background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (601-700)

601. Elchin qimorda yutqazib qo‘ygan Jalolning laqabi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Shilimshiq.

602. Anvar o‘ziga ustoz bilgan shoir kim edi? ("Shaytanat")
Javob: Asqar Qosim.

603. Asadbekning o‘g‘illari ismi nima edi? ("Shaytanat")
Javob: Abdusamad, Abdulhamid.

604. Anvar ishlab chiqqan dunyo formulasi qanaqa edi? ("Shaytanat")
Javob: H (Haqiqat) = xiyonat + riyo + hasad + ochko‘zlik + adovat + g‘iybat + nifoq + shuhratparastlik + mansabparastlik - vijdon + iymon + hayo = 0.

605. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olochilarning ramziy rangi qaysi?
Javob: Abu-Muslimning kiyimi Qora rangda bo‘lgan. Abbosiylar sulolasi o‘zlariga ramziy rang sifatida asosan Qora rangini tanlashgan.

606. Abbosiylar davlatining birinchi hukmdori.
Javob: Abu-al Abbos (as-Saffah).

607. Sarrojlik nima?
Javob: Ot asboblarini yasovchi hunarmandchilik.

608. Muqannaning asl ismi?
Javob: Hoshim ibn Hakim.

609. Zaynabga "qaragan" hamshiraning ismi. ("Shaytanat")
Javob: Mardona.

610. Asadbekning gruzin qadrdonlari kim edi? ("Shaytanat")
Javob: Suliko va Iliko.

611. Elchinning birinchi turmush o‘rtog‘i. ("Shaytanat")
Javob: Noila.

612. Xongireyning asl ismi. ("Shaytanat")
Javob: Aftandil.

613. Manzuraning rolini qaysi aktrisamiz ijro etganlar? ("Shaytanat")
Javob: Gulchehra Jamilova.

613. Amerikaning yagona katolik prezidenti kim bo‘lgan?
Javob: Jon Kennedi.

615. Qur'oni karimdagi "bismilloh"siz boshlanuvchi yagona sura qaysi?
Javob: "Tavba" surasi.

616. Qur'oni karimdagi eng uzun oyat qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat "Baqara" surasining 282-oyatidir.

617. Qur'oni karimning oxirgi oyati qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir: Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi.

618. Eslang, Yusuf otasiga degan edi: «Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko‘ribman. Hammalari menga sajda qilishayotgan emish». (Yusuf surasidan)
Savol: Yusuf alayhissalom ushbu tushni ko‘rganda necha yoshda edilar?
Javob: 12 yoshda.

619. Yusuf surasida ishtirok etgan shaxslarning soni nechta? Surada nechta xislat ta'riflangan?
Javob: 19 ta.

620. Qur'oni karimning eng o‘rtasidagi so‘z qaysi? U qaysi surada?
Javob: "Kahf" surasi, 19-oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi.

621. Yusuf qissasidagi Misr shohi kim edi?
Javob: Rayyon binni Valid.

622. (Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi: «Men tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni ko‘rdim. Ayonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning tabirini (menga) aytinglar-chi», dedi. (Yusuf surasidan)
Ushbu tushga ta'rifni hech kim topa olmadi. Keyin Yusuf alayhissalomga murojaat qilishdi. Hazrat Yusuf tushni qanday ta'rif qildilar?
Javob: (Yusuf dedi):" Sizlar paydar-pay yetti yil don ekinglar. Keyin o‘rib olgan hosilingizni o‘z boshog‘ida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringizni yanchib olinglar. So‘ngra o‘sha serhosil yetti yildan keyin yetti yil qahatchilik bo‘lib, ular uchun tayyorlab-asrab qo‘ygan bor hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina urug‘lik uchun asrab qo‘ygan donlaringizgina qolur. (Yusuf surasi, 47-48).

623. Qur'oni karimda nechta payg‘ambarning nomlari kelgan?
Javob: Muqaddas Qur'oni Karimda 25 ta payg‘ambarlarning ismlari kelgan. Bular: Odam, Idris, Ibrohim, Ismoil, Isxoq, Nuh, Hud, Shuayb, Solih, Lut, Yoqub, Yusuf, Yunus, Ilyos, Alyasa,Zulkifl, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Muso, Horun, Iyso va Muhammad alayhis salamlardir.

