. Abu Dardo r.a.ning asl ismlari nima edi?
Javob: Uvaymir

1893. Hazrat Ali r.a.ning qotili kim edi?
Javob: Abdurahmon ibn Muljim Murodiy.

1894. Islomda birinchi bo’lib masjid qurgan sahobiy kim?
Javob: Ammor ibn Yosir  "Masjidul-Qabo"ni qurganlar.

1895. Hazrati Qusam ibn Abbos r.a.ning qabrlari qayerda?
Javob: Samarqand shahrida, Shohizinda qabristonida

1896. Misrni fath etgan Islom sarkardasi kim?
Javob: Amr ibn al-Os

1897. Hazrati Bilolning qabrlari qayerda?
Javob: Damashqda.

1898. Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida 4 shaxsga Quronning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan edi. O’sha 4 sahobiy kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn az-Zubayr, Sad ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis.

1899. Rasuli Akram SAVning bojalari kim edi? (Abu Bakr r.a.ning qizini nikohiga olgan)
Javob: Rasulullohning s.a.v. bojalari Asharayi Mubashsharadan bo’lgan, buyuk sahobiy Zubayr ibn Avvom r.a. Bu zot Abu Bakr Siddiqning  r.a. qizlari Asmo Binti Abu Bakrga uylanganlar.

1900. Hazrati Oisha r.a.ning laqablari nima edi?
Javob: Humayro

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.