624. Qur'oni karimning dastlabki tushirilgan oyatlari necha kalimadan iborat edi?
Javob: 18 kalimadan iborat edi ("Alaq" surasi, 1-5 oyatlar).

625. Abu Bakr Siddiqning Qur'on mushaflarini jamlashda bosh bo‘lgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning kotiblari kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit.

626. Xalifa Usmon ibn Affon Qur'oni karimni 7 nusxa ko‘chirib qaysi yurtlarga yuborgandilar?
Javob: Makka, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra, Kufaga, bir nusxasi Madinada qolgan.

627. 40 yoshida kar bo‘lib qolgan mashhur kompozitor kim?
Javob: Betxoven.

628. Janubiy Afrikaning tub-joy aholisi bo‘lgan qabilalar qaysi?
Javob: Koykoy (gottentot) va san (bushmen).

629. Qohira shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 969 yili Fotimiylar amirlaridan Javhar as-Saqaliy tomonidan asos solingan.

630. Hududining ko‘p qismi kanallar bilan tutashgani uchun "Sharq Venetsiyasi" deb ataladigan shahar?
Javob: Basra.

631. Zamonaviy optika faniga asos solgan, g‘arb olami ko‘z sohasida amaliyot boshlashidan rosa 1000 yil ilgari ignalar yordamida ko‘z pardasini almashtrib, katoraktani davolagan arab olimi kim edi?
Javob: Ibn al-Xaysam.

632. Ko‘chalari Yevropa qit'asida birinchi marta yorug‘lik bilan ta'minlangan shahar qaysi?
Javob: Ispaniyaning Kordoba shahri. Arab xalifaligining katta shaharlaridan biri bo‘lgan.

633. 1009 yili Quddusdagi nasroniylar cherkovini yoqib yuborgan misrlik xalifa kim edi?
Javob: Xalifa al-Hakim.

634. Quddus shahri salibchilar tomonidan qachon olindi?
Javob: 1099 yil, 15 iyul kuni salibchilar Quddusga bostirib kirishdi. Butun shahar aholisi qilichdan o‘tkazildi.

635. Quddus shahrini birinchi marta fath qilgan xalifa kim edi?
Javob: Hazrati Umar roziyallohu anhu.

636. Xorazmshohlar davlatining asoschisi kim?
Javob: Otsiz.

637. "Buxoro davlatining devori o‘zim bo‘laman" degan Buxoro hukmdori kim?
Javob: Ismoil Somoniy.

638. "Hurriyat" gazetasi qachondan chiqa boshladi? (yili, oyi)
Javob: 1996 yil, dekabr.

639. O‘zbekiston internet tarmog‘iga qachon ulangan? (yili va oyi)
Javob: 1996 yil, may.

640. Basra shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 637 yili xalifa Umar r.a. tomonidan asos solingan.

641. Quddus shahrini salibchilardan ozod qilgan va ikkinchi marta fath qilgan Islom sarkardasi kim edi?
Javob: Salohiddin Ayyubiy.

642. Jahon tarixida eng ko‘p muddat hukmronlik qilgan imperiya qaysi?
Javob: Usmoniylar imperiyasi. Qariyb 7 asr hukmronlik qilishgan.

643. Chingizxonning o‘g‘illarining ismi?
Javob: Jo‘ji, O‘qtoy, Chig‘atoy, Tulu.

644. Chingizxon vafotidan keyin kim ulug‘ xoqon deb e'lon qilinadi?
Javob: O‘qtoy.

645. Chingizxon qaysi o‘g‘liga Eron, Hindiston va Xurosonni beradi?
Javob: Tulu.

646. Mahmud Torobiyning kasbi nima edi?
Javob: G‘alvir yasovchi.

647. Mo‘g‘ullar Rusiyani bosib olib, qaysi davlatga asos soladilar?
Javob: Oltin O‘rda.

648. Qarshi shahriga kim asos soladi?
Javob: Mo‘g‘ul xoni Kebekxon.

649. Jangi loy kimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi?
Javob: Ushbu jangda bir tomondan Amir Temur va Amir Husayn va ikkinchi tomondan Ilyosxo‘ja ishtirok etgan. Jangi loy 1365 yil 22 mayda bo‘lib o‘tadi. O‘sha jangda kuchli jala quyib, janggoh botqoqqa aylanib ketadi. Shuning uchun shunday nomni olgan. 3 ball;

650. Sarbadorlar harakatining shiori nima edi?
Javob: Maqsadga erishish yo‘lida haqiqat uchun boshimizni dorga osishga ham tayyormiz.

651. Sarbadorlar harakatiga boshchilik qilgan uch shaxs kimlar?
Javob: Mavlonzoda Samarqandiy, Xirdaki Buxoriy va Abu Bakr.

652. Mo‘g‘ullar humronligi davrida yer solig‘i qanday atalgan?
Javob: Kalon.

653. Hazrati Umarning iymonga kelishlariga sababchi bo‘lgan ayol kim?
Javob: Singillari Fotima binti Hattob.

654. Rafael qalamiga mansub "Ga'rbning buyuk olimlari" kartinasida Platon va Aristotellar bilan birga tasvirlangan Averroes qaysi Sharq olimining yevropacha ismi?
Javob: Mashhur islomiy faylasuf Ibn Rushd.

655. Konstantinopolni fath qilgan turk sultoni kim edi?
Javob: 1453 yili Sulton Mehmet Fotih tomonidan Konstantinopol fath etildi.

656. Turk sultoni Sulaymonning asli kelib chiqishi polshalik bo‘lgan sevimli xotini kim edi?
Javob: Roksalana (Hurram).

657. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.dan eng ko‘p hadis rivoyat qilgan sahoba kim?
Javob: Abu Hurayra raziyallohu anhu.

658. Mashhur adiblar Shekspir va Servantes hayotida qanday bog‘liklik va bir xillik mavjud.
Javob: Ikkalasi ham bir kunda - 1616 yilning 23 aprelida vafot etishgan.

659. Qaysi Amerika prezidenti tomorqasida marixuana yetishtirgan?
Javob: Jorj Vashington.

660. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell biron marta ham onasi va xotiniga qo‘ng‘iroq qilmagan. Nima uchun?
Javob: Chunki ular gung bo‘lishgan.

661. Napoleon qaysi hayvondan qo‘rqish dardiga mubtalo bo‘lgan?
Javob: Aylurofobiya - mushuklardan qo‘rqish.

662. Dunyodagi eng katta muzlik qaysi?
Javob: Dunyodagi eng katta muzlik Antarktidadagi - Lambert muzligi bo‘lib, uning maydoni qariyb 1 mln km2ni tashkil etadi. Lambert muzligining kengligi 64 km, uzunligi esa 700 km dan ziyoddir. 3 ball;

663. Qaysi sayyora boshqalariga nisbatan tezroq o‘z o‘qi atrofida aylanadi?
Javob: Yupiter.

664. Buyuk Britaniyadagi eng katta ko‘l qaysi?
Javob: Buyuk Biritaniyadagi eng katta ko‘l - Lox-Ney (Lough Neagh) bo‘lib, Shimoliy Irlandiyada joylashgan. maydoni - 396 km kv.

665. Dunyodagi eng katta g‘or qaysi va qaerda joylashgan?
Javob: Dunyodagi eng katta g‘or Saravak-Cheymber (malaychasi Lubang-Nasib-Bagus) bo‘lib, u Malayziyaning Saravak shtatidagi Gunung-Mulu milliy parkida joylashgan. G‘orning uzunligi - 700 km, o‘rtacha kengligi - 300 m.

666. Maydoni Yevropadan 4 marta kichik bo‘lgan kosmik jism?
Javob: Oy. Diametri 3476km.

667. Islom dushmani - Abu Jahlning asl ismi nima edi?
Javob: Amr ibn Hishom.

668. Hadicha raziyallohu anhuning oldingi erlaridan qolgan farzandlari kim edi?
Javob: Hola.

669. Dunyodagi eng iflos daryo qaysi?
Javob: Dunay.

670. Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida Qozongap qayerga dafn etiladi?
Javob: Mallaqumdichop tepaligiga.

671. Kemadagi eng yoshi kichik matros nima deyiladi?
Javob: Yunga.

672. Qaysi yunon faylasufi faylasuflar maktabi eshigiga "Geometriyadan xabarsiz kishining bu ostonadan o‘tishi man etiladi" deb yozib qo‘ygan?
Javob: Platon.

673. "Har ishni qilmish odamizod
Tafakkur birla bilmish odamizod"

Ushbu parcha Alisher Navoiyning qaysi dostonidan olingan?
Javob: "Farhod va Shirin".

674. Alisher Navoiyning "Sab'ai sayyor" dostonida Bahrom Dilorom haqida kimdan eshitgan edi?
Javob: Jahongashta Moniydan.

675. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida Majnun kimning qiziga nikohlangan edi?
Javob: Navfalning qiziga.

676. 1865 yil Toshkentni bosib olgan rus qo‘shinlariga qaysi general boshchilik qilgan?
Javob: General Chernyayev.

677. Manqurt(qul) so‘zini qaysi adib birinchi bo‘lib o‘z asarlarida ishlatgan?
Javob: Mahmudxo‘ja Behbudiy.

678. Basketbol savatchasining balandligi qancha?
Javob: 3.05 metr.

679. Dengiz karamining fandagi nomi?
Javob: Laminariya.

680. Mexanik soatda mayatnik ishlatishni kim taklif qilgan?
Javob: Galileo Galiley.

681. Birinchi choyxona qayerda paydo bo‘lgan?
Javob: Yaponiyada.

682. Qachon va nechanchi yilda AQSH da ilk marotaba saylov natijalarini oldindan bilishda kompyuterdan foydalanilgan?
Javob: 4 noyabr 1952 yilda.

683. Yevropadagi ilk qo‘riqxona nechanchi yilda qaerda tashkil topgan?
Javob: 1909 yilda Shvetsiyada.

684. Qaysi sayyorada eng uzun kun va eng qisqa yil bo‘ladi?
Javob: Merkuriy (Merkuriydagi 1 kun yerning 176 kuniga teng).

685. Ulug‘bek rasadxonasini kim qazib o‘rganib, sekstantni topishga muyassar bo‘lgan?
Javob: Vyatkin.

686. Kim Mirzo Ulug‘bekning voyaga yetganiga qadar otalig‘i bo‘lgan?
Javob: Amir Shohmalik.

687. Amir Temur vafotidan keyin Movarounnnahr va Xurosonni birlashtira olgan temuriyzoda
Javob: Shohruh Mirzo.

688. Ilk o‘rta asrlarda "dehqon" so‘zi qanday ma'noni anglatgan?
Javob: "Qishloq hokimi".

689. "Qubbatul ilm val adab" unvoniga sazovor bo‘lgan shahar?
Javob: Shahrisabz.

690. Hech qanday o‘lchamga ega bo‘lmagan eng sodda geometrik shakl?
Javob: Nuqta.

691. Napoleon oilada nechanchi farzand bo‘lgan?
Javob: Ikkinchi.

692. Xristian ruhoniylarining ibodat vaqti kiyadigan libosi nima deyladi?
Javob: Riza.

693. Shayboniylar sulolasidan chiqqan eng oxirgi hukmdor kim?
Javob: Pirmuhammad.

694. "Abdullanoma" asarining muallifi kim va bu asarning boshqacha nomi.
Javob: "Sharafnomai shohiy", Hofiz Tanish Buxoriy.

695. Mir Arab madrasasi qaysi hukmdorning davrida qurilgan?
Javob: Ubaydullaxon.

696. Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan hayvon qaysi?
Javob: Kalamush.

697. Umrining 75 %ini uyquda o‘tkazadigan hayvon qaysi?
Javob: Yalqov.

698. "Tushunmaymiz" ma'nosini anglatuvchi hayvon qaysi?
Javob: Kenguru.

699. Ucha oladigan yagona sut emizuvchi hayvon qaysi?
Javob: Ko‘rshapalak.

700. O‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon qaysi?
Javob: Shimpanze.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